Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan


I BOB. TURKIY TILLARNI TILSHUNOSLIGIDA SINTAKSIS



Yüklə 90,57 Kb.
səhifə2/10
tarix12.06.2023
ölçüsü90,57 Kb.
#116811
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turkiy tillarni qiyosiy -tarixiy grammatikasi fanidan

I BOB. TURKIY TILLARNI TILSHUNOSLIGIDA SINTAKSIS

    1. Turkiy tillarning sintaksis bo’limini o’rganish

Sintaksis. Har bir tilning, shu jumladan o'zbek tilining gap qurilishi, so'z birikmalari, gap bo'laklari, ular orasidagi mazmun va grammatik aloqalar uzoq taraqqiyot qonunlari asosida va boshqa tillarning ta'siri tufayli ro'y beradi. Qadimgi turkiy til o'zbek va boshqa ko'p turkiy tillarning shakllanishida asos bolgan. Ammo bu turkiy tilning o'zi ham ma'lum taraqqiyot bosqichlarini boshidan kechirgan, shakllangan ma'lum bir qolipga tushgan yozma til edi. Har qanday tilning qurilishi asta – sekinlik bilan taraqqiy etadi, o'zgaradi. qadimgi turkiy tilning tuzilishi, sintaktik strukturasi bilan hozirgi zamon o'zbek va boshqa turkiy tillarning tuzilishi o'rtasida farqli tomonlari bor bo'lib, bu hol tilning bir yarim ming yillik taraqqiyoti natijasidir. Sintaksis yunoncha "syntaxis" so‘zidan olingan bo'lib.1 “biriktirish”, “bog'lash” degan m a’noni bildiradi. Sintaksis so'zlarning va gaplarning o'zaro bog‘lanish tizimini, tartibini, ularning turlarini o'rganuvchi tilshunoslik bo‘limidir. Mahmud Qoshg'ariyning “Kitobi javohir un-nahv fil -lug'at it-turk” nomli asarida turkiy tillar sintaksisi haqida bahs yuritiladi. So'zning muayyan til qonuniyatlari asosida o'zaro birikuvidan so'z birikmasi va gaplar hosil bo'ladi. So'z birikmalari va gaplar shakliy xususiyatlari va mazmuniga ko'ra farqlanadi. So'zlarning o'zaro grammatik birikishi teng va tobelik asosida yuz beradi.
1. Teng bog'lanish - ikki so'zning o'zaro teng munosabatlar asosida birikishi: boshq. dalala ve qalala “dalada va shaharda”, chuv. verman ve sur “o'rmon va botqoq”. Teng bog'lanish o'zaro teng bog'lovchilar yoki sanash ohangi yordamida yuzaga keladi.
2. Tobe bog'lanish - bir so'zning boshqa so'zga tobelik asosida bog'lanishi: no 'g'. kelgen adam “kelgan odam”, tat. kyocle kese “ kuchli odam”. Tobe bog'lanish ikki qismdan iborat bo'ladi: tobe qism va hokim qism. So'roq bog'lanib kelgan qism hokim, so'roqqa javob bo'lib keluvchi qism tobe qismdir: qoz. kok (qanday?) orman, xak. naymirtig (qanday?) kиm, turkm. otluq (qanday?) meydan. So’zlarning tobelanish asosida bog'lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi. So'z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo'ladi, ammo kengaygan bir tushunchani ifodalaydi. Turkiy tillarning sintaktik xususiyatlarini qiyosiy - tarixiy jihatdan oʻrganish qadimgi turkiy tilni, yaʼni barcha turkiy tillarga asos boʻlgan tilning sintaksisini oʻrganishdan boshlanib, soʻng yaqin qarindosh tillarning materiallari bilan qiyoslanishi lozim. Koʻpchilik olimlarda qadimgi turkiy yodnomalar tilining sintaktik xususiyatlarini arxaiklashgan tarzda koʻrsatishga urinish mavjud, ammo bunday yondashuv qadimgi til bilan hozirgi til oʻrtasidagi vorislikni inkor etishi shubhasizdir. Shuning uchun muayyan qolipdagi sintaktik birlik qurilish tipi nuqtayi nazaridan tahlil etilishi, ularning sintaktik aloqasi morfologik asoslarga koʻra farqlanishi zarur. Chunki u yoki bu sintaktik modelning shakllanishi turkiy tillarda morfologik asosning tarixiy taraqqiyoti bilan belgilanadi (Masalan, turk tilidagi guchlu at birikmasida —lь>— lьg qoʻshimchasi morfologik asosdir). Baʼzan bu morfologik asos uchramasligi mumkin, bu holat bobotil davrida ayni sintaktik modelning boʻlganligini koʻrsatadi (bash, at, aq ,at kabi) Demak, morfologik asos sintaktik birlikning struktur modeli qadimda yoki keyinroq paydo boʻlganligini koʻrsatuvchi belgi sanaladi. Sintaktik qurilmalarning taraqqiyot bosqichlari quyidagilarni aniqlash orqali oydinlashtiriladi:
a)sintaktik birlikning turini aniqlash2 (soʻz birikmasi, gap yoki qoʻshma gap),
b) morfologik asosini hisobga olgan holda sintaktik birlik modelini aniqlash;
v) diaxron omillar asosida bu modelning turkey tillarda tarqalish darajasini belgilash. Sintaktik qurilmalar xususiyatini yoritishda agglyutinativ tillarning umumtipologik belgilari, masalan, barcha qoʻshma gaplardda ergash gapning bosh gap tarkibiga kiritilishi (buning natijasida ergash gaplar oʻrnida sifatdosh va ravishdoshli oborotlarning qoʻllanishi), kuchaytiruv yuklamalarning faolligi (buning natijasida bogʻlovchili ergash gaplarning hosil boʻlishi) va boshqalar olinadi. Turkiy tillarda soʻz birikmasining maʼno munosabatiga koʻra turli shaklda qadimgi turkiy tilda ham ayni tarzda mavjud boʻlgan tobe aloqaga nisbatan keng tarqalgan koʻrinishi aniqlovchi— aniqlamish munosabati hisoblanadi. Atributiv munosabatda turkiy tillarni boshqa tipdan ajratib turuvchi quyidagi xususiyatlarni koʻrsatish mumkin: — sifatlovchi sifatlanmishga faqat bitishuv usulida tobelanadi (mavi koʻy (ozarb.) — moviy koʻk, yeldi gemi (turk) — ellik kema), yaʼni flektiv tillar kabi son va kelishikda moslashmaydi; — aniqlovchi qaratqich kelishigi shaklini olganda aniqlanmish doim egalik qoʻshimchasi bilan qoʻllayailadi (onin bitigi (oltoy) — uning xati, menin ishim (turkman) — mening ishim kabi);— turkiy tillarda atributiv munosabat uch tipda namoyon boʻladigan izofa orqali ham ifodalanadi. Bu holat forsiy izofaning almashtirilgan shaklidir

  • agʻash ,qashoʻq (tatar),

  • dengie aloʻsoʻ (turk),

  • padithoʻn goʻzoʻ (ozarb ), yaʼni

  • 1 —tipi morfologik koʻrsatgichsie,

  • II— tipi egalik qoʻshimchali,

  • III—tip qaratqich kelishikli.

Agar qumiq tiliga I — tip xos boʻlsa, chuvash tiliga II — tip, turk tiliga esa III —tip xosdir. Feʼlli soʻz birikmalari ham turkiy tillarda oʻaiga xos morfologik koʻrsatkichlari bilan farqlanadi. Ammo asosiy xususiyati shuki, ular obʼekt va hol bilan bogʻliq harakatni ifodalashi orqali gapga aylanish imkoniyatiga ega. Tobe boʻlak sanalgan otning belgili va belgisiz koʻrinishda tushum kelishigida, oʻrin —payt, chiqish va joʻnalish kelishigida boʻlishi bunday aloqaning qadimdan mavjudligini koʻrsatadi. Gap qurilishini qiyosiy — tarixiy taqlil etish gapning qadimgi tiplari va uning tarixiy taraqqiyotini retrospektiv asnoda kuzatish zarurligini ham taqozo etadi. Shu oʻrinda sodda gap qurilishi, kesim tarkibining oʻzgarishga ancha moyil boʻlganligi namoyon boʻladi, ammo ega turkiy tilda tarixan barqarordir. Tarixiy taraqqiyot jarayonida koʻpgina atributiv birikmalar grammatik jihatdan yangidan idrok etilishi oqibatida predikativ munosabatni ifodalashga koʻchganligi turkiy tillarda kuzatilgan. Kesimning grammatik tabiatiga koʻra gaplar ot va feʼl gaplarga ajratiladi. Shaxsli gaplarning kesimi koʻpincha kishilik olmoshlari, shaxs —son koʻrsatgichlari bilan ifodalanadi. Ammo chuvash tilida bu xususiyat yoʻq. Buni oltoy, boshqird tillarida ham kuzatish mumkin (lshn altay kiji, hin uhʼvvchʼ kabi). Shuningdek, kesimning barcha holatlarida 3 - shaxs birlik koʻrsatgichi turkiy tillarning barchasida qoʻllanmaydi. Shaxssiz gaplar feʼl kesimining turkiy tillarda qadimdan hozirgi — kelasi (-ar), oʻtgan (-di, -a r yedi), soʻngra aniq oʻtgan (~gʻan) zamonlarida ifodalanganini koʻrsatadi. Turkiy tillarda ega va kesim shaxs va sonda moslashuvi shartligi ham muhim xususiyatdir. Gap boʻlaklarining tartibi ham turkiy tillarda nisbatan turgʻun ekanligi bilan ajralib turadi. Keyingi taraqqiyot bosqichida avval teng bogʻlanishli, soʻng tobe bogʻlanishli qoʻshma gaplar paydo boʻldi va ularning tizimi bogʻlovchi elementlar yordamida yanada kengaymoqda. Garchi grammatikaning sintaksis qismini oʼrganish boy tarixga ega boʼlsa-da, ammo sintaksisning predmeti, uning chegarasi kabi masalalarni talqin qilishda tilshunos olimlar orasida hozirgacha yagona fikr yoʼq.Baʼzi tilshunoslar sintaksisning predmeti sifatida faqat soʼz birikmasini koʼrsatadilar. Ularning fikricha, gap soʼz birikmasinnng bir turi boʼlib, alohida lingvistik birlikni tashkil etadi. Baʼzi tilshunoslar esa, sintaksisning predmeti sifatida faqat gapni tan oladilar. Bu olimlarning aytishlaricha, sintaksis, birinchi navbatda, tilning kommunikativ birligi - gapni, gapning turlarini, ularning formasi va mazmunini, gapni boʼlaklarga ajratish masalasini va sintaktik vositalarni oʼrganadi, Sovet tilshunosligida keng tarqalgan fikrga koʼra, sintaksis grammatikaning soʼz birikmasi va gap haqidagi taʼlimotni oʼz ichiga olgan qismidir. Sintaksis tilning ikki mustaqil — soʼz birikmasi va gapni oʼrganadi, yaʼni sintaksisning asosiy predmeti soʼz birikmasi va gapdir. Xulosa qilib aytganda, sintaksisning predmeti tilning sintaktik qurilishini oʼrganishdir, Til sintaktik qurilishning asosiy xususiyatlaridan biri — uning turgʼunligi boʼlib, rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi, jamiyat kommunikativ ehtiyojlarining rivojlanishi bilan chambarchas bogʼliq. Sintaksis fonetika va morfologiya bilan bogʼliq. Sintaksisning fonetika bilan aloqasi shundaki, sin- taksisning birliklarini tashkil etgan soʼz birikmasi va gaplarning «qurilish materiallari» nutq tovushla - ridan tashkil topgan. Bundan tashqari, urgʼu, ohang ia intonatsiya kabi fonetik hodisalarning sintaksis uchun ahamiyati juda kattadir. Sintaksis bilan morfologiya bir-birini toʼldiruvchi oʼzaro bogʼliq sohalardir. Morfologiyaning birliklari boʼlgan soʼz turkumlari va soʼz formalari faqat soʼz bi- rikmalari va gapda shakllanadi. Gap boʼlaklari bilan soʼz turkumlari orasida oʼzaro yaqin munosabat mavjuddir. Kelishik, son, Shaxs kabi morfologik kategoriyalar sintaktik vositalar boʼlgan — moslashuv bilan bogʼliq. Morfologiya kabi sintaksisning ham oʼz mustaqil bir- liklari bor. Bular — soʼz birikmasi va gapdir. Bu birliklarning oʼrganadigan predmeti, vazifalari va tekshiradigan metodlari mavjud. Demak, sintaksisning asosiy vazifalarini quyidagicha taʼriflash mumkin




    1. Yüklə 90,57 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə