Umumiy xavfsizlik talablari



Yüklə 7,22 Mb.
səhifə1/40
tarix07.07.2023
ölçüsü7,22 Mb.
#119376
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
batler maruza matn 2023


Umumiy xavfsizlik talablari
1.1. Ofitsiant sifatida ishlash uchun, tegishli kasbiy tayyorgarlikka ega, tibbiy ko'rikdan o'tgan va tibbiy ko'rik daftarchasining amal qilish muddati tugamagan, xizmat qilayotgan tashkilotining sanitariya shifokorining sanitariya-gigiyena ko'rsatmalarini olgan, mehnatni muhofaza qilish, stajirovka va tekshirish bo'yicha dastlabki ko'rsatmalarni olgan va bu talablarga rioya qiladigan xodimlargagina ruxsat beriladi.
1.2. Ofitsiant o'z faoliyatida davomida - lavozim yo’riqnomasi, ichki mehnat qoidalari va mehnatni muhofaza qilish bo'yicha ushbu yo'riqnomalar qoidalariga amal qiladi.
1.3. Ofitsiant yong'in xavfsizligi talablariga javob berishi, tashkilot hududida, ishlab chiqarish, yordamchi va tashkilot binolarida o'zini tutish qoidalariga rioya qilishi kerak.
1.4. O'zining professional majburiyatlariga binoan ofitsiant ishda ishlatiladigan asboblarni va ularni eksplutasiya qilishni bilishi kerak. Yangi jihozlar bilan ishlashni boshlashdan oldin, ofitsiant asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilarning zavod ko'rsatmalarida ko'rsatilgan xavfsizlik talablarini o'rganishi kerak.
1.5. Ish jarayonida ofitsiantga ish muhitidagi quyidagi salbiy omillar ta'sir ko'rsatishi mumkin:
—Uskunalar ust qismlari, idishlar, ichimliklar haroratining ko'tarilishi;
—elektr jihozlarini ishdan chiqarishiga sabab bo’ladigan elektr tokining kuchlanishi, har qanday elektr jihozlarini ishlatishda inson tanasi orqali ham sodir bo'lishi mumkinligi;
—Ish maydonining etarli darajada yoritilmaganligi;
—shisha idishlarni ishlatishda mavjud shikastlanish xavfi
—foydalaniladigan ish qurollarining o'tkir qirralari va burmalari;
—jismoniy haratning ko’pligi;
—xodimning asabiga va psixikasiga bosimning ko’pligi.
1.6. Ofitsiant ish kuni davomida, o’zining ish vaqtiga kiritilgan quyidagi tanaffuslar bilan ta'minlanadi:
—smenada shaxsiy ehtiyojlar uchun, umumiy davomiyligi 10 minut bo’lgan vaqt ajratiladi. Agar shaxsiy foydalanish joylari uzoqda joylashgan bo'lsa, u xolda ushbu vaqt 15 daqiqagacha uzaytirililadi;
—smenada dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus ish boshlanganidan keyin 4 soatdan kechiktirmasdan belgilanadi. Tanaffusning davomiyligi 30 daqiqadan kam bo'lmasligi kerak.
1.7. Ish davomida ofitsiant shaxsiy gigiena va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalariga, shuningdek, tashkilotning sanitariya shifokori talablariga qat'iy rioya qilishi shart. Agar shamollash yoki ichak disfunktsiyasining belgilari, shuningdek yiringlash, kesib olish, kuyish holatlari bo'lganda, darhol bu haqida o’z raxbariga xabar berishi shart.
1.8. Ofitsiant quyidagilarni bilishi shart:
—birinchi tibbiy yordamni ko'rsatishni;
—elektr jihozlari bilan ishlashda elektr xavfsizligi qoidalarini;
—tashkilot tomonidan tasdiqlangan yong'in xavfsizligi choralari bo'yicha ko'rsatmalarni, shuningdek yong'inga qarshi vositalarning joylashuvini.
1.9. Ish joyida oziq-ovqat mahsulotlari va ishlash bilan bog'liq bo'lmagan narsalarni saqlashi taqiqlanadi. Ovqatlanish esa maxsus shu uchun belgilangan joyda amalgam oshiriladi.
1.10. Alkogolli, toksik yoki giyohvand moddalar ta’siri ostida bo’lib ishlarni bajarishga yo’l qo’yilmaydi, shuningdek ish joyida alkogol, giyohvand va toksik moddalarni iste'mol qilish ham taqiqlanadi.
1.11. Mehnat intizomini buzganligi, mehnatni muhofaza qilish bo'yicha me'yoriy hujjatlar talablariga rioya qilmagani uchun ofitsiant O’zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladi



Yüklə 7,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə