Urganch davlat universiteti



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə4/81
tarix10.04.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#104889
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi u

Tarbiya - tarbiyachi o‘zi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma’lum maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishiga aytiladi.
Jahon pedagogikasida «tarbiya» atamasi keng qamrovli tushuncha sifatida baholanganligi tufayli, uning mohiyati xususida turli nazariyalar mavjud. Tarbiyani kattalar (o‘qituvchilar, murabbiylar va ota-onalar)ning bolalarga ta’sir ko‘rsatish jarayoni sifatida tushunish eng ko‘p tarqalgan tendensiyadir. Bu o‘rinda kattalar to‘g‘ri deb hisoblaydigan, baholaydigan ideallar, maqsadlar, vazifalar, normalar va talablarga muvofiq tarzda ta’sir ko‘rsatish ko‘zda tutiladi, albatta.
Tarbiyani bunday tushunish haqiqatga yaqinroq, biroq u bir tomonlama xususiyatga ega bo‘lib, mazkur jarayonning faqat muayyan qismini aks ettiradi, xalos. Tarbiyaga bunday ta’rif berishda bolaga kattalarning ta’siri yo‘naltirilgan obyekt sifatidagina qaraladi. Pedagogika ham tashabbuskor va mustaqil shaxslarni tarbiyalashni nazarda tutadigan bo‘lsa, u tarbiyalanuvchiga pedagogika jarayonida faol harakat qiluvchi subyekt rolini beradi.
Shaxsning o‘zi, o‘z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilish orqali hosil bo‘lgan obraz - «Men»-obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi insonning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va barkamollik mezonlari bo‘lib hisoblanadi.
«Men»-obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va uning tarbiyalanganlik darajasi omillaridan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, «...tarbiyani shaxsning o‘zi va o‘z sifatlari to‘g‘risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta’rif berish mumkin». Demak, har bir inson o‘zini, o‘zligini qanchalik aniq va to‘g‘ri anglasa, tasavvur qilsa, unda jamiyatning axloq normalariga zid harakat qilish ehtimoli ham shunchalik kamayadi.
Abdulla Avloniy o‘zining «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida inson kamolotida tarbiyaning o‘rnini alohida ta’kidlab, «Janobi haq insonlarning asl xilqatda istedod va qobiliyatli, yaxshi ila yomonni, foyda ila zararni, oq ila qorani ayiradigan qilib yaratgan. Lekin bu insondagi qobiliyatni kamolga yetkazmoq tarbiya vositasida bo‘ladir. Agar bola yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqdan saqlanib, go‘zal xulqlarga odatlanib katta bo‘lsa, baxtiyor bir inson bo‘lib chiqadi. Agar tarbiyasiz, axloqi buzilib o‘ssa, nasihatni qulog‘iga olmaydigan, har xil buzuq ishlarni qiladigan nodon, johil bir rasvoi odam bo‘lib chiqadi»-deb ta’kidlaydi. Shunday ekan, bugungi kunda pedagogik nazariya va amaliyot muammolarini tadqiq qilish va yechimini topishda pedagogik diagnostika hamda korreksiya muhim ahamiyat kasb etadi.
Ta’lim - maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan bilim qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib toptiradigan jarayondir.
Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə