Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi Sapayev Umidbek Abdullaevichning


“Texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari”



Yüklə 28,47 Kb.
səhifə2/3
tarix17.12.2023
ölçüsü28,47 Kb.
#150131
növüReferat
1   2   3
Taqriz - 1

“Texnika oliy ta’lim muassasasi talabalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari” deb nomlanadi va unda oliy ta’lim muassasasining texnika yo’nalishida tahsil oladigan talabalar uchun innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish muammosining pedagogik-psixologik tadqiqotlarda o’rganilishi yoritilgan, oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’lim faoliyatini tashkil qilish va boshqarishning pedagogik tamoyillari ishlab chiqilgan, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida innovatsion ta’limning rivojlanish yo’llari bayon qilingan.
Oily ta’lim muassasalarida zamonaviy o’quv faoliyatini tashkil qilish va sifatli ta’lim berishni amalga oshirish maqsadida ta’lim innovatsiyalaridan foydalanish kutilgan natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Shuningdek, dessertant ta’lim innovatsiyalari quyidagicha tarif beradi – bu ta’lim sohalarida yoki talabalarni o’quv faoliyatini tashkil qilish jarayonida mavjud yoki sodir bo’lishi mumkun bo’lgan muammolarni yangicha pedagogik yondashuvlar asosida yechimlarini samarali va kafolatli bo’lishiga xizmat qiluvchi yangi metod va texnologiyalarni yaratish va qo’llash imkoniyatlari tushuniladi.
Dissertatsiyaning ikkinchi bobi “Talabalarning innovatsion faoliyatini rivojlantirishning texnologik tizim” deb nomlanadi va unda talabalarning innovatsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish mexanizmlarini rivojlantirishning funktsional modeli takomillashtirilgan, oliy ta’lim muassasalarida talabalarning innovatsion faoliyatini shakllantirishning zamonaviy pedagogik imkoniyatlarini oshirishning usul va yo’llari taklif qilingan hamda raqamli texnologiyalar asosida innovatsion ta’lim muhitini tashkil etish va boshqarish metodikasini takomillashtirish bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Texnika yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarning yetuk muhandis va texnologlar bo’lib etishishlari uchun o’quv va amaliy faoliyatlarini tashkil etish alohida ahamiyatga ega bo’lib, ularni rivojlanishlari uchun muhim omil sifatida xizmat qiluvchi kasbiy va insoniy sifatlarning mazmuni va ijtimoiy ahamiyati borasida nazariy va amaliy tushunchalar berilib boriladi. Dissertant talabalarning innovatsion faoliyatini shakllantirish va rivojlantirish, talabalarda innovatsiyalarga nisbatan talab va ehtiyojlarini doimiy oshirib borishni ta’minlash, innovatsion salohiyatli va mustaqil qarorlar qabul qila oladigan muhandis va texnologlar bo’lib etishishlari uchun talabalarning mustaqil fikrlash va innovatsion tafakkurlarini shakllantirib borish, o’quv faoliyatini tashkil qilishda talabalarning ijodiy va yaratuvchanlik qobiliyatlarini shakllanishiga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlarni, innovatsion ta’lim texnologiyalarini va metodlarini yaratish, bo’lajak muhandis va texnologlarni zamonaviy texnika va texnologiyalarni yaratish talablariga javob beraoladigan mutaxassislar qilib etishishlari uchun texnika yo’nalishi talabalarini innovatsion madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish mehanizmlarini ochib bergan.
Dissertatsiyaning uchinchi bobi
Yüklə 28,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə