Vazirligi urganch davlat



Yüklə 2,61 Mb.
səhifə1/62
tarix30.12.2023
ölçüsü2,61 Mb.
#166414
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
31276 majmua

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI




URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI


PEDAGOGIKA FAKULTETI


MAKTABGACHA TA‟LIM METODIKASI” KAFEDRASI


“Bolalarni nutqini o„stirish nazariyasi va texnologiyalari”




fanidan




O„QUV-USLUBIY MAJMUA

(3-kurs kunduzgi talabalari uchun) ( 5 - SEMESTR)




Bilim sohasi: 100000-Gumanitar Ta`lim sohasi: 110000-Pedagogika

Ta`lim yo„nalishi: 5111800-Maktabgacha ta`lim


Urganch – 2022

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O„RTA MAXSUS TA‟LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI

MAKTABGACHA TA‟LIM METODIKASI” KAFEDRASI


“Bolalarni nutqini o„stirish nazariyasi va texnologiyalari”




fanidan




O„QUV USLUBIY MAJMUA

(3-kurs kunduzgi talabalari uchun) ( 5 - SEMESTR)




Bilim sohasi: 100000-Gumanitar Ta`lim sohasi: 110000-Pedagogika

Ta`lim yo„nalishi: 5111800-Maktabgacha ta`lim


URGANCH 2022

MUNDARIJA


O„UM ning tarkibiy qismlari


  1. Fan yuzasidan ma‟ruza mashg„ulotlari …5 -bet


  2. Fan yuzasidan seminar mashg„ulotlari ……………………….…70 -bet
  3. Mustaqil ta‟lim mashg„ulotlari …95-bet


  4. Glossariy …97 -bet
  5. Ilovalar …101-bet




Fan dasturi …………………………………………….…………………..


Ishchi fan dasturi (sillabus) …102 -bet




Tarqatma materiallar …112-bet


Testlar …117-bet




Baholash mezonlari bo„yicha uslubiy ko„rsatmalar …..134-bet Boshqa materiallar …138-bet

O„UM ning elektron varianti


    1. Ma‟ruza mashg„ulotlari



  1. mavzu: “Bolalarni nutqini o„stirish nazariyasi va texnologiyalari” fanining ilmiy-nazariy asoslari




Reja:

    1. ―Bolalarni nutqini o‗stirish nazariyasi va texnologiyalari‖ fani haqida

    2. ―Bolalarni nutqini o‗stirish nazariyasi va texnologiyalari‖ fanining ilmiy- nazariy asoslari

    3. Nutq rivojlantirishning psixolingvistik va ta‘limiy asoslari.



Tayanch so„z va iboralar: kommunikativ yondashuv, nutq ontogenezi, nutqiy semantika muammosi, tarbiyachi, til materiali, pedogogik fan, ilmiy- pedagogik asos, anomal nutq.



      1. Bolalarni nutqini o„stirish nazariyasi va texnologiyalari” fani haqida. Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyachisining bolalarga ularning o‗z ona tilini o‗rgata olish qobiliyati uning kasbiy tayyorgarligining muhim ko‗rsatkichi hisoblanadi. Bolaga tabiat ato qilgan barcha aqliy qobiliyatlar ona tilini o‗zlashtirish, ayniqsa uni maktabgacha yoshda o‗rganib olish tufayli yuzaga chiqadi hamda rivojlanadi.

Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‗tib kelayotgan xalq ma‘naviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‗z davrining ilmiy yutuqlarini o‗zlashtira olishlari, ularning insoniyatning ilg‗or sheriy va estetik ideallariga sodiqligi, ya‘ni mustaqil O‗zbekistonda demokratik jamiyatning to‗laqonli quruvchilari bo‗la olishlari tarbiyachiga bog‗liqdir.
Bolalarga ona tilini o‗rgatish uchun bo‗lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‗rganishi va ushbu sohaning fanga ma‘lum bo‗lgan metodlarini o‗zlashtirishi, bolaning ona tilini o‗zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim.
Ona tilini o‗qitish metodikasi pedogogik fanning bir tarmog‗i hisoblanadi. Unda maktabgacha ta‘lim muassasasida nutqni rivojlantirish metodikasi hamda boshlang‗ich va o‗rta maktabda o‗zbek (rus) tilini o‗qitish metodikasi ajratilgan. Ularning xar biri o‗z maqsadi, vazifalari va mazmuniga ega.
Nutqni rivojlantirish metodikasi – maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‗naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‗rganuvchi fandir.
Metodikaning asosiy vazifasi – ilmiy-pedagogik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‗nikmalarni muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun bolalar bog‗chalari tarbiyachilarini ular bilan qurollantirish- dan iboratdir.
Nutqni rivojlantirish metodikasining asosiy mazmuni – bolalarda og‗zaki nutqni, uning atrofdagilar bilan nutqiy muloqoti ko‗nikmalarini shakllantirishdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi quyidagi asosiy savollarga javob topish imkonini beradi: nimani o‗qitish (bolalarda qanday nutqiy ko‗nikmani tarbiyalash), qanday o‗qitish (bolalar nutqini shakllantirishda qanday sharoitlarda qaysi metod va usullardan foydalanish lozim), nega aynan shunday o‗qitish zarur (nutqni rivojlantirishning taklif etilayotgan usullari nazariya va amaliyotning qaysi ma‘lumotlariga asoslanmoqda).
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasida bolalarga ona tilini o‗rgatishning ob‘ektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasi da O‗zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan va hozirda mavjud bo‗lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan.
Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalarning yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‗rilmoqda, amaliyotning o‗zi fan oldiga hali o‗z yechimini topmagan muhim masalalarni qo‗ymoqda.
Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‗z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalarning tajribalaridan nusxa ko‗chirgan holda bolalarni ko‗r-ko‗rona tarbiyalaydi. U ko‗p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta‘limdagi boshqa xususiy metodikalar bilan uzviy bog‗liq bo‗ladi, chunki nutq – bola shaxsini to‗la-to‗kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‗z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarur. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‗ldosh bo‗ladi.
E.I.Tixeyevaning ko‗rsatishicha: «Ona tili, uni hech qanday to‗siqsiz va har tamonlama rivojlantirish tarbiyaning asosini tashkil etmog‗i lozim». Nutqni o‗z vaqtida egallash bolada to‗laqonli psixika paydo bo‗lishi hamda uni keyinchalik to‗g‗ri rivojlantirishning eng muhim va birinchi shartidir. O‗z vaqtida degani – demakki, bola tug‗ilganidan keyingi dastlabki kunlarda boshlanadigan, to‗laqonli degani – til materiali bo‗yicha yetarli bo‗lgan va bolaning har bir yosh bosqichida o‗z imkoniyatlarini to‗liq ishga solgan holda nutqni egallashga undovchi mashg‗ulotlar demakdir.
Dastlabki yosh bosqichlarida bola nutqini rivojlantirishga e‘tibor berish shuning uchun ham muhimki, ushbu davrda bola miyasi jadal sur‘atda o‗sib boradi va uning vazifalari shakllanadi. Fiziologlarga ma‘lumki, markaziy asab tizimi vazifalarini aynan ularning tabiiy shakllanish davrida osongina mashq qildirish mumkin. Mashqlarsiz ushbu vazifalarning rivojlanishi sekinlashadi va xatto umuman to‗xtab ham qolishi mumkin.
«Nutq uchun rivojlanishning bunday «hal qiluvchi» davri bola hayotining dastlabki uch yili hisoblanadi: bu muddatga kelib miya nutqiy sohalarining anatomik o‗sib yetilishi asosan nixoyasiga yetadi, bola ona tilining asosiy grammatik shakllarini o‗zlashtirib oladi, katta so‗z zaxirasi shakllanadi. Agarda dastlabki uch yilda kichkintoy nutqiga yetarlicha e‘tibor berilmagan bo‗lsa, bu holda kelgusida uning o‗rnini to‗ldirish uchun juda ko‗p mehnat qilishga to‗g‗ri keladi»1.
Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta‘limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi.
Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‗ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o‗rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‗liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo‗lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.
Fikrlash – obyektiv borliq aksi, til esa – fikrni ifodalash, mustahkamlash va uni boshqa kishilarga yetkazish usuli hisoblanadi. So‗z va tushuncha dialektik jihatdan o‗zaro bir-biriga bog‗liqdir.
Til bilan fikrlashning o‗zaro uzviy bog‗liqligi haqidagi qoida bolalarga ona tilini o‗kitish tizimini ishlab chiqish, ta‘lim va tarbiya ishlarining o‗zaro bog‗liq bo‗lishi haqidagi talabni asoslash uchun hal qiluvchi axamiyatga egadir.
Intellekt, ya‘ni tashqi dunyoni xotira, tasavvur, xayol, fikrlash shuningdek nutq yordamida anglash qobiliyati – bu insonni xayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt xam, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‗ladi hamda u o‗smirlarda va yoshlarda faqatgina ularning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ular nutqni ham o‗zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Agarda bola atrofidagi kattalar uni beshikdan boshlab to‗g‗ri so‗zlashga o‗rgatsalar, bu holda bunday bola intellektual jihatdan normal rivojlanadi: unda tasavvur qilish, so‗ngra fikrlash va xayol surish qobiliyati paydo bo‗ladi; har bir




  1. Кольцова М.М. Ребёнок учится говорить. М., 1973, C.5.

yosh bosqichda bu qobiliyat takomillashib boradi. Bola intellektining rivojlanishi bilan bir vaqtda uning emotsional-iroda sohasi ham takomillashib boradi.
Nutqni rivojlantirish metodikasi har qanday rivojlanishning umumiy shakllari, tomonlari va o‗zaro bog‗liqligini aks ettiradigan dialektika qonunlari va toifalariga tayanadi.
Til – tarixiy va o‗zgaruvchan hodisa. Har bir halq, millat, elat va odamlar qabilasi o‗z tiliga egadir. Har bir halqning tilida mazkur jamiyatning tarixiy rivojlanish jarayoni, uning turmush sharoiti, ijtimoiy hayotidagi o‗zgarishlar va yangilanishlar, ijtimoiy-mehnat faoliyatidagi yangi kashfiyotlar va erishilgan natijalari aks etgan.
Har bir til o‗zining asosiy qismlariga ega – bu lug‗at boyligi (leksika), tovush tizimi (fonetika) va grammatik tuzilishi (grammatika)dir.
Lug‗at boyligi (leksika) go‗yo o‗zida bizning atrof-olam haqida, bir odamning psixik hayoti haqidagi turli xil bilimlarimizni saqlaydi. So‗zdagi asosiy narsa – uning mazmuni va semantik tarkibidir. Leksika tilning qurilish materiali, uning mazmun tomoni hisoblanadi. Til qanchalik rivojlangan bo‗lsa, uning lug‗at tarkibi ham shunchalik boy bo‗ladi. Har bir tildagi ko‗p sonli so‗zlar ichidan tilning asosiy lug‗at jamg‗armasini tashkil qiladigan asosiy o‗zak so‗zlarning muayyan guruxini ajratish mumkin. Tilning lug‗at jamg‗armasi – bu leksikaning juda barqaror, asrlardan buyon yashab kelayotgan qismi bo‗lib, u barcha yoki deyarli barcha yangi so‗zlar va so‗z birikmalarining vujudga kelishi uchun asos bo‗lib xizmat qiladi.
Tovush tizimi leksika va grammatika bilan uzviy bog‗liqdir. Jaranglayotgan nutq yordamida inson boshqa kishilar bilan muloqotda bo‗ladi hamda o‗z fikrlari va his-tuyg‗ularini ifoda qiladi. Bir til fonetikasi odatda, boshqa til fonetikasiga o‗xshash emas, ya‘ni jaranglayotgan nutq go‗yo bir tilni boshqasidan uzoqlashtiradi. Bir til doirasida talaffuz me‘yorlari yagona bo‗ladi (shevalar adabiy tildan katta bo‗lib, ular undan farq qiladilar).
Tilning grammatik qurilishi gapda so‗zlar va so‗z birikmalarini o‗zgartirishga oid qonunlar hamda qoidalarning umumiyligi hisoblanadi. Grammatika yordamida gapdagi so‗zlar joylashtiriladi va bir-birlari bilan qo‗shiladilar. So‗zlar faqat gaplar orqaligina muloqot vositasiga aylanadilar. Gapdan tashqarida har qanday so‗z, xoh u ona tilidagi, xoh chet tilidagi so‗z bo‗lsin, muayyan ma‘noga ega bo‗lmaydi. Shuning uchun tilni o‗rganishda uning grammatik tuzilishini o‗zlashtirish ulkan axamiyat kasb etadi. Bolalarga ta‘lim berishda orfoepiya, grammatika va leksikaning zamonaviy me‘yorlarini hisobga olish zarur.

      1. Bolalarni nutqini o„stirish nazariyasi va texnologiyalari” fanining ilmiy-nazariy asoslari. Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy

qoidalari asosida quriladi. Uning «til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo‗lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‗lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.
Tilning asosini ona tilining leksikasi, tovush tizimi va grammatik tuzilishi tashkil qiladi. Maktabgacha ta‘lim muassasasining nutqni rivojlantirishga doir dasturi lingvistikada erishilgan yutuqlar asosida ishlab chiqildi va u bolalar lug‗atini boyitish, ona tilining fonetik jihatlarini, grammatik qurilishini rivojlantirishni ko‗zda tutadi. Bolalarning turli nutqiy qobiliyatlarini shakllantirishda ularga o‗zlarining ona tili bo‗lmish o‗zbek tili o‗qitiladi, ya‘ni ular o‗zbek leksikasi, o‗zbek tilining o‗ziga xos fonetikasi va o‗zbek tili grammatikasining o‗ziga xos xususiyatlarini o‗rganadilar.
Bolalarga ona tilini o‗qitishda professional mahoratga ega bo‗lish uchun pedagog nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‗rganishi, ushbu rivoj- lanishning ilmiy usullarini o‗zlashtirishi hamda bolaning nutqini o‗zlashtirish qonuniyatlarini bilishi shart.
Til hayotimizning ajralmas qismi bo‗lib, biz unga o‗z-o‗zidan bo‗lishi shart bo‗lgan narsa sifatida qaraymiz. Tilning o‗zi nima, biz unda qanday so‗zlayapmiz, biz qanday qilib so‗zlashni o‗rganishimiz haqida esa unchalik ko‗p o‗ylab ham o‗tirmaymiz. Hammaga yaxshi ma‘lumki, tilni o‗rganuvchi maxsus fan mavjud bo‗lib, uning nomi – lingvistikadir. Ushbu fan jadal rivojlanayotgani va shak- shubxasiz bu borada sezilarli yutuqlarga erishganiga qaramasdan Hozirgi paytda shu ravshanki, biz insoniy xususiyatlarning eng «insoniysi» bo‗lgan va usiz insonning jamiyat a‘zosi sifatida mavjud bo‗lishi mumkin bo‗lmagan til haqida juda kam bilar ekanmiz.
Savol tug‗iladi: hozirda insoniyat oldida zudlik bilan hal etilishi lozim bo‗lgan ko‗plab vazifalar turgan bir paytda tilni tadqiq qilish shunchalik zarurmi? Til sir- asrorlarini o‗rganish uchun kuch-g‗ayrat va mablag‗ sarflash o‗rinlimi? Ko‗pincha lingvistika – ikkinchi darajali fandir va hozir insoniyat uchun boshqa fanlarni, ya‘ni fizika, kimyo, astronomiya, tibbiyot kabi fanlarni rivojlantirish muhimroqdir, degan fikrlarni eshitish mumkin.
Garchi biz boshqa fanlarni rivojlantirishning muhimligi haqida so‗z boshlagan ekanmiz, til tabiiy fanlar rivojiga biron-bir ta‘sir ko‗rsata oladimi, degan savolga javob beraylik. Hozirda til va nazariya zamonaviy fanlarga oid metodologik muammolarning markazidan joy olgan, chunki «umumlashtirilgan bilimlar tizimidan iborat bo‗lgan va bilimni uyushtiruvchi boshlang‗ich bosqich sifatida chiqadigan nazariya tilda shakllanadi, bu esa bilish jarayonida tilga alohida o‗rin
beradi va shu bilan til haqidagi fan oldida yangi ilmiy ufqlarni ochadi, uni o‗zining gumanitar moxiyati haqida orzu-xayollarga berilgan holda doimo tinch-osuda va jimgina o‗tiradigan burchagidan chiqishga majbur qiladi»2.
Ilmiy bayon qilish tili mazkur fan darajalarining mezonlaridan biriga aylanadi. Taniqli fizik V.Geyzenberg shunday qayd etgan edi: «Fizik uchun oddiy tilda bayon qilish imkoniyati tegishli sohada qanchalik tushuna olish bosqichiga erishilganligi mezonlaridan biri hisoblanadi»3.
Ilmiy-texnik taraqqiyotning jihatlaridan biri fanni ommalashtirish, keng axoli qatlamlarini ilmiy yutuqlar bilan tanishtirishdan iboratdir. Ushbu ishning muvaffaqiyati ko‗p jihatdan ilmiy ma‘lumotlarning qanday bayon qilinishi, ularning ushbu til ifodasida kishilarga qanchalik tushunarli bo‗lishiga bog‗liq bo‗ladi. Va biz bu o‗rinda til muammolariga duch kelamiz.
Tabiiy fanlarning insoniyat taraqqiyotida, bizning kundalik hayotimizda egallagan ulkan o‗rnini xech bir kamsitmagan holda shuni unutmaslik lozimki, baribir tabiatning eng qiziq, murakkab va hozircha o‗rganilmagan hodisasi – bu insonning o‗zidir. SHuning uchun so‗nggi paytda insonni o‗rganuvchi fanlarga, eng avvalo psixologiyaga katta axamiyat berilmoqda.
«Lingvistika» so‗zi ko‗pincha «grammatika» so‗zi bilan, tilni o‗rganish esa – suffikslar, qo‗shimchalar, turlar qoidalari va xokazolarni o‗rganish bilan bir xil ma‘noda qabul qilinadi.
Albatta, bu unday emas. Zamonaviy lingvistika xaddan tashqari ko‗p qirrali fan bo‗lib, uning ayrim bo‗limlari psixologiya bilan qo‗shilib ketadi. Lingvistlar hozirda tilga nisbatan boshqacha qarashlarni rivojlantirmoqdalar: endilikda tilga nafaqat qotib qolgan ko‗p sonli so‗zlar va ularni qo‗llash qoidalari sifatida, nafaqat o‗tib borayotgan vaqt mobaynida tarixan rivojlanib kelayotgan tizim sifatida, balki insonning alohida bir faoliyati sifatida qaralmoqda.
Biz «til» so‗zini qo‗llaganimizda ikki narsani – til va nutqni nazarda tutamiz. Bu farqlashlarni lingvistika faniga birinchi bo‗lib shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur kiritdi va u tilni nutqqa qarshi qo‗ydi, bu lingvistika fanining keyingi rivoji uchun juda muhim axamiyatga ega bo‗ldi, chunki «biz til va nutqni ajratish orqali ijtimoiyatni individuallikdan ajratamiz»4. Boshqacha qilib aytganda, bu alohida bir odam tomonidan alohida holatda amalga oshirish bilan biron-bir tilda so‗zlayotgan barcha odamlar tomonidan birgalikda amalga oshirish o‗rtasidagi farqlashdir.
Biz uchun bu farqlashlar juda muhimdir, chunki biz til haqida ham (bola nutqi tildan tashqaridagi tizim bilan belgilangan) va nutq haqida ham (bola nutqiy




  1. Звегинцев А.В. Язык и лингвистическая теория. М., 1973, 3-бет.

  2. Гейзенберг В. Физика и философия. М., 1963, 141-бет.

  3. Соссюр Ф.Курс общей лингвистики. М., 1933, C. 38.

faoliyatni, ya‘ni til tizimining mavjud bo‗lish qoidalari va usullari) so‗z yuritamiz. O‗tgan davr mobaynida boshqacha tushunchalar tizimini joriy etishga bir necha bor harakat qilingan. Bulardan biri sovet davrining taniqli tilshunosi L.V.SHerbaga tegishlidir. U nutqiy uyushishni (individning psixofiziologik uyushuvi), til tizimini («barchalar asosida» chiqariladigan qoidalarni umumlashtirish) nazariyada («muayyan davrda u yoki bu ijtimoiy gurux hayotida ro‗y bergan so‗zlash va tushunish hodisalari»5) hamda til materialini (nutqiy faoliyatni) ajratdi. So‗nggi holatni L.V.Sherba «so‗zlash va tushunish hodisalarining umumiyligi» deb ataydi. L.V.SHerbaning ushbu uch a‘zoli tizimi sovet davri lingvisti A.A.Leontev tomonidan takomillashtirilgan.
A.A.Leontev «tilga qobiliyat»ni – til tizimining ushbu tilda so‗zlayotgan inson ongida aks etishini, «til jarayoni»ni, ya‘ni tilga qobiliyatni amalga oshirish vositasi bo‗lgan nutqning o‗zini, va «til standarti»ni – tilni individdan tashqarida mavjud bo‗ladigan tizim sifatida ajratgan6.
Shunday qilib, u tomonidan til va nutqni farqlashdan tashqari odam ongida mavjud bo‗lgan hamda unga tildan foydalanish, so‗zlash va aytilgan so‗zlarni tushunish (tilga qobiliyat) imkonini beruvchi bir narsani ham ajratib ko‗rsatgan. Bu

  • nutqiy faoliyatni ta‘minlash mexanizmidir.

Odatda nutqiy faoliyat to‗rtga ajratiladi: o‗qish, yozish, tinglash, so‗zlash. Ular o‗zaro juft holatda bog‗lanadi va til tizimini amalga oshirishning ikki shakli – og‗zaki va yozma shakli orqali belgilanadi.
Tildan foydalanish insonning psixologik faoliyati bilan mos ravishda uyg‗unlashadi. Til uning faoliyatiga «qo‗shimcha» emas.
Til eng bevosita tarzda fikrlash bilan bog‗liqdir. Aslida tilning o‗zi fikrlash qurolidir. Fikrlash jarayoni doimo tilda kuzatib boriladi, ammo uning natijasi til shakliga o‗tkazilishi va shu tufayli kelgusi avlodlarga yetib borishi mumkin.
Til aqliy faoliyatni rejalashtirish imkonini beradi. Rejalashtirish jarayonida tilning yana bir muhim vazifasi – insonning xulq-atvorini boshqarish vazifasi paydo bo‗ladi. Til insoniyatning o‗tmishi mobaynidagi butun tajribasini to‗plash va bir joyga jamlash, insonni ushbu tajriba natijasida ishlab chiqilgan me‘yorlarga bo‗ysundirishga yordam beradi. Biz o‗z o‗tmishimizda, bugungi kunimizda ko‗rgan, va hattoki kelgusida ko‗rishimiz mumkin bo‗lgan narsalarning barchasi bizga til orqali keladi. Insonning xulq-atvorini boshqaradigan narsalarning barchasiga, jumladan dunyoqarash, axloqiy va estetik ideallar, madaniy me‘yorlarga til va nutqiy muloqot orqali erishiladi.






  1. Щерба Л.В. О трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в языкознании. Языковая система и речевая деятельность. Л. C. 364.

  2. Леонтьев А.А. Слово в речевой деятельности. М., 1965. C. 13

Inson butun hayoti mobaynida borliqni anglash jarayonida ishtirok etadi.
Bilishga bo‗lgan ehtiyoj ko‗p jihatdan til orqali qondiriladi.
Bola atrofni o‗rab turgan borliqni qabul qilish va anglash uchun tarqoq predmetlardan foydalana olmaydi, u axamiyatga molik jihatlarni (kublar, mashinalar va x.k.) ajratib ko‗rsatgan holda ob‘ektlar, toifalarni birlashtira boshlaydi va oxir-oqibatda belgilarni umumlashtirish natijasida so‗z bilan ifodalanadigan tushunchalar paydo bo‗ladi. Biron-bir tushunchaning, xoh u maishiy bulsin, xoh ilmiy bo‗lsin, uning so‗z qobig‗isiz yashashi qiyin. SHu tufayli biz o‗z bilimlarimizni tilimizda qayd etishimiz, ularni boshqa odamlarga yetkazishimiz va til orqali yangi bilimlarga ega bo‗lishimiz mumkin. Amerikalik olim CH. Pirs shunday qayd etadi, «til shunday bir narsaki, biz uni bilish orqali yanada ko‗proq narsalarni bilib olamiz». SHunday qilib, tilning boshqa yana bir muhim vazifasi ko‗zga tashlanmoqda, ya‘ni: til insonning bilish qurolidir.
Insonning yana bir o‗ziga xos xususiyati, o‗ziga xos insoniy ehtiyoji mavjud, bu – boshqa odamlar bilan muloqotga ehtiyojmandlik, «emotsional muloqotga ehtiyojmandlik»dir (K.Obuxovskiy). Aynan shu ehtiyoj tufayli dastlab til paydo bo‗lgan. Muloqotga ehtiyojmandlik doimo tilni egallashga olib keladi. Bolaning so‗zlashni o‗rganishining sababi shuki, unga kattalar bilan birgalikdagi faoliyatda ishtirok etishga to‗g‗ri keladi, buning uchun esa bolaning unga nimalar deyishayotganini tushunishi va o‗zi ham so‗zlashi lozim. Bu o‗rinda «tilning uch sifati» (tajribani jamlash va sintez qilish – fikrga jamlash – muloqotni amalga oshirish) haqida so‗z yuritish mumkin (V.A.Zveginsev). Tilni tadqiq qilish mustaqil, umumilmiy qiziqishdan tashqari ko‗plab dolzarb amaliy vazifalarni hal etishda ulkan axamiyatga egadir. Ushbu vazifalarning ayrimlari bevosita tilning yuqorida sanab o‗tilgan vazifalaridan kelib chiqadi – til yordamida insoniy tajribani aniqroq qayd etish, til yordamida ifoda etilgan madaniy me‘yorlar insonning xulq-atvoriga yanada kuchliroq va mustahkamroq tartibga soluvchi ta‘sir ko‗rsatishi uchun, kishilarning o‗zaro muloqoti (masalan, ijtimoiy munosabatlar sohasi da) yanada muvaffaqiyatli amalga oshishi uchun tilni tadqiq qilish zarur.
Bundan tashqari, hal etilishi til muammolarini tadqiq qilish bilan bevosita bog‗liq bo‗lgan boshqa amaliy vazifalar ham mavjud. Psixologiya, boshqaruv nazariyasi, ijtimoiy fanlar sohasi da ish olib borayotgan olimlar qator lingvistik vazifalarga duch keladilar. Xususan, psixologik jarayonlarni tadqiq qilish dastlabki nutqiy jarayonlarni ham tadqiq qilishni ko‗zda tutadi. Tushunchalarni rivojlantirish, aqliy va amaliy vazifalarni hal etish qay tarzda davom etmoqda, bola tashqi muxitga (moddiy va ijtimoiy) muxitga qanday moslashmoqda – bu savollarga javoblar nafaqat predmetli harakatlarni, balki nutqning o‗zini ham o‗rganishni ko‗zda tutadi.


      1. Yüklə 2,61 Mb.

        Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə