Vazirligi samarqand davlat


-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik Reja



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə5/60
tarix29.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#124714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60

2-mavzu: Tilshunoslik va falsafa. Kognitiv tilshunoslik Reja:


    1. Tilshunoslik va falsafa. Tilshunoslikda falsafa kategoriyalarining voqelanishi.

    2. Kognitiv tilshunoslik. Kognitiv tilshunoslik fanining maqsadi va vazifalari.

Tayanch so„z va iboralar: bilish, falsafa, nazariy falsafa, I.Kant, falsafiy yo‟nalish, tadqiqot metodologiyasi, Vilgelm Gumboldt, Gegel, kognitiv tilshunoslik.

  1. Tilshunoslik va falsafa. Tilshunoslikda falsafa kategoriyalarining voqelanishi. Ijtimoiy fanlar tarkibiga falsafa, mantiq, iqtisodiy nazariya, pedagogika, psixologiya, tarix, adabiyot kabi bir qancha fanlar kiradi.Tilshunoslik ham ijtimoiy fanlar sistemasiga mansub bo‗lib, bu sistema tarkibidagi barcha fanlar bilan muayyan munosabatdadir. Shuningdek, tilshunoslik falsafa fani bilan uzviy bog‗liqdir. Chunki falsafa insonning o‗z mohiyatini anglashi, borliqning turli sohalariga oid hodisa va voqealar haqida ularning tub mohiyatini ifodalaydigan umumiy xulosalar chiqarishi demak. Falsafiy tafakkur olamdagi narsa va hodisalarni fikrda umumlashtirib, o‗zaro bog‗liqlikda va rivojlanishda o‗rganish, ularning mohiyatini chuqurroq va to‗laroq bilishdir. Falsafaning markazida borliq va uni bilish muammosi yotadi. Til ham borliqdagi kishilarning aloqa vositasi sifatida inson bilimiga beriladi. Shunday ekan, har qanday fan, jumladan, tilshunoslik ham falsafa bilan uzviy bog‗lanadi.

―Falsafa‖ atamasi qadimgi yunon tilidagi ―filosofiya‖ sozidan olingan bolib lugaviy ma‘noda ―donishmandlikni sevish” (―phileo‖- sevaman, ―sopia - donolik) degan mazmunni anglatadi. Bu so‗z dastlab taxminan eramizdan oldingi VI asrda yashagan taniqli matematik olim Pifagor tomonidan ishlatilgan va Yevropa madaniyatiga qadimgi yunon faylasufi Aflotun (mil.avv.427-347 y.) asarlari orqali kirib kelgan. Abu Nasr Forobiy ―Falsafaning ma‘nosi va kelib chiqishi haqida‖ nomli asarida ―falsafa‖ atamasi yunon tilidan kelib chiqqanligini tasdiqlaydi.
Demak, ―falsafa‖ va ―filosofiya‖ atamalari bir xil ma‘noga ega bo‗lib, uning kelib chiqishi qadimgi Yunoniston hisoblanadi. Ular barcha ilm- amal sohalarini filosofiya deb atashgan va ―barcha fanlarning otasi‖ sifatida e‘tirof etishgan.
Tilshunoslik fani XIX asrda mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib chiqqan. Biroq barcha fanlar kabi tilshunoslik uchun ham u yoki bu falsafiy yo‗nalish tadqiqot metodologiyasi bo‗lib xizmat qiladi. Tilshunosning o‗z tadqiqoti yuzasidan qanday xulosaga kelishi, ilmiy haqiqatni qay darajada obyektiv ochib berishi uning qanday falsafiy yo‗nalishga asoslanishiga bog‗liq. Shuning uchun har bir tilshunos muayyan falsafiy yo‗nalishga asoslanmog‗i lozim.
Masalan, G‗arbiy Yevropada umumiy tilshunoslikning otasi hisoblanuvchi Vilgelm Gumboldt tadqiqotlari uchun I.Kant va Gegel falsafasi metodologik asos bo‗lib xizmat qildi. Mashhur nemis faylasufi A.Gegelning ―Ruh fenomenologiyasi‖ asarida bayon qilingan mutloq ruh haqidagi g‗oyasi ham V.Gumboldtga katta ta‘sir qildi. Gegelning fikricha, dastlab olam va tafakkur ayniyati bo‗lgan va bu ayniyat dunyoning substansional (zotiy) asosini tashkil etgan. Tafakkur faqat subyektiv inson faoliyatigina emas, balki obyektiv mohiyat, barcha mavjudotning birlamchi manbai bo‗lgan. Tafakkur modda, tabiat holida o‗zini ―begonalashtiradi‖, ―absolyut g‗oya‖ning oliy taraqqiyot bosqichi
―absolyut ruh‖, ya‘ni insoniyat, insoniyat tarixi sanaladi. Gegelning bu g‗oyasi ta‘sirida V.Gumboldt tilning ―xalq ruhi‖ deb ifodalaydi.
O‗zbek tilshunosligida qanday ta‘limot metodologik asos qilib olingan? Bu savolga olimlarimizning quyidagi fikrlarini keltiramiz:
―Istiqlol qo‗lga kiritilgandan so‗ng milliy madaniyatimiz, milliy an‘analarimiz, boy ma‘naviyatimizni tiklashga jiddiy e‘tibor berila boshlandi. Shunday ekan, ilmiy tadqiqotlarning kompasi vazifasini bajaruvchi metodologik asosni ham qayta ko‗rib chiqish payti keldi. Bizning mafkuramiz fikrlar xilma-xilligi, erkin fikrlashga keng yo‗l ochgan mamlakatimiz istiqloliga xizmat qiladigan g‗oyalar tizimidan iborat bo‗lishi kerak. Chunki fikrlar xilma-xilligi rivojlanish asosidir. Shuning uchun birorta falsafiy sistema bizning yagona mafkuramiz manbai bo‗lolmaydi. Ajdodlarimiz uchun ulkan kashfiyotlar qilish
imkoniyatini yaratib bergan va G‗arb fanining ravnaqi uchun ham jiddiy ta‘sir ko‗rsatgan metodologiyani tiklash va undan o‗rinli foydalanish payti keldi. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy qo‗llagan tadqiqot metodologiyasi bilan Ovrupo olimlari tayangan falsafiy asoslarning eng yaxshi jihatlaridan ijodiy foydalanish lozim‖.7 Ularning umumiy jihatlari quyidagilar:

  1. obyektga substansional (zotiy) yondashuv. Bunda umumiylik- xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik dialektikasini hisobga olish;

  2. obyektning ziddiyatli tabiatini ochish. Har qaysi tadqiqot obyekti ichki ziddiyatlardan iboratligini, ana shu ziddiyatlar obyektning uzluksiz rivojlanishi asosi ekanini ko‗rsatish;

  3. obyektning sistemaviy xususiyatini yoritish. Buning uchun har qaysi obyekt muayyan katta butunlikning uzviy bir bo‗lagi ekani, ayni paytda, u muayyan ichki unsurlarning o‗zaro munosabatidan tashkil topgan yaxlitlik ekanini namoyon qilish;

  4. shakl va mazmun dialektikasini e‘tiborga olish. Ularning o‗zaro munosabatini yoritish;

  5. teng qimmatli elementlar o‗rtasida va turli qimmatli birliklar (butun bilan bo‗lak, tur bilan jins) o‗rtasidagi munosabat turlarini yoritish va h.k.


  1. Yüklə 0,65 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə