Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»


-BOB QISHLOQ XO‘JALIGINING  MAMLAKATIMIZ



Yüklə 10,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/181
tarix07.01.2022
ölçüsü10,95 Mb.
#82666
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181
Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov) (1)

1-BOB
QISHLOQ XO‘JALIGINING  MAMLAKATIMIZ
 
IQTISODIYOTIDAGI  0 ‘RNI  VA  AHAMIYATI.
 
FANNING  PREDMETI,  MAQSADl  VA  TADQIQOT
USULLARI
• Qishloq xo‘jaligining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi o‘mi va ahamiyati.
• Qishloq  xo'jaligi tarmog'ining o‘ziga xos xususiyatlari.
• Fanning predmeti, maqsadi va tadqiqot usullari.
•  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi  sharoitida  mamlakatimizda  qishloq 
xo‘jaligini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar.
1.1. 
Qishloq  xo‘jaligining  mamlakatimiz  iqtisodiyotidagi  o‘rni  va
 
ahamiyati.
Mamlakatimiz  iqtisodiyotida  qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘i  muhim 
ahamiyatga  ega.  Chunki  respublikamiz  aholisining 48,4  foizi  qishloq joylarda 
istiqomat  qiladi  va  ulaming  turmush  farovonligi  mazkur  tarmoq  rivoji  bilan 
uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari mamlakatimiz yalpi ichki mahsuloti tarkibida 
ham qishloq xo‘jaligi tarmog‘i sezilarli salmoqqa ega.
Qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘i  mamlakatimiz  agrosanoat  majmuasining 
muhim bo‘g‘ini bo‘lib, uning quyidagi ahamiyati mavjud:
Birinchidan, 
u  aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
ta'minlaydi. 
Aholini  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan  ta'minlashda  mazkur  tarmoqning  o'ini 
beqiyosdir,  chunki  aholi  iste'mol  qiladigan  oziq-ovqat  mahsulotlari  asosan 
qishloq xo'jaligi tarmog‘ida yetishtiriladi.
Ikkinchidan, 
qishloq xo‘jaligi yengil va oziq-ovqat  sanoati uchun xom 
ashyoning 
asosiy  qismini  yetkazib  beradi.  Qishloq  xo‘jaligi  tarmog'ining 
rivojlanish  darajasi  sanoat  ushbu  sohalarining  ishlab  chiqarish  miqdori  va 
samaradorligiga  bevosita  ta'sir ko'rsatadi.  Mutaxassislaming  hisob-kitoblariga 
ko‘ra, to‘qimachilik  sanoatida barcha moddiy xarajatlaming 40 foizini qishloq 
xo‘jalik  xomashyosi  tashkil  qilsa,  ushbu  ko‘rsatkich  qand  ishlab  chiqarish 
sanoatida  70  foizni,  sut va yog‘  mahsulotlari  ishlab chiqarishda  esa  80  foizga 
yaqinni tashkil qiladi.
Uchinchidan, 
qishloq  xo‘jalik  ishlab  chiqarishi  mamlakat  og‘ir 
sanoatining  rivojlanish  sur'atiga  va  darajasiga  samarali  ta'sir  ko'rsatadi. 
Qishloq  xo‘jaligi tarmog‘i yirik miqdorda ishlab  chiqarish vositalarini iste'mol
9
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilgani  holda,  qishloq  xo‘jalik  texnikalari  va  melioratsiya  mashinalari  ishlab 
chiqaruvchilar  hamda qishloq  xo'jalik  mashinasozligi,  kimyo  sanoati,  ayniqsa 
mineral  o‘g‘itlar  ishlab  chiqarishga  faol  ta’sir  ko‘rsatadi.  Hozirgi  vaqtda 
qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishga  ketadigan  moddiy 
xarajatlaming  asosiy  qismini  sanoat  tarmog‘i  yetkazib  beradigan  ishlab 
chiqarish  vositalari  tashkil  qiladi  (YMM,  ehtiyot  qismlar,  mineral  o‘g‘it, 
omuxta yem va boshqalar).
To‘rtinchidan, 
qishloq  xo‘jaligi  tarmog‘i  mehnat  resurslarini  ish 
bilan  ta’minlashda  ham  katta  ahamiyatga  ega.  Hozirgi  vaqtda  mamlakatimiz 
aholisining 50 foizga yaqini qishloq joylarda istiqomat qiladi.  Aholini ish bilan 
ta'minlash,  ularning  turmush  farovonligini  oshirish  ko‘p  jihatdan  mazkur 
tarmoqda  amalga oshirilayotgan  iqtisodiy  islohotlaming natijalariga  bevosita 
bog‘liqdir.  Bu  tarmoqda  2000-yilda  3,7  mln.  kishi  band  bo‘lgan  bo'lib,  u 
iqtisodiy  faol  aholining  38  foizini  tashkil  etgan.  Keyingi  yillarda  qishloq 
xo'jaligida band bo‘lganlaming jami  mehnat resurslaridagi  salmog'i  pasaygan 
bo‘lsada,  ushbu  tarmoq  qishloq  aholisini  ish  bilan  ta’minlash  va  ulaming 
turmush farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Beshinchidan, 
qishloq  xo‘jaligining  mamlakat  iqtisodiyotidagi  roli 
yana  shu  bilan  aniqlanadiki,  u  mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatini  belgilab 
bemvchi  makroiqtisodiy  ko'rsatkichlarda  ham  sezilarli  salmoqqa  ega.  Bu 
tarmoqda  mamlakat yalpi ichki mahsulotining salmoqli qismi yaratiladi. 2010- 
yilda  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotining  17,5  foizi  qishloq  xo‘jaligi 
tarmog'ida yaratilgan.  Kelajakda boshqa tarmoqlar izchil rivojlanishi natijasida 
qishloq xo‘jaligining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi kamayishi mumkin. Lekin 
mamlakatimiz  iqtisodiyotida  mazkur  tarmoqning  o‘rni  va  ahamiyati  sezilarli 
darajada qolaveradi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari  va ulami  qayta ishlash  hisobiga  olingan 
mahsulotlar mamlakatimiz jami  eksporti  tarkibida  sezilarli  salmoqni  egallaydi. 
Masalan, 2009-yilda mamlakatimiz eksportining  8,6 foizi faqatgina paxta tolasi 
hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligida  bozor  iqtisodiyoti  talablariga  mos 
iqtisodiy munosabatlami  shakllantiradigan, huquqiy,  tashkiliy,  iqtisodiy hamda 
ijtimoiy  islohotlar  bosqichma-bosqich  amalga  oshirilishini  ta'minlash 
imkoniyatini  beradigan  tadbirlar  ishlab  chiqilib,  izchil  amalga  oshirilmoqda. 
Bunda  sohaga  oid  turli  dasturlarning  qabul  qilinib,  hayotga tatbiq  etilishi  ham 
muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Natijada  qishloq  xo'jaligining  yuqori 
sur’atlarda  rivojlanishini  ta'minlash  va  shu  orqali  respublika  iqtisodiyotini 
yuksaltirishga erishilmoqda.
10
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 10,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   181




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə