|
Urmaiov N. J., R o ‘ziyev O. A., Gulmatov J. Q., Berdiyev S. R. Qishloq xo‘jaligiiqtisodiyoti «tafakkur»Qishloq xo\'jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)Kichik korxona
— kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib,
mamlakatimizda amaldagi qonunchilikka ko'ra sanoat ishlab chiqarishining
ayrim tarmoqlarida (masalan, yengil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov
berish va asbobsozlik sanoati va hokazo) 100 kishigacha, ayrimlarida (masalan,
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika sanoati va boshqalarda) 50
kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 25 kishigacha ishlovchi korxonalar
kichik korxona hisoblanadi.
Konsalting
- tashkily, texnikaviy, moliyaviy, iqtisodiy masalalar bo‘yicha
ishlab chiqaruvchilar, sotuvchi va xaridorlarga maslahat berish xizmatini
ko‘rsatuvchi muassasalar (firmalar).
Ko‘chmas mulk
— yer, imorat, inshoot va boshqa shu kabi mulklar. Yerga
egalik huquqlari ham ko‘chmas mulkka kiradi.
Likvidlik - kredit moliya majburiyatlarini va qonuniy pul talablarini
muddatida uzluksiz to‘lash imkoniyatini nazarda tutuvchi korxonalar, firmalar,
banklar aktivlarining to‘lov qobiliyati.
Lizing - moliyaviy ijaraning alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing
beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig'iga binoan uchinchi
tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing
obyektini) mulk qilib oladi va uni lizing oluvchiga shu shartnomada
belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun o‘n ikki
oydan ortiq muddatga beradi.
Melioratsiya
— yeming tabiiy unumdorligini yaxshilash chora-tadbirlari
yig‘indisi.
Mehnatga haq to‘lash
- yaratilgan milliy mahsulotdan ishchi va
xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga ko‘ra ulushini
belgilash va to'lash.
Mikrofirma
- kichik biznes subyektlarining bir turi bo‘lib, mamlakatimizda
amaldagi qonunchilikka ko‘ra sanoat ishlab chiqarish tarmoqlarida 20
kishigacha, xizmat ko'rsatish sohasida 10 kishigacha, savdo va umumiy
ovqatlanish sohasida 5 kishigacha ishlovchi korxonalar mikrofirma
hisoblanadi.
Monopoliya
- monopol yuqori narxlami o‘matish hamda monopol yuqori
foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan
hukmronlikni amalga oshimvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning
birlashmalari.
Dostları ilə paylaş: |
|
|