Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi


O‘zbekcha   Mo‘g‘ulcha



Yüklə 389,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix15.01.2022
ölçüsü389,5 Kb.
#82883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi

O‘zbekcha  

Mo‘g‘ulcha 

Bo‘lak, yarim, jar, to‘y 

Bo‘lak, djarim/zarim, djar/ zar, toy 

Shuningdek,  mo‘g‘ul  tilidan  ham  turkiy  tillarga,  jumladan,  o‘zbek  tiliga  ham  bir 

qancha so‘zlar o‘tgan: 

Mo‘g‘ulcha 

O‘zbekcha 

Aymag,  g‘urun,  guna  megeje,  gun  j/in 

xoroo/n 

Aymoq, 


gurung, 

gunon, 


megajin, 

g‘unojin, ko‘ra 

O‘z navbatida o‘zbek va tungus-manjur tillarida ham leksik parallellar uchraydi. 

O‘zbekcha

 

Tungus-manjurcha 

Chechan,  elchi,  tanglay,  sog‘moq,  tuz, 

cho‘g‘,  so‘ra  o‘tov,  qopoq,  kir,  taxta 

orqa, qirov 

Chechen,  elchin,  tanalay,  sag‘a,  to‘s, 

chau,  sura  atau,  kapkak,  kiri,  takto, 

arqon, kirou 

  

 

Xulosa  sifatida  shuni  ta’kidlash  lozimki,  ko‘pchilik  tan  olgan  nazariya  bu- 



oltoy  nazariyasidir. Bu  nazariyaga ko‘ra oltoy tillari o‘zaro genetik qarindosh deb 

ko‘rsatiladi  hamda  shu  asosda  altanstika  fani  vujudga  keldi  va  rivojlandi. 

Altanstika  fani  tillarni  qiyosiy  va  qiyosiy-tarixiy  metod  asosida  o‘rganadi.  Ushbu 

metod asosida turkiy tillarning qiyosiy grammatikasi fani shakllandi. 

Ma’lumki, turkologiyaning markaziy muammolaridan biri turkiy tillar tarixini 

shu  xalq  tarixi  bilan  bog‘liq  holda  o‘rganishdir.  Bu  muammoni  hal  etishi  turkiy 

tillarning    qiyosiy-tarixiy  grammatikasi  va  lug‘atlarini  yaratish  uchun  zamin 

yaratadi.  Shu  bilan  birga,  turkiy  tillarning  shakllanishi  va  taraqqiyoti,  ularning 

o‘zaro  bir-biriga  ta’siri,  munosabati  masalasi  ham  turkologiyaning  aosiy 

muammosi hisoblanadi. 

Turkiy  tillarni  tarixiy    aspektda  shrganishda  yozma  yodgorliklar 

ma’lumotlariga tayanamiz. 




Turkiy  tillarni  qiyosiy  planda  ilk  bor  tadqiq  etgan  olim  M.Qashg‘ariydir 

N.V.Baskakov  Turkiy  tillarni  qiyosiy  o‘rganishning  birinchi  pioneri  deb  e’tirof 

etadi.

1

  M.Qashqariy  o‘zining  “DLT”  asari  orqali  V



1

  ana  shu  davrda  yashagan 

butun bir turkiy  urug‘ kabilalar tilning  xususiyatlarini batafsil  yoritib bergan. Shu 

bilan  birga  unda  turkiy  xalqlarning  tarixi,  geografiyasi,    urf-odatlari,  ijtimoiy-

iqtisodiy  ahvoli,  etnagrafiyasi,  madaniyati,  adabiyoti  haqida  ham  qimmatli  faktik 

materiallar mavjud. Shuning uchun ham bu asra turkologiya tarixida alohida o‘rin 

tutadi,  va  qomusiy  asar  sifatida  hozirgi  turkiy  tillarni  o‘rganish  va  qiyosiy-tarixiy 

grammatikasini yaratishda eng muhim qimmatli manba hisoblanadi. 

Prof  A.Nurmonov  tilshunoslik  tarixida  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslikning  X

/

X  



asarda paydo bo‘lganligini hamda uning asoschilari sifatida F.Bopp, Rasmus Rask 

va  Yakov  Grimmlarning  e’tirof  etilganligini  ta’kidlagani  holda  buning  sababini 

quydagicha izohlaydi: “Buning sababi shundaki,  G‘arb olimlari M.Qashg‘ariyning 

“Devoni” bilan XX asrning birinchi choragiga qadar tanish bo‘lmagan. Agar tanish 

bo‘lganlarida edi, uning tilshunoslikdagi xizmatlari oldida tizcho‘kkan va qiyosiy-

tarixiy  tilshunoslik,  lingvogeografiya  singari  tilshunoslik  yo‘nalishlarning  otasi 

sifatida  M.Qashg‘ariyni  e’tirof  etgan  bo‘lardilar.”

2

  darhaqiqat,  M.Qashg‘ariyning 



tilshunoslik  oldidagi  xizmatlari  beqiyosdir.  U  uzoq  muddat  davomida  qishloqma-

qishloq,  ovulma-ovul  yurib  turkiy  tillarga  xos  xususiyatlarni  o‘rgandi,  aniqladi, 

turkiy tillarni  o‘zaro qiyoslab, o‘xshash  hamda  farqli  jihatlarini belgiladi  va tansif 

etish  imkoniyatiga  ega  bo‘ldi.  M.Qashg‘ariy  bu  asari  orqali  tilshunosligi  tarixida 

chog‘ishtrma-qiyosiy  metodga  asos  soldi.  Bugungi  kunga  qadar  bu  asar 

turkologiya tarixida muhim manba sifatida o‘rganilib kelinmoqda. 

Turkiy  tillarni  qiyosiy  o‘rganishda  M.Zamaxshariyning  “Muqaddimat-ul-

adab” asari ham qimmatli manba hisoblanadi. Asar arab tili va tilshunosligi tarixini 

o‘rganishda  ham  muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  asarda  ko‘pgina  arabcha 

so‘zlarning  forscha,  mo‘g‘ulcha  tarjimalari  bilan  birga  turkiycha  tarjimasi  ham  

berilgan. 

Shuningdek,  turkiy  tillarni  qiyosiy  o‘rganishda  XIII-XV  asrlarda  yaratilgan 

Abu  Hayyonning  “Kitob-ul-idrok  li-lison  at-atrok”,  Abu  Hayyon  (qipchoq  va 

turkman  tili  qiyoslanadi)  ibn  Muhanna  (o‘g‘uz  tili  boshqa  turkiy  tillarga 

qiyoslanadi)  Jamoliddin  ibn  Muxannaning  “Xiliat-ul-inson  va  xolibat-ul-lison”, 

Jamoliddin  at-Turkiyning  “Kitobu  bulg‘ot  al-mushtoq  fon-l-lug‘oti  at-turk  va-l-

qifchoq”  (qipchoq  va  turkman  tillarini  o‘rganuvchilar  uchun),  A.Navoiyning 

“Muhakamat  ul-lug‘atayn”  (o‘zbek  va  for  tili  qiyoslanadi)  asarlari  muhim 

ahamiyat kasb etadi. 

Turkiy  tillarning  XVIII  va  XIX  asrning  birinchi  yarmida  qiyosiy  planda 

o‘rganilishida  rus  va  yevropa  olimlarining  xizmatlar  alohida  o‘rin  tutadi.  Bu 

sohada ilk bor Poetava jangida asrga tushgin Sibirga surgun qilinib, 12 yil Tobolsk 

shahrida  yetagan  shved  ofitseri  T.I.Tabbert-Stralenberg  “Evropa  va  Osiyoning 

shimoliy  va  sharqiy  qismlari”  nomli  asarida  o‘zi  o‘rgangan  tillarni  6  ti  guruhga 

ajratadi  va  shu  hududda  yashovchi  32  xalqning  tilida  60  ta  so‘zni  oladi  va  shu 

tillarga tarnsima qiladi. Qiyoslash natijasida u ural-oltoy naxzariyasini yaratadi. 

                                                        

1

 Н.ВБаскаков Тюрские языки. Москва 1960 ср.6. 



2

 А.Нурмонов –Ўзбек тилшунослиги тарихи Тошкент, “Ўзбекистон” 2002., 34-бет. 




Yana bu sohada turkiy filologiyaning Qozon maktabi vakili A.Kazembekning 

ilmiy  faoliyati  ham  diqqatga  sazovordir.  U  “Obщaya  grammatika  turetsko-

tatarskogo  yazыka”  nomli asarida turk  tilini tatar azarbayjon,  mo‘g‘ul tillari bilan 

qiyoslaydi. 

XIX asrning o‘rtalaridan boshlab turkiy tillarni qiyosiy-tarixiy  metod asosida 

o‘rganish  to‘la  shakllandi.  Bu  sohada  Peterburg    turkologiya  maktabi  vakillari 

Kastren  M.X  aslida  fin-uguor  tili  mutaxassisi  bo‘lgan.  Lekin  turkiy  tillar  bilan 

shug‘ullangan.  U  ugar-fin,  samodiy,  turkiy,  mo‘g‘ul,  tungus-manjur  tillarini 

qarindoshligi g‘oyasini ilgari surgan va qiyosiy o‘rganishni boshlab bergan. 

O.N.Byotling  asli  sanskritolog  bo‘lgan.  Yoqut  tilini  o‘rgangan.  U  birgina 

“Yoqut  tili  haqida”  nomli  asari  bilan  mashhur  bo‘lgan.  Bu  asari  orqali  turkiy 

tillarni qiyosiy-tarixiy o‘rganishning asosiy tamoyillarini bayon etgan. 

Turkologiya  fani  taraqqiyotida  o‘zining  beqiyos  xizmatlari  bilan  alohida 

e’tibor  qozongan  turkolog  olim  V.V.Radlovdir.  u  o‘zining  buyuk  ilmiy  faoliyati 

bilan  turkologiya  faniga  ulkan  hissa  qo‘shgan  olim  sifati  e’tirof  etiladi.  Uning 

“Shimoliy  va  turkiy  tillarning  qiyosiy  grammatikasi”  nomli  asarida  yigirmadan 

ortiq  tillarni  unli  va  undoshlar  tizimini  mukammal  yoritdi  hamda  fonetik 

hodisalarni  tahlil  qiladi.  Unlilar  tizimida  singarmonizm  hodisasiga  alohida  e’tibor 

qaratgan.  “Turkiy  tillar  lug‘atidan  tajribalar”  nomli  asari  1893-1911  yillar 

davomida 24  kitobga shaklida  nashr etiladi.V.V.Radilovning  ushbu asarlari turkiy 

tillarni  qiyosin-tarixiy  metod  asosida  tadqiq  etishning  ilmiy  asoslarini  yaratib 

berdi. 


Qiyosiy-tarixiy  metodning  shakllanishida  N.K.Katanov  (Uryanxay  tilini 

o‘rganish  tajribasidan.  Qozon  1903),  N.I.Ilminskiy  (oltoy  tili  grammatikasi. 

Qozon,  1969),  P.M.Melkoranskiy  (Qozoq-Qirg‘iz  tilining  qisqacha  grammatikasi. 

Peterburg,  1894-1897)  A.S.Samoylovich  “Krim-tatar  grammatikasidan  qisqacha 

tajriba.  Petrograd,  1916”  kabi  turkolog  olimlarning  xizmatlarini  ham  alohida 

ta’kidlash  lozim.  Turkiy  tillarni  qiyosiy-tarixiy  usulda  o‘rganish  ishida  chet  el 

olimlaridan  J.Deni, V.Bang, K.Brakelman, A.Emre, K.Gryonbek kabi olimlar ham 

ishtrok  etdilar.  Turkiy  tillarni  qiyosiy-tarixiy  usulda  o‘rganishda  A.K.Barovkov, 

A.N.Kononov,  E.V.Sevorten,  V.M.Nasilov,  B.A.Serebrennikov,  N.A.Baskakov, 

e.R.Tenshiev,  A.M.Shcherbak,  N.Z.Gadjieva,  S.Ye.  Malov  kabi  olimlarning 

xizmatlari alohida tahsinga loyiq. 

Keyingi  yillarda  turkiy  tillar  qiyosiy  grammatikasiga  bag‘ishlangan  maxsus 

asarlar  maydonga  keldi.  Bunga  N.A.Baskakovning  “Turkiy  tillar  tarixiy-tipologik 

marfalogiyasi  (Moskva,  1979),  A.Sh.Shcherbakning”  “Turkiy  tillarning  qiyosiy 

marfologiyasi  ocherklari”  (Lelingrad,  1977,  1981),  B.A.Serebrennikov  va 

G.Z.Gadjievalarning  “Turkiy  tillarning  qiyosiy-tarixiy  grammatikasi”  (Moskva, 

1986) kabi asarlarni keltirish mumkin. 

Xulosa  qilib  aytganda,  bu  metod  asosida  turkiy  qiyosiy-tarixiy  tilshunoslik 

shakllandi.  Qiyosiy-tarixiy  tilshunoslik  zaminida  turkiy  tillarning  geneologik 

tasnifi yaratildi. 

Tillarni 

qiyosiy-tarixiy 

metod 

asosida 


o‘rganish 

maxsuli 


sifatida 

tilshunoslikda geneologik tasnif vujudga keldi. Bu tasnifga ko‘ra, tillar bir umumiy 

manbadan  kelib  chiqqanligi,  o‘xshashligi,  qarindoshligi  jihatidan  oilalarga 



ajratiladi.  Masalan,  o‘zbek,  qozoq,  qirg‘iz,  qoraqalpoq,  tatar,  azarbayjon,  turk  va 

boshqa  tillar  birgalikda  turkiy  tillar  oilasini  tashkil  etadi.  Chunki  ularning 

geneologiyasi birdir. 

Tillarning  taraqqiyot  tarixini  o‘rganishdagi  eng  muhim  masalaridan  biri-

tasnifidir.  N.V.Baskakovning  aytishicha,  tasnif  ma’lum  darajada  tillar  tarixini 

davrlashtirish  demakdir.  Chunki,  tasnifda  ham,  davrlashtirishda  ham  bir  xil 

tamoyilga, ya’ni tarixiylik tamoyiliga asoslanadi. 

Turkiy  tillarni  birinchi  marta  M.Kashg‘ariy  tasnif  etgan.  Unadan  so‘ng    XIX 

asr oxiri va XX asr boshlaridan turkiy tillarni tasnif qilishga qiziqish orti. Natijada 

turkiy  tillar  tasnifi  muammosi  bilan  I.N.Berezin,  F.Ye.Korsh,  A.N.Samaylovich, 

V.A.Bagoroditskiy, 

V.V.RAdlo, 

 

N.A.Baskakov, 



N.F.Katanov, 

V.Shatt, 

G.Ramsted, G.Vamberi kabi olimlar shug‘ullandilar. 

M.Kashg‘ariydan  so‘ng  ahmiyatli  bo‘lgan  tasnif  1820  yil  Remyuza  A. 

Tomonidan amalga oshirilgan. U turkiy tillarni besh guruhga bo‘lib tasnif etadi; 1) 

yoqut  tili;    2)  uyg‘ur  tili  (chig‘atoy,  turkman  tillari);  3)  no‘g‘oy  tili 

(QrimAstraxan); 4) qirg‘iz tili; 5) turk tili (chuvashtilini kiritgan). 

 A.  Myuller  (1887)  yoqut  va  chuvali  tillaridan  boshqa  turkiy  tillarni  uch 

guruhga  bo‘ladi:  1)  ishtimoiy  turk  tillari;  2)  sharqiy  turk  tillari  (qashqar,  o‘zbek, 

Buxoro, Xiva; Qrim-tatar Qozon tatarlari tili); 3) G‘arbiy turk tillari  (Azarbayjon, 

Eron turklari, usmonli turk va turkman tillari). 

V.V.Radlov  turkiy  tillarni  fonetik  xususiyatlari  va  qisman  geografik 

joylashuvidan kelib chiqib tasnif etgan. U turkiy tillarni to‘rt guruhga bo‘ladi. 

1

 



 1. Sharqiy turkiy tillar: oltoy, gulim tatarlari, karagas, xakas, shor, tuva tillari. 

2. G‘arbiy turkiy tillar: qirg‘iz, qozoq, boshqird, tatar va qoraqalpoq tillari. 

3. O‘rta Osiyo gruppasi: uyg‘ur va o‘zbek tillari. 

4. Janubiy turkiy tillar: turkman, azarbayjon, turk, qrim-tatar tillari. 

F.Ye.Korsh   va  A.N.  Samoylovich  hamda  Bogorodskiy V.A.  ham shu tarzda 

tasnif etganlar S.Ye. Malov turkiy tillarni: eng qadimgi, qadimgi, yangi, eng yangi 

turk tillariga ajratadi.

2

   



 Turkiy tillarni  ilk bor tasnif etgan olim M.Kashg‘ariy bo‘lsa, eng mukammal, 

oxirgi tasnif N.V.Baskakovnikidir. 

M.Qashg‘ariy turkiy tillarni tasniflashda ikkita tamoyilga asoslanadi. 

1. Qabiloviy tillarning sofligiga ko‘ra; 

2. Qabilaviy tillardagi fonetik va morfologik farqlariga ko‘ra. 

Birinchi tamoyilga ko‘ra turkiy tillarni ikki guruhga ajratadi: a) sof, to‘g‘ri til; 

b) aralash til. 

Sof, to‘g‘ri tilga fors va boshqa o‘lkalar bilan aloqa qilmaydigan qabila tillarni 

kiritadi (tuxsi, yag‘mo, irtish, Qolga daryolari bo‘yida yashovchi qabilalar tili). 

O‘z  navbatida  aralash  turkiy  qabila  tillarini  ham  ikki  guruhga  ajratadi:  a) 

sug‘d tili  ta’sirida bo‘lgan qabilalar tili (sug‘dak, arg‘u, kanjak qabilalari);  b)  ikki 

tilli bo‘lgan turklashgan xitoy-tibet xalqlari tili (xutonliklar, tibetliklar va tangutlar 

tili). 

                                                        

1

 И.Қўчқортоев, Б.Исабеков Туркий фонлологияга кириш. Тош. 1984. 108-109 бетлар. 



2

 Н.В.Баскаков. Тюрские языки Москва 1960, стр 93-94 




M.Qashg‘ariy  turkiy  tillarni  fonetik  va  morfologik  farqlariga  ko‘ra  tasnif 

etishda  tillarning  geografik  tarqalishi  tamoyiligi  asoslanadi.  Bu  jig‘atdan  turkiy 

tillarni ikki guruhga ajratadi. 

1.  Chigil,  yag‘mo,  tuxsi,  qorluq,  uyg‘urlardan  boshlab  yuqori  Chingacha 

bo‘lgan qabilalar tili. 

2.  O‘g‘uz,  arg‘u,  qipchoq,  tatar,  yamak,  suvorin  va  rusdan  vizantiyagacha 

joylashgan qabilalar tillari.              

Shartli ravishda  birinchi  guruhni sharqiy tillar,  ikkinchi  guruhni  g‘arbiy tillar 

deb  atash  mumkin.  Sharqiy  va  g‘arbiy  turk  qabilalari  tillari  o‘zaro  fonetik  va 

morfologik jihatdan farqlanadi. 

 

 


Yüklə 389,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə