Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»


«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan test savollari



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

«Tilshunoslik nazariyasi» fanidan test savollari 
 
1.«Tilshunoslikka nazariyasi » fani nimalarni o‘rganadi? 
a) tilning nazariy fonetikasi va leksikologiyasiga oid qoidalarni 
b) morfologiya va sintaksisga tegishli muammolarni 
v) tilshunoslikda qo‘llanadigan lisoniy tahlil usullarini 
g) tillarning geneologik tasnifini 
d)til haqidagi dastlabki ma’lumotlarni,tilshunoslikning tarkibi
qismlarini,ilmiy terminlarni,tilning paydo bo‘lishi kabi muammolarni 
2.Mikro va makrolingvistikalarda nimalar o‘rganiladi? 
a) mikrolingvistika fonema, morfema singari tilning kichik 
birliklarini, makrolingvistika matn tahlilini 
b) mikrolingvistika tilning fonetik tuzilishini, makrolingvistika tilning 
grammatik qurilishini 
v) mikrolingvistika tilning ichki sistemasini, makrolingvistika 
nutqning qonun-qoidalarini 
g) mikrolingvistika tilning ichki tuzilishini, makrolingvistika tilning 
umumiy muammolarini 
d) mikrolingvistika ichki til birliklari, makrolingvistika tilning katta
birliklarini 
3.Til sistemasi 
a) belgilar yig‘indisidan tashkil topadi 
b) fonemalar va morfemalar muammosini taqozo etadi 
v) so‘z va qo‘shma so‘zlar munosabatidan tashkil topadi 
g) so‘z birikmasi va gap munosabatini taqozo etadi 
d) til bilan nutq birliklaridan iborat bo‘ladi 
4.Tilning qanday birliklari belgi sanaladi? 
a) so‘z va qo‘shma so‘z 
b) fonema va morfema 
v) so‘z va gap 
g) morfema va so‘z 
d) so‘z birikmasi va sintagma 


138 
5. Tilning paydo bo‘lishida eng asosiy mavqyega ega bo‘lgan 
faktorlar
a) taqlid so‘zlari 
b) undov so‘zlari 
v) ijtimoiy kelishuv 
g) tafakkur, mehnat, jamiyat 
d) mehnat chaqiriqlari 
6. Tilning paydo bo‘lishini kimlar ijtimoiy kelishuv farazi bilan 
bog‘laydi? 
a) V.Gumboldt, A.Poyebnya 
b) A. Potebnya, Ch. Darvin 
v) J.J. Russo, Adam Smit 
g) V. Gumboldt, J.J.Russo 
d) Ch.Darvin, L. Nuare 
7. Imo-ishoralarning inson tilining paydo bo‘lishida
a) ahamiyati yo‘q 
b) muhim ahamiyatga ega 
v) qisman ahamiyatga ega 
g) ba’zi qabilalar tili uchun ahamiyali sanaladi 
d) yordamchi mavqyega ega 
8. Til voqyelikni ham o‘zgartira oluvchi inson ruhiyatining mahsuli 
ekanligi xususidagi xato fikr kimlarga tegishli? 
a) V.Lomonosov, A. Peshkovskiy, Panini 
b) Bxartxari, Amara, Platon 
v) V.Gumboldt, E.Sepir, B. Uorf 
g) M.Koshg‘ariy, M.Zamaxshariy 
d) F.de Sossyur, Boduen de Kurtene 
9. Qadimgi Hindistonda tilshunoslikning vujudga kelishi 
a) buddizm bilan bog‘liq 
b) Veda dini bilan bog‘liq 
v) Panini va uning grammatikasi bilan bog‘liq 


139 
g) Varrachuti Katyaina va Bxartxari asarlari bilan aloqador 
d) yuqoridagilarning birortasi bilan ham bog‘liq emas 
10. Paninining hind tili me’yori grammatikasida sanskritning 
grammatik qurilishiga oid 
a) 300 dan ortiq sutrlar beriladi 
b) 250 dan ortiq qoidalar keltiriladi 
v) 400 dan ortiq qoidalar berilib, ular sutrlar deb ataladi 
g) qoidalar yoki sutrlar soni aniq emas 
d) asarda sutrlar emas, balki 400 dan ortiq formulalar beriladi 
11. Qadimgi yunon tilshunosligi necha bosqichga bo‘lib 
o‘rganiladi? 
a) uch bosqichga – Iskandariya davri, til muammolarifaylasuflar
tomonidan o‘rganilgan davr va grammatika mustaqil fan sifatida 
o‘rganilgan davr 
b) ikki bosqichga – til muammolari faylasuflar tomonidan 
o‘rganilgan davr va grammatika mustaqil fan sifatida o‘rganilgan davr 
v) bir bosqichga – til muammolari faylasuflar tomonidan 
o‘rganilgan davr
g) to‘rt bosqichga – Iskandariya davri, til muammolari faylasuflar 
tomonidan o‘rganilgan davr, grammatika mustaqil fan sifatida 
o‘rganilgan davr, yunon adabiy tili asoslangan davr 
d) bosqichlarga bo‘lib o‘rganilmaydi 
12. «Poetika» va «Ritorika» asarlari kim tomonidan yozilgan? 
a) Aritotel 
b) Platon 
v) Sukrot 
g) Demokrit 
d) Geraklit 
13. «Ali Kitob» kimning qalamiga mansub va u qanday qismlardan
tashkil topgan? 
a) Abul Osvad asari, tadjvid, sarf qismlaridan tashkil topgan 


140 
b) Al Firuzobodiy asari, tadjvid va nahvga oid qismlardan tashkil
topgan 
v) Sog‘aniy asari, sarf va nahvga oid qismlardan tashkil topgan 
g) Sibaveyx asari, tadjvid, sarf va nahvga oid qismlardan tashkil 
topgan 
d) Zamaxshariy asari, tadjvid va sarfga oid qismlardan tashkil 
topgan 
14. «Muqaddamat ul adab», «Asoa ul balog‘a» asarlarini kim 
yozgan? 
a) Ibn Sino b) Al Javhar v) Zamaxshariy g) Sibaveyx
d)Halil al-Faraxidiy
15. Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida so‘zlar 
necha turkumga bo‘linadi? 
a) to‘rt: ism, fe’l, ravish, sifat 
b) uch: ism, fe’l, yordamchi so‘zlar 
v) ikki: ism va fe’l 
g) besh: ism, fe’l, sifat, son,ravish 
d) turkumlarga bo‘linmaydi 
16. Alisher Navoiyning qaysi asarida turkiy til imkoniyatlari keng
yoritiladi? 
a) «Mezonul avzon» 
b) «Mufradot» 
v) «Majolisun nafois» 
g) «Lison- ut tayr» 
d) «Muhokomat – ul lug‘atayn» 
17. Fonetikaning asosiy predmetini 
a) tovushlarning akustik xarakteristikasi tashkil etadi 
b) tovushlarning akustik va artikulyasion xarakteristikalari tashkil 
etadi 
v) tovushlarning fonema tarzida asoslanishi tashkil etadi 


141 
g) tovushlarning artikulyasiyasi o‘rniva usuliga ko‘ra 
xarakteristikasi tashkil etadi 
d) tovushlarning ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra
xarakteristikasi tashkil etadi 
18. Qadimgi Hindistonda tilshunoslikning vujudga kelishi 
a) buddizm bilan bog‘liq 
b) Veda dini bilan bog‘liq 
v) Panini va uning grammatikasi bilan bog‘liq 
g) Varraruchi Katyaina va Bxartxari asarlari bilan bog‘liq 
d) yuqoridagilarning birortasi ham bog‘liq emas
19. Allofon deganda nimani tushunasiz ? 
a) fonemaning nutqiy qo‘llanishdagi variantini 
b) sifat o‘zgarishlar hosil qiluvchi tovushni
v) tovushning nutqda qo‘llanilishini 
g) ikki tovush ifodasini 
d) fonlarning yig‘indisini 
20. Unlilar tasnifida nimalar e’tiborga olinadi? 
a) ovoz va shovqinning ishtiroki 
b) artikulyasiyasi o‘rni va usuli 
v) tilning holati va lablarning ishtiroki 
G) havo oqimi 
d) tilning gorizontal va vertikal holatlari 
21. Unlilar tarkibiga ko‘ra qanday turlarga bo‘linadi? 
a) monoftong va diftonglarga 
b) monoftong, diftong va triftonglarga 
v) diftong va triftonglarga 
g) monoftong va triftonglarga 
d) turlarga bo‘linmaydi 


142 
22. O‘zbek tilidagi undoshlar hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra qanday 
turlarga bo‘linadi? 
a) lab va bo‘g‘iz undoshlariga 
b) bo‘g‘iz va til undoshlariga 
v) til oldi, til orqa, til o‘rta va chuqur til orqa undoshlariga
g) lab, til va bo‘g‘iz undoshlariga
d) lab va til undoshlariga 
23. Sonor tovushlar qanday belgiga ega bo‘ladi ? 
a) faqat shovqindan iborat bo‘ladi 
b) faqat ovozdan iborat 
v) ovoz va shovqin miqdori teng bo‘ladi 
g) ovozdan shovqin miqdori ko‘p bo‘ladi 
d) shovqin juda kam sezilib, ovoz miqdori ko‘p bo‘ladi 
24. Supersegment unsurlar nima ? 
a) ifoda materiali bo‘lmagan fonetik unsurlar 
b) ifoda materiali mavjud unsurlar 
v) bo‘g‘in va intonasiya 
g) urg‘u va bo‘g‘in 
d) intonasiya va urg‘u 
25. Qanday hodisalarning progressiv turlari mavjud ? 
a) dissimilyasiya va metateza b) assimilyasiya va akkomodasiya
v) gaplologiya va diereza g) epenteza va metateza 
d) reduksiya va assimilyasiya 
26. Morfemaning qanday asosiy turlari mavjud ? 
a) grammatik va leksik ma’no beruvchi 
b) so‘z shaklidagi va affiks shaklidagi 
v) o‘zak morfema va affiks morfema 
g) allomorf va grammatik morfema
d) so‘zyasovchi va shakl yasovchi 


143 
27. Suppletivizm hodisasi nima ? 
a) ma’lum bir so‘zning grammatik formalari o‘rtasidagi yaqinlik
b) so‘z grammatik formalarining turli xil o‘zak va negizlardan 
yasalishi 
v) grammatik ma’no ifodalashda bir xil so‘z formalaridan 
foydalanish 
g) affikslarning leksik ma’noga ta’siri 
d) so‘zning grammatik formalari o‘rtasidagi tafovut 
28. Analitik shakl sintetik shakldan qanday farqlanadi ? 
a) analitik shakl affikslar orqali ifodalanadi, sintetik shakl esa 
yordamchi so‘zlar bilan
b) analitik shakl yordamchi fe’llar bilan, sintetik shakl esa affikslar 
bilan ifodalanadi. 
v) fnflitik shakl ko‘makchi va bog‘lovchi bilan, sintetik shakl esa 
yordamchi fe’l bilan ifodalanadi 
g) analitik shakl ko‘makchi, bog‘lovchi, predlog,ko‘makchi fe’llar 
bilan, sintetik shakl esa affikslar bilan ifodalanadi 
d) analitik va sintetik shakllar bir hodisaning ikki xil nomlanishidir 
29. Grammatik rod tarixan o‘zgaruvchanmi ? 
a) tarixan o‘zgaruvchan emas 
b) rod ma’osi tarixan o‘zgaruvchandir 
v) mujskoy va jenskiy rodlar tarixan o‘zgaruvchan, oraliq rod 
o‘zgarmaydi 
g) oraliq rod o‘zgaruvchan, mujskoy va jenskiy rodlar o‘zgarmaydi 
d) faqat jenskiy rod tarixan o‘zgaruvchandir 
30. Son kategoriyasi ingliz tilida
a) sifat va fe’llarga taalluqli 
b) faqat otga taalluqli 
v) faqat sifatga taalluqli 
g) faqat fe’lga taalluqli 
d) ot va olmoshlarga taalluqli 


144 
31. Kelishiklar sonining 20 dan ortiq bo‘lishi qaysi tilga xos ? 
a) o‘zbek tiliga 
b) rus tiliga 
v) ingliz tiliga 
g) venger tiliga 
d) eston tiliga 
32. So‘zlarning turkumlarga bo‘linishida nimalar e’tiborga olinadi ? 
a) leksik- grammatik ma’nolar va morfem tuzilish 
b) leksik-grammatik ma’no, morfologik belgi, sintaktik vazifa, 
distributiv xususiyat 
v) distributiv xususiyat, morfologik belgi va sintaktik vazifa 
g) leksik-grammatik ma’no, sintaktik vazifa 
d) morfem tuzilish, grammatik ma’no, morfologik belgi 
33. Leksikologiyaning qanday bo‘limlari mavjud ? 
a) semasiologiya, etimologiya va leksikografiya 
b) etimologiya, onomastika, onomasiologiya 
v) semasiologiya, etimologiya, frazeologiya, leksikografiya, 
onomastika, onomasiologiya 
g) frazeologiya, etimologiya, leksikografiya 
d) leksikografiya, fraziologiya, onomastika 
34. Denotat deganda nimani tushunasiz ? 
a) so‘zning ma’nosini 
b) so‘z anglatayotgan hodisa yoki predmetni 
v) so‘z anglatayotgan tushunchani 
g) so‘zning shakliy tuzilishini 
d) so‘zning grammatik shaklini 
35. Avstraliyada «So‘z va narsa» nomi bilan atalgan maktabni kim 
asoslagan
a) F.deSossyur, b) Andre Martine v) Sh.Balli, g) Rudolf Mirenger
d) G.Glison 


145 
36. «Tabu» atamasi nimani anglatadi ? 
a) aytish man etilgan so‘zlarni 
b) bir tushunchaning ikkinchi tushuncha bilan almashtirilishini
v) marosimlarda qo‘llanadigan so‘zlarni
g) sinonimik ma’noli so‘zlarni 
d) qarama-qarshi so‘zlarni 
37. Metonimiya xodisasi nima taqozo etadi ? 
a) predmetlarning tashqi belgilariga asoslangan ma’no ko‘chishini 
b) predmet ma’nosining vasifasiga ko‘ra ko‘chishini 
v) ikki predmetning doimiy ravishda birgalikda qo‘llanishiga 
asoslangan ma’no ko‘chishini 
g) ma’noning butun va qismga asoslanib ko‘chishini 
d) predmetlar o‘rtasidagi ichki o‘xshashlikka asoslangan ma’no
ko‘chishini 
38. Sinekdoxa xodisasida so‘z ma’nosining ko‘chishi nimaga 
asoslanadi ? 
a) predmetlar o‘rtasidagi tashqi bergilarning o‘xshashligiga 
b) predmetlar bajaradigan vazifalarning mushtarakligiga
v) predmetlarning mudom yonma-yon qo‘llanishiga 
g) butun va qism tushunchalariga 
d) predmetlar grammatik ma’nolarining bir xilligiga 
39. Kichik sintaksisning tekshiruv obyekti qaysi javobda to‘g‘ri 
berilgan ?
a) gap va uning turlari b) erkin so‘z birikmalari v) turg‘un gap 
birikmalari g) morfema va uning turlari d) yasama so‘zlar, turg‘un so‘z 
birikmalarida morfemalararo mikrosintagmatik munosabatlar
40. Predikativlik xodisasining ifoda obyektlari qaysi javobda to‘g‘ri 
berilgan ?
a) so‘z, so‘z birikmasi va gap
b) gap va uning turlari
v) so‘z birikmasi va qo‘shma so‘zlar


146 
g) so‘z va gap 
d)sintagma, erkin so‘z birikmalari va gap
41. Presuppozisiya nimani anglatadi ? 
a) predikat ishtirokida shakllangan semantik strukturani
b) predikat va argumentlar munosabatini
v) predikat va aktaktlar munosabatini
g) ma’lum sintatik struktura ifodalayotgan real ma’nodan tashqari 
uning ichki strukturasida anglashiladigan ma’noni 
d) ma’lum sintaktik struktura orqali anglashiladigan sinonimik 
ma’nolarni
42. L.Tenyerning sintaktik valentlik nazariyasi qanday atamalar 
orqali izohlanadi ? 
a) predikat, aktant, harakat b) aktant, sirkonstant, harakat
v)sirkonstant, harakat, predikat g) harakat, aktant va uning turlari d) 
aktant va sirkonstant 
43. Gapning aktual bo‘laklari nazariyasini kim ilmiy asoslagan ? 
a) V.Matezius
b) Sh.Balli
v) N. Trubeskoy
g) L. Blumfild
d) V.Gumboldt 
44. Monemaning qanday turlari mavjud ? 
a) funksional, yarim funksional, qaram 
b) qaram, avtonom, superfunksional 
v) funksional, superfunksional,avtonom, qaram va yarim funksional 
g) avtonom, qaram, funksional 
d) monema turlarga bo‘linmaydi 
45. Piktografik yozuv 
a) ideogrammalarga asoslanadi b) logogrammalarga asoslanadi v) 
iyerogliflarga 
asoslanadi 
g) 
piktogrammalarga 
asoslanadi 
d) 
fonogrammalarga asoslanadi 


147 
46. Yozuvning qaysi turi yunoncha «muqaddas yozuv» degan 
ma’noni anglatadi ? 
a) piktografik b) ideografik v) logografik g) fonografik
d)iyeroglifik 
47. O‘rta Osiyo xalqlari eramizdan avvalgi IV-VI asrlarda 
yozuvning qaysi turidan foydalanishgan? 
a)Mix yozuvidan b) Oromiy yozuvidan v) Urxun- Enasoy 
yozuvidan g) uyg‘ur yozuvidan d) arab yozuvidan 
48. Bilishning yuqori bosqichi –
a) tasavvur b)idrok v) xissiy bilish g) tafakkur d)sezgi 
49.Tafakkur formalari
a) tilshunoslikda o‘rganiladi b) mantiqda o‘rganiladi v) falsafada
o‘rganiladi g) mantiq va tilshunoslikda o‘rganiladi d) tilshunoslik va
falsafada o‘rganiladi 
50. «Kishi miyasining til bilan bog‘liq bo‘lgan butun faoliyatini 
tafakkur deb bilish lozim» . Ushbu so‘zlar kimning qalamiga mansub? 
a) V. Vinogradov b)L.Tenyer v)Aristotel g) A.Fitrat
d)B.Ardentov 
51. «Til va nutq» dixotomiyasi kim tomonidan ilmiy asoslangan ? 
a) B.de Kurtene b) A.Potebnya v) V. Gumboldt g) F. de Sossyur
d) A. Seshe 
52. Tilning har bir belgisi qanday jihatlarga ega bo‘lishi shart ? 
a) ohang va tovush sistemasiga b) ifodalovchi va ifodalanuvchi 
tomonlariga v) tildagi va nutqdagi o‘rinlariga g) paradigmatik va 
sintagmatik sifatlariga d) semiologik va fonologik xususiyatlariga 
53. Til…
a) shaxsda yashaydi b) o‘z sistemasi doirasida yashaydi v) 
jamiyatda yashaydi g) nutqda yashaydi d) belgilar sathida yashaydi 


148 
54. Qaysi javob to‘g‘ri ? 
a) til bilan nutq mushtarak hodisalardir b) til bilan nutq qarama-
qarshi hodisalardir v) til bilan nutq o‘zviy bog‘liq hodisalardir
g) til bilan nutq qarama-qarshi va shu bilan birga uzviy bog‘liq 
hodisalardir d) til bilan nutq biri ikkinchisini talab qiluvchi lisoniy 
hodisalardir 
55. Tilning paydo bo‘lishi muammosini
a) faqat tilshunoslar o‘rganadi b) faylasuflar va tilshunoslar 
o‘rganadi v) tilshunoslar, tarixchilar, faylasuflar, zoopsixologlar, 
biologlar, etnografiya mutaxassislari o‘rganadilar g) fiziklar, 
tilshunoslar, faylasuflar va xatto matematiklar ham o‘rganadilar d) 
psixologlar, tilshunoslar, matematiklar, antropologlar va fiziklar 
o‘rganadilar 
56. Xalqlarda imo-ishoralardan foydalanishning bir soatlik darajasi 
qaysi javobda to‘g‘ri berilgan ? 
a) 
meksikaliklar 
160, 
fransuzlar 
140, 
italyaliklar 
120, 
finlandiyaliklar 10 marta 
b) 
meksikaliklar 
200, 
fransuzlar 
180, 
italyaliklar 
140, 
finlandiyaliklar 20 marta 
v) meksikaliklar 120, fransuzlar 80, italiyaliklar 40, finlar 6 
g) meksikaliklar 80, fransuzlar 60, italiyaliklar 80, finlar 50 
d) meksikaliklar 180, fransuzlar 120, ital.80, finlar 1 
57. Dastlab ikki til imo-ishoralar tili va nutq tovushlari tili 
bo‘lganligi kim tomonidan aytilgan ? 
a) V. Vundt b) L. Nuare v) A.Potebnya g) Aristotel d) 
V.Gumboldt 
58. Qadimgi Hindistonda tilshunoslik bobida erishilgan yutuqlarga 
Ovro‘pada XIX asrdagina erishilganligini kim ta’kidlagan ? 
a) F.de Sossyur b) L.Blumfild v) V. Matezius g) V.Tomsen d) 
A.Martine 


149 
59. Qadimgi Hindistonda Amara tomonidan qanday lug‘at tuzilgan ? 
a) sanskritning qisqacha izohli lug‘ati
b) diniy adabiyotlardagi qiyin so‘zlarning izohli lug‘ati
v) omonimlar lug‘ati g) sinonimlar lug‘ati d) Panini asarlarida 
berilgan so‘zlarning qisqacha izohli lug‘ati 
60. «Kratil» asarini kim yozgan ? 
a) A. Diskol b) Demokrit v) Geraklit g) Platon d) Sukrot 
61. Iskandariya tilshunoslik maktabi vakillari yunon adabiy tili 
taraqqiyoti fonetik jihatdan necha unli va necha undoshga bog‘liq 
ekanligini asoslab berganlar ? 
a) 6 unli, 25 undosh b)) 7 unli, 21 undosh v) 5 unli, 25 undosh
g) 7 unli, 17 undosh d) 8 unli, 18 undosh 
62. Qadimgi Xitoyda dastlab qanday asar vujudga kelgan ? 
a) Guanya ) lug‘atshunoslikka oid ) b) Fanya ) shevashunoslikka 
oid
v) Erya ) lug‘atshunoslik va odob-oxloqqa oid g) Xitoy tili 
fonetikasi
d) Xitoy tili me’yoriy grammatikasi
63. O‘rta Osiyolik olimlardan qaysi biri arab tili fonetikasini yozgan ? 
a) Forobiy b) M. Koshg‘ariy v) Beruniy g) Ibn Sino d)
Zamaxshariy 
64. 60 jildlik arabcha lug‘atni kim yozgan ? 
a) Al Firuzobodiy b) Soganiy v) Sibaveyx g) Abul Osvad d) M. 
Koshg‘ariy 
65. Arabistonda tilshunoslikning shakllanishi nima bilan bog‘liq ? 
a) jahon tillari taraqqiyoti bilan b) arabcha matnlarning filologik 
tahlili bilan v) Islom dini bilan g) Qur’onning vujudga kelishi bilan 
d) arab lahjalarining tahlili bilan 
66. 40 ming so‘zli lug‘at qaysi arab olimi tomonidan tuzilgan ? 


150 
a) Al Gevari b) Al Firuzobodiy v) Al Javhar g) Abul Osvad d) 
Sibaveyx 
67. Arab tilshunosligining o‘ta taraqqiy etgan davri
a) V-VII asrlar b) VII-VIII asrlar v) VIII-X asrlar g) VIII asr d)
XIX asr 
68. «Devonu lug‘otit turk»da turkiycha so‘zlar necha harf 
yordamida bitilgan ? 
a) 5 ta asosiy, 14 ta qo‘shimcha b) 7 ta asosiy 18 ta qo‘shimcha v) 
9 ta asosiy, 26 ta qo‘shimcha g) 10 ta asosiy, 15 ta qo‘shimcha d) 8 ta 
asosiy, 17 ta qo‘shimcha 
69. Zamaxshariyning «Mukaddimat-ul adab» asari qanday 
qismlardan tashkil topgan ? 
a) ot, fe’l, yordamchi so‘zlar, otlarning turlanishi, fe’llarning 
tuslanishi 
b) otlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi, sifat va yordamchi 
so‘zlar 
v) otlarning turlanishi, fe’llarning tuslanishi, sifat va fe’l darajalari 
g) fe’l, fe’llarning tuslanishi, sifat darajalari 
d) qismlarga bo‘linmagan 
70. Arab tilshunosligida qachon turg‘unlik davri boshlandi ? 
a) VI –asrdan keyin b) VII asrdan keyin v) VIII asrdan keyin
g) IX asrdan keyin d) turg‘unlik davri bo‘lmagan 
71. Alisher Navoiyning qaysi asarida turkiycha so‘z yasalishi 
muammosi yoritilgan ? 
a) «Lison-ut tayr» b) «Nazmul javohir» v) «Muxokamat –
ullug‘atayn»
g) «Mezonul avzon» d) «Mufradot» 
72. Fonetik akustikada nimalar o‘rganiladi ?
a) nutq tovushlarining hosil bo‘lish o‘rni 


151 
b) nutq tovushlarining hosil bo‘lish usuli 
v) nutq tovushlarining jarangli va jarangsiz aytilishi 
g) nutq tovushlarining eshitilishi sifati 
d) nutq tovushlarining eshitilishi pastligi, balandligi kuchi, qisqa 
yoki cho‘ziqligi, tembri 
73. Tovushning chiziqligi darajasi qanday o‘lchanadi? 
a) eshitilishiga qarab b) tebranish davom etgan vaqtga qarab
v) aytilishiga qarab g) ovozning chuziqligiga qarab d) o‘lchab 
bo‘lmaydi 
74. Fonologiyaning vasifasi nimadan iborat? 
a) fonemalarning talaffuzini o‘rganishdan 
b) fonemalar variantlarini o‘rganishdan 
v) fonemalarning eshitilishini o‘rganishdan 
g) fonemalarning sifatini o‘rganishdan 
d) fonemalarning funksional qiymatini o‘rganishdan 
75. «Vokalizm» termini nimani taqozo etadi ? 
a) undoshlar majmuasini b) unlilar majmuasini v) sonor 
tovushlarni
g) jarangli tovushlarni d) jarangsiz tovushlarni 
76. Segmentasiya nima ? 
a) nutqning jumla va taktlarga bo‘linishi
b) nutqning takt va so‘zlarga bo‘linishi 
v) so‘zning bo‘g‘inlarga bo‘linishi 
g) nutqni katta va kichik bo‘laklarga bo‘lish 
d) bo‘g‘inni tovushlarga bo‘lish 
77. Urg‘u sifat jihatdan qanday turlarga bo‘linadi ? 
a) so‘z va ma’no urg‘ulariga b) leksik va dinamik urg‘ularga
v) dinamik, musiqaviy va miqdor urg‘ulariga g) tonik, emfatik 
urg‘ularga 
d) turlarga bo‘limaydi 


152 
78. Takt nima ? 
a) nutqning ikki katta pauzasi oralig‘idagi ohang butunligi
b) jumlaning ikki qisqa pauzasi oralig‘idagi ohang butunligi
v) jumlaning ma’noli parchalari
g) jumla parchalarining mustaqil urg‘u olishi
d) nutqning kichik bo‘lagi 
79. Assimilyasiya hodisasida
a) so‘z tarkibidagi tovushlar o‘rinlari almashadi 
b) so‘zdagi o‘xshash tovushlar noo‘xshash tovushlarga aylanadi 
v) so‘zdan biror tovush tushib qoladi 
g) so‘zdagi tovushlar soni ortadi 
d) tovushlar biri ikkinchisiga ta’sir etib, tovush o‘zgarishi ro‘y 
beradi 
80. Gaplologiya hodisasida
a) so‘z bo‘g‘inlarining birining talaffuzida tushib qolishi ro‘y 
beradi 
b) so‘zda tovushlar soni orttiriladi v) tovushlar o‘rni almashadi 
g) noo‘xshash tovushlar o‘xshash tovushlarga aylanadi d) fonetik 
o‘zgarish ro‘y bermaydi 
81. Ingliz tilida
a) tovushlar soni harflar sonidan deyarli 3 marta kam 
b) tovushlar va harflar soni teng
v) tovushlar soni harflar sonidan ikki martr ko‘p 
g) tovushlar soni harflar sonidan ikki marta kam
d) harflar soni tovushlar sonidan 3 marta kam
82. O‘zak morfemaning qanday turlari mavjud ? 
a) so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi 
b) grammtik shakl yasovchi va grammatik ma’no yasovchi
v) leksik ma’no anglatuvchi va grammatik ma’no anglatuvchi 
g) leksik ma’no o‘zgartiruvchi va grammatik ma’no o‘zgartiruvchi
d) o‘zak morfemalar turlarga bo‘linmaydi 


153 
83. So‘z yasovchi affiks morfema leksik ma’noga
a) qisman ta’sir qiladi b) ta’sir etmaydi v) ta’sir etishi va 
etmasligi ham mumkin g) ta’sir etib, uni to‘liq o‘zgartiradi d)
aloqasizdir 
84. Morfema nima ? 
a) tilning mustaqil ma’no anglata olmaydigan eng kichik birligidir
b) qismlarga bo‘linmaydigan, mustaqil holda yo leksik yoki 
grammatik ma’no anglata oladigan tilning eng kichik birligidir
v) tilning qismlarga bo‘linmaydigan, mustaqil ma’no anglatishi va 
anglatmasligi mumkin bo‘lgan eng kichik birligidir 
g) tilning qismlarga parchalanadigan va mustaqil holda ma’no 
anglatmaydigan eng kichik birligidir
d) morfema nutq birligi sanaladi 
85. O‘zbek tilida so‘z o‘zgartiruvchi affiks morfemalar jumlasiga 
a) otning egalik va kelishik qo‘shimchalari, fe’lning shaxs-son 
qo‘shimchalari kiradi 
b) otning ko‘chaytirish shaklini, fe’lning zamon shakllarini 
yasovchi qo‘shimchalar kiradi 
v) otning ko‘plik shaklini yasovchi, fe’lning nisbat kategoriyasini 
yasovchi qo‘shimchalar kiradi 
g) mavxum otlarni va fe’lning mayl shakllarini yasovchi 
qo‘shimchalar kiradi 
d) fe’lning funksional shakllarini yasovchi qo‘shimchalar kiradi 
86. Affiks morfemalar o‘zakka nisbatan joylashishiga qarab 
quyidagi turlarga bo‘linadi : 
a) so‘z yasovchi, shakl yasovchi b) shakl yasovchi, so‘z 
o‘zgartiruvchi 
v) so‘z o‘zgartiruvchi, so‘z yasovchi g) infiksal, 
prefiksal,postfiksal
d) infiksal, postfiksal 


154 
87. Leksik ma’no
a) voqyelikdagi narsa va predmetlarning nomlarini taqozo etadi
b) voqyelikdagi narsa va predmet, voqyea-hodisalar nomlarini yoki 
ular haqidagi tushunchani taqozo etadi 
v) ish-harakati ma’nosini anglatadi 
g) turdosh otlar haqidagi tushunchani anglatadi 
d) atoqli va turdosh otlarning nomlarini anglatadi 
88. Reduksiya qanday ma’no ifodalaydi ? 
a) leksik ma’no b) lug‘aviy ma’no v) grammatik ma’no g) leksik 
va grammatik ma’no d) ma’no ifodalamaydi 
89. Grammatik ma’no ifodalovchi sintetik vositalar jumlasiga 
qanday unsurlar kiradi ? 
a) reduplikasiya b) yordamchi so‘zlar v) ohang va so‘z tartibi g)
ichki fleksiya, suppletiv usul d) sintetik vosita orqali grammatik ma’no 
ifodalanmaydi 
90.Qaysi tilda sifatning son kategoriyasi yo‘q ? 
a) nemis tilida b) rus tilida v) ingliz tilida g) fransuz tilida
d) o‘zbek tilida 
91. Ko‘rsatilgan tillarning qaysi birida otning ko‘pligi ichki fleksiya 
yordamida ifodalanadi ? 
a) o‘zbek tilida b) ispan tilida v) eston tilida g) arab tilida
d) venger tilida 
92. Olmoshning ko‘plik shakli suppletiv usul bilan
a) hind-ovro‘pa tillarida ifodalanadi b) kavkaz tillarida ifodalanadi
v) fin-ugor tillarida g) xitoy-tibet tillarida d) olmoshning ko‘pligi 
suppletiv usul bilan ifodalanmaydi 
93. Men universitetda o‘qiyman gapida fe’l qaysi zamonda 
qo‘llangan ? 
a) kelasi zamonda b) xozirgi zamonda v) o‘tgan zamonda g) 


155 
kelasi zamon gumon fe’li d) kelasi zamon maqsad fe’li 
94. So‘zlarning distributiv xususiyatlari deganda nimani tushunasiz ? 
a) so‘zlarning bir-biri bilan moslashishini b) so‘zlarning gapdagi 
tartibini v) suzlarning o‘zaro munosabati qurshovini g) so‘zlarning 
sintatik munosabatini d) so‘zlarning bitishuv aloqasini 
95. Narsa va predmetlarga nom berish jarayonini
a) etimologiya o‘rganadi b) onomasiologiya o‘rganadi v) 
onomastika o‘rganadi g) antroponimika o‘rganadi d) toponimika 
o‘rganadi 
96. Lug‘at maqolasi nima ? 
a) lug‘atlarning kirish qismidagi matn b) lug‘atlarning oxirida 
beriladigan matn v) qomusiy lug‘atlarda so‘zlarga beriladigan izox 
g) izohli lug‘atlarda beriladigan so‘zlar tavsifi 
d) har bir lug‘atda beriladigan so‘zlar izohi 
97. «Lug‘at sitta alsina» nomli 6 tilli lug‘atni kim tuzgan ? 
a) A.Navoiy b) Zamaxshariy v) Abul Osvad g) I. Ibrat 
d) bunday lug‘at yo‘q 
98. Ters lug‘atlardan kimlar foydalanadi ? 
a) hamma b) filologlar v) ilmiy xodimlar g) lug‘atshunoslar
d) tarixchilar 
99. So‘z bilan denotat va signifikat qanday bog‘lanish mavjud ? 
a) so‘z ular bilan bog‘lanmaydi b) so‘z denotat bilan emas, balki 
signifikat bilan bog‘lanadi v) so‘z faqat denotat bilan bog‘lanadi g) 
so‘z, denotat , signifikat uzviy bog‘lanadi d) so‘z denotat va signifikat 
bilan nisbiy bog‘lanadi 
100. Frazeologik iboralar lug‘ati lug‘atlarning qanday turiga kiradi ? 
a) qomusiy b) tarjima v) izohli g) ters d) o‘zi alohida turni 
tashkil etadi 


156 
1.d 
2.g 
3.a 
4.v 
5.g 
6.v 
7.d 
8.v 
9.b 
10.v 
11.b 
12.a 
13.g 
14.v 
15.v 
16.d 
17.b 
18.b 
19.a 
20.d 
21.b 
22.g 
23.b 
24.a 
25.b 
26.v 
27.b 
28.g 
29.b 
30.d 
31.d 
32.b 
33.v 
34.b 
35.g 
36.a 
37.v 
38.g 
39.d 
40.d 
41.g 
42.b 
43.a 
44.v 
45.g 
46.d 
47.a 
48.g 
49.b 
50.d 
51.g 
52.b 
53.b 
54.g 
55.v 
56.d 
57.a 
58.g 
59.a 
60.g 
61.g 
62.v 
63.g 
64.a 
65.g 
66.v 
67.b 
68.d 
69.a 
70.v 
71.v 
72.d 
73.v 
74.d 
75.b 
76.g 
77.v 
78.b 
79.d 
80.a 
81.v 
82.v 
83.g 
84.b 
85.a 
86.g 
87.b 
88.v 
89.g 
90.d 
91.g 
92.a 
93.b 
94.v 
95.b 
96.d 
97.g 
98.b 
99.d 
100.d 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə