Variant-34 Pul aylanmasining mazmuni. Banklarning funksiyalari


Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni



Yüklə 38,62 Kb.
səhifə2/16
tarix26.06.2023
ölçüsü38,62 Kb.
#118952
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
1pbqY6HtfwdsnAs6slx976iGRAqsAem

Hududdagi moliyaviy tashkilotlar soni
Aholining umumiy soni
Amalga oshiriladigan pul o’tkazmalari miqdori
Xorijiy Iqtisodchi olimlardan biri Ludwig von Misesning ta’kidlashicha pul aylanishi tushunchasining asosiy mohiyati shundan iboratki, bu jarayonni nafaqat butun bir iqtisodiyot darajasida balki, alohida individuallar faoliyati misolida o’rganish kerak. Shu jihatdan pul aylanishi jarayonini o’rganishda narxlar va xarid qilish qobilyati bo’yicha tatbiq etish har doim ham to’g’ri bo’lmasligi mumkin.
Yana bir iqtisodchi olim Helmut Creutz pul aylanishi tushunchasini xarid qilish jarayonidan tashqari qarz va qayta tolovlar miqdoriga ham bog’lab o’rganadi. Bu olim pul aylanishini 3 xil ko’rinishda turli jarayon bo’yicha tasvirlaydi.
Pul aylanmasidan tashqari to’lov aylanmasi degan tushuncha mavjud. To’lov aylanmasi pul aylanmasiga qaraganda keng tushuncha. To’lov aylanmasi-bu pul shaklidagi mablag’larning va pul bozori instrumentlarning vositasida amalga oshirilgan to’lovlarning yig’indisidir. To’lov aylanmasi – bu pullar va pul bozori instrumentlari harakatlari yigindisidir.
Pul bozori instrumentlariga quydagilar kiradi :
Veksellar;
Depozit sertefikatlari;
Jamgarma sertefikatlari;
Obligatsiyalar;
Bank akseptlari.
Veksel – veksel beruvchining yoki vekselda ko‘rsatilgan boshqa tulovchining vekselda nazarda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga muayyan so‘mmani to‘lashga doir shartsiz majburiyatni tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir. Tijorat veksellari – tijorat veksellari tovarlar kreditga sotilganda yoziladi. Vekselni mol etkazib beruvchi to’ldiradi. Sotib oluvchi esa vekselga mas’ul shaxsning imzosi va muhr qo’yadi. Ana shundan keyin veksel sotib oluvchining mol etkazib beruvchi oldidagi qarz majburiyatini tasdiqlovchi hujjatga aylanadi. Tijorat vekseli pulning to’lov vositasi funktsiyasini bajaradi.Vekselni indassament orqali boshqa shaxslarga uzatish mumkin. Indassament-vekselni boshqa shaxsga uzatish huquqini beruvchi maxsus yozuv.Vekselni boshqa shaxsga uzatgan shaxs indossant deyiladi.Vekselni qabul qilib olgan shaxs indossat deyiladi.

Yüklə 38,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə