teatrlaridan birining direktoriga uning yozganlari ma’qul bo‘ladi shekilli,
u pyesalarni sahnalashtirmasa-da, qaysidir mulohaza bilan yosh
muallifni qo‘llab-quwatlashga qaror qiladi.
Andersen uning tavsiyasi
bilan teatrdan stipendiya oladi va unga Lotin maktabida bepul tahsil
olish huquqi beriladi. So‘ngroq Andersen Konpengagen universitetida
o‘qiydi.
0 ‘qish-o‘rganishda suyagi qotgan yosh
Andersen uzoq-uzoqlarga
sayohat qiladi. U Yevropa, Osiyo, Afrikaning qator mamlakatlarida
bo‘ladi. 0 ‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib,
qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha ko'ngli joyiga tushmasdi.
Bundan
tashqari, sayohatlari davomida zamonasining mashhur shoir va adib-
lari, san’atkorlari bilan uchrashdi. Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens,
Geyne, Rossini, Vagner, List kabi buyuk ijodkorlar bilan muloqotda
bo‘ldi.
1835-yilda adib o‘zining birinchi yirik asari — «Improvizator»
romanini e’lon qiladi. Roman o‘quvchilar orasida mashhur bo‘lib
ketadi. Biroq bu mashhurlik shundan keyingi muvaffaqiyatlar oldida
hech narsa bo‘lmay qoladi.
Gap shundaki, adibning o‘sha yili bosib
tarqatilgan dastlabki ertaklar to‘plami kutilmaganda unga katta shuhrat
keltiradi. Boshda ertaklarini o‘quvchilar yoqtirishiga o ‘zi ham
ishonmagan yosh ertaknavis adib bu to‘plamdan so‘ng bolalar va
kattalar birday qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligiga
amin bo‘ladi va bundan keyingi umrini
ijodning shu sohasiga
bag‘ishlaydi. Unga yaratgan ertaklari olamshumul shuhrat keltirdi.
«Bolalarga aytilgan ertaklar», «Yangi ertaklar», «Tarixlar», «Yangi
ertaklar va tarixlar» to'plamlari Andersen nomini dunyoga mashhur
qilib yubordi.
«Bulbul» ertagi kishini qalbakilikdan, ikkiyuzlamachilikdan, yol-
g‘onchilikdan qaytaradi. Inson
qalbini tushunib yashashga, har bir
narsadan go‘zallik topa olishga undaydi.
Dostları ilə paylaş: