Umumiy xavfsizlik talablari


Ertangi kunga qoldirilishi tavsiya etilmaydigan taomlar



Yüklə 7,22 Mb.
səhifə3/40
tarix07.07.2023
ölçüsü7,22 Mb.
#119376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
batler maruza matn 2023

Ertangi kunga qoldirilishi tavsiya etilmaydigan taomlar

2- Mavzu: Anjomlarining turlari.
Reja:


1 Ertangi kunga qoldirilishi tavsiya etilmaydigan taomlar.
2 Restoranlarda tayyor taomlar oshpazlar tomonidan taqsimlanishi.

Tayyor mahsulotlarning mikroorganizmlar bilan qayta ifloslanmasligi uchun yarim tayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish alohida xonada tashkil qilinadi.


Tayyorlovchi ovqatlanish korxonalari mahsulotlari ularni iste’mol qiluvchi korxonalarga (tayyor va yarim tayyor mahsulotlarda ishlaydigan ovqatlanish korxonalari, pazandalik do‘konlari) tarqatiladi. Yarim tayyor va tayyor mahsulotlarni ularni iste’mol qiluvchi korxonalarga yetkazib berishga ham qator sanitariya talablariga rioya qilinishi zarur:

  • yarim tayyor mahsulotlar oziq-ovaqat mahsulotlarini solishga va o‘rashga ruxsat berilgan maxsus metall va polimer idishlarga solinadi va o‘raladi. Idishlar qoqog‘i bilan mahkam yopilishi kerak;

  • go‘sht qiymalari va kichik o‘lchamlarda kesilgan yarim tayyor go‘sht mahsulotlari (kabob, palov, gulyash, azu, ragu va shunga o‘xshashlar) avval polietilen pardalarga o‘ralishi, keyin esa bir qavat qilib maxsus markalangan lotoklarga yoki boshqa idishlarga joylashtirilishi kerak;

  • taqsimlangan yarim tayyor mahsulotlar (bifshteks, romshteks, lapget va natural kotlet) o‘ralmasdan qopqog‘i yopiladigan idishlarga solinib keltirilishi lozim;

  • xamirli qandolatchilik va bulochka mahsulotlarini olib borishda qopqog‘i mahkam yopiladigan idishlardan foydalanish lozim;

  • pazandalik mahsulotlari tayyorlovchi korxonalar sovitish va sotish uskunalari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar tayyorlovchi korxonalar esa issiqlik ta’sirida ishlov berish jihozlari bilan ta’minlanishi kerak.

Agar restoranlarda tayyor taomlar oshpazlar tomonidan taqsimlanib, suzib uzatilsa, boshqa tipdagi o‘z-o‘ziga xizmat qilish usulida ishlaydigan ovqatlanish korxonalarida esa maxsus xodim tayinlanadi. Xodim taomlarni taqsimlashdan oldin qo‘llarini tirsagigacha sovunlab yuvishi, dezinfenksiya qilishi va sanitariya kiyimini tozasiga almashtirib kiyishi lozim.



Yüklə 7,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə