Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/66
tarix01.06.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#114865
növüУчебное пособие
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66
98d06c14c803445c5b1b41a6fab3c556 Tilshunoslik nazariyasi

 
Tayanch so‘z va birikmalar: 
Tilning ichki tuzilishi, tillarning tasnifi, til va tafakkur, til va 
jamiyat, lingua, tilning tuzilishi, tilning sistemasi, lingvistik tipologiya, 
universallik nazariyasi, makrolingvistika, mikrolingvistika, me’yor, fonetik 
me’yor, talaffuz me’yori, so‘z yasash me’yori; morfologik me’yorlar, 
sintaktik me’yorlar, uslubiy me’yporlar, lug‘aviy me’yorlar. 
 
Adabiyotlar: 
1.
Қудратов Т.Нутқ маданияти асослари.-T.: “Ўқитувчи”, 1993. 35-
б. 
2.
Rasulov R. Umumiy tilshunoslik.-Toshkent: Fan va texnologiya, 
2017 yil, 312 b. 
3.
Қўчқортоев И. Ф.де. Соссюрнинг лингвистик концепцияси. –
Тошкент.,1976 йил 36 б. 
4.
Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. – T. 2007.-177 b. 
5.
Соссюр Ф. де. Курс общей лингвистики. –Труды по общему 
языкознанию. –М.: «Прогресс», 1977, с.39. 
6.
Лингвистический энциклопедический словар/ гл. ред. В.Н. 
Ярцева. – 2-е изд., доп. – М. : Болшая рос. Энцикл., 2002. – 709 с. 
7.
Nurmonov A. Tanlangan asarlar, 2-jild. Lingvistik ta’limotlar tarixi.- 
Toshkent, 2012 yil, 232 b. 
8.
Соссюр Ф. де. Заметки по общей лингвистике / Пер. с фр. 
Б.П.Нарумова. -М.: Прогресс, 1990. С. 44. 
9.
Соссюр Фердинанд де. Курс общей лингвистики / Пер. с 
французского А.М.Сухотина, под редакцией и с примечаниями 
Р.И.Шор.-М.:Едиториал УРСС, 2004.-256 с. 
10.
Uluqov N. Tilshunoslik nazariyasi.-Toshkent: “Barkamol fayz 
media”, 2016. -190 b. 
 


21 
TILNING IJTIMOIY TABIATI 
 
8-§. Til va jamiyat. Til taraqqiyotining jamiyat taraqqiyoti bilan 
bog‘liqligi. 
Til ijtimoiy hodisami, tabiiy hodisami degan savollar 
tilshunoslik tarixida ko‘p martalab baxs munozaralarga sabab bo‘lgan. 
Nemis olimi Avgust Shleyxer naturalizm oqimiga asos soldi va tilga 
ham tabiiy hodisa deb qaradi. Naturalizm oqimi tushunchasi bo‘yicha 
tillar ham xuddi odamlar kabi tug‘iladi, yashaydi, boyiydi, qariydi va 
o‘ladi deyildi. Albatta, tilga bunday baho berish noto‘g‘ri tushuncha edi. 
Materialistlar uzil-kesil til tabiiy hodisa degan g‘oyani rad etadi. Til 
jamiyatni taqoza etuvchi ijtimoiy hodisa deb qarashadi. Chunki til 
otadan qon bilan, onadan sut bilan o‘tmaydi. Aytaylik, o‘zbek 
xanodonida tug‘ilgan bolani nemislar tarbiyalab olsa tili nemischa 
chiqadi, nasldan naslga o‘tganda o‘zbekcha chiqishi kerak edi. Bu 
narsani Hindistonda bo‘lib o‘tgan tarixiy voqealar ham tasdiqlaydi. 
Bo‘rilar to‘dasida yashagan bolalarning tili chiqmaganligi ham til 
bo‘lishi uchun jamiyat bo‘lishi kerak ekanligining isbotidir. Til 
genetikaga bog‘liq emas, insonning xarakteri, antropologik tuzilishi 
avloddan avlodga o‘tadi. Genetika fanida til va jamiyat emas irsiyat 
o‘rganiladi. Til va jamiyatni esa sotsiolingvistika fani o‘rganadi. 
Til va jamiyat o‘rtasida uzviy aloqa mavjud. Tilning paydo bo‘lishi 
va taraqqiyoti jamiyat bilan chambarchas bog‘liq.
Til jamiyatda rivojlanadi, uning grammatik qurilishi ham 
takomillasha boradi.
Til jamiyatda odamlar o‘rtasidagi aloqani shakllantiruvchi ijtimoiy 
hodisadir. Odamlar bo‘lsagina tilga ehtiyoj sezamiz. Demak til 
jamiyatdagina yashaydi, rivojlanadi, taraqqiy qiladi. Shu sababli ham til 
ijtimoiy hodisadir. Jamiyatning umri tilning umri bilan barobar bo‘ladi. 
Til jamiyat bilan birga yashaydi, jamiyat o‘lsagina til ham o‘ladi. Shu 
nuqtai nazardan olib qaralganda, til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan 
uzviy bog‘liqdir. 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə