Turkistonda 1917 yilgi ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi



Yüklə 1,42 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix01.02.2023
ölçüsü1,42 Mb.
#99931
010 O\'zbekiston tarixi O\'zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya



Mavzu:
O‘zbekiston 
Respublikasida jismoniy tarbiya 
va sportning rivojlanishi
O’zbekiston tarixi fani o’qituvchisi
Islamova S.


O’tilgan mavzuni takrorlash.

Ilmiy daraja (fan nomzodi, fan doktori)ga ega
bo‘lishning bir bosqichli tizimidan ikki bosqichli
tizimga o‘tishga nimalar sabab bo‘ldi?

O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
Shavkat
Mirziyoyevning ilm-fanni rivojlantirish borasidagi
tashabbuslari nimalarda namoyon bo‘ldi?


Jismoniy tarbiya va sportni qo‘llab-
quvvatlovchi tizimning yaratilishi. 

O‘zbekistonda davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgach, madaniyat, ta’lim, ilm-fan 
bilan bir qatorda jismoniy tarbiya va sport ishlariga katta e’tibor qaratildi. 
Davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘ning muttasil ortib borishi ham 
mamlakatda jismoniy tarbiya va sport sohasi davlat siyosatining muhim 
yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, sohaga bo‘lgan katta e’tibor 
ko‘rsatkichidir. Darhaqiqat, nufuzli xalqaro musobaqalarda mamlakatimiz 
sportchilarining muvaffaqiyatli ishtirok etishlarining eng asosiy sabablaridan 
biri ham ushbu sohaning dalat tomonidan muntazam ravishda qo‘llab-
quvvatlanganligidir.

1992-yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida «Jismoniy
tarbiya va sport to‘g‘risida» Qonun qabul qilinishi va unga o‘zgartirish va 
qo‘shimchalar kiritilib, 2015-yilda yangi tahriri tasdiqlanishi sport sohasini 
yanada rivojlanishiga xizmat qildi.


Uch bosqichli sport o‘yinlari

Mus- taqillik yillarida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportni 
ommaviylashtirishda alohida davr bo‘ldi. Bu borada Bolalar sportini 
rivojlantirish respublika jam-g‘armasining tashkil qilinishi, 2000-yil-
dan boshlab oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida «Universiada», 
o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari talabalari o‘rtasida «Barkamol 
avlod», umumta’lim maktablar o‘quvchilari o‘rtasida «Umid nihollari» 
sport musobaqalarining uyushtirilishi muhim ahamiyatga ega 
voqealardir. Uch bosqichli sport turnirlari tashkil etilishidan asosiy 
maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda 
xalqaro musobaqalar uchun mamlakat terma jamoasiga 
nomzodlarni tayyorlashdan iborat.


Kurash. 

Mustaqillik sharofati bilan milliy sport turlarining qayta tiklanishiga va ularning sport turi sifatida
xalqaro miqyosda e’tirof etilishiga imkoniyatlar yaratildi. 1992-yildayoq Termiz va Shahrisabz
shaharlarida milliy kurash bo‘yicha ilk xalqaro musobaqa o‘tkazildi. 1992-yilda Oʻzbe- kistonda
kurash federatsiyasi, 2001-yilda belbogʻli kurash
federatsiyasi tuzildi. Prezidentning maxsus
farmoni bilan 1998-yili sentabr oyida Tosh- kentda Osiyo, Afrika va Yevropa qit’asidan kelgan 28
davlat vakillari ishtirokida Xalqaro kurash Assot- siatsiyasi tuzildi.

2000-yilda esa Turkiyaning Anqara shahrida
kurash bo‘yicha 2-jahon
chempionati
bo‘lib
o‘tdi.
O‘zbek kurashi
jahonga yuz
tutishi
bilan
yanada baynalmilal xususiyat kasb etdi. 2016-yilga kelib, Xalqaro kurash Assotsiatsiyasining
jahonning barcha qit’alarida 120 dan ortiq kurash federatsiyalari tashkil etildi. Milliy sport
turimizning xalqaro maydonda keng tan olinishi ham mamlakatimiz xalqaro aloqalarini yanada
kengayishiga, uning shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.



Olimpiada. 

1993-yilning sentabrida Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining 101-
sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya Qo‘mitasi 
to‘la- to‘kis tan olindi. Qo‘mita xalqaro sport va olimpiya harakatining 
rivoj-lanishiga yordam bermoqda. U O‘zbekistonda olimpiya 
g‘oyalarini targ‘ib qilish, Olimpiya o‘yinlarida respublika vakillari 
ishtirokini ta’minlash, jahon sportchilari bilan do‘stona aloqalar 
o‘rnatish va rivojlantirish vazifalari bilan shug‘ullanmoqda 1996-yil 
yanvarda Xalqaro Olim- piya Qo‘mitasining qaroriga muvofiq, jahon 
sportini rivojlantirishdagi xiz- matlari va olimpiya g‘oyalariga sado-
qati uchun O‘zbekiston Respublika- sining Birinchi Prezidenti 
I.Karimov Olimpiya Oltin ordeni bilan mukofotlandi.


2016-yilgi Olimpiada sovrindorlari


Futbol. 

. Mustaqillik yillarida sportning eng ommaviy turi – futbolga e’ti- bor 
davlat siyosatiga ko‘tarildi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekistonda 
ommaviy va professional futbolni yanada rivojlantirish, uning moddiy 
bazasini mustahkamlash, futbolchilarning yangi avlodini tayyorlash va 
tarbiyalash, Vatanimiz futbolining xalqaro nufuzini oshirish maqsadida 
1993-yilda O‘zbekiston Respublikasi futbolni yanada rivojlantirish 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 1996-yilda «O‘zbekistonda futbolni 
rivojlantirishning tashkiliy asoslari va prinsiplarini tubdan 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘- risida»gi, 2006-yilda 
«O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekis- ton Respublikasi Prezidentining qarori 
muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.


R.Ermatov. 2014-yilgi mundialda.


Savol va topshiriqlar:

Mustaqillikning dastlabki yillarida spor sohasida qanday 
tadbirlar amalga oshirildi?

Uch bosqichli sport o‘yinlari o‘tkazilishidan maqsad nima?

Olimpiada o‘yinlaridagi muvaffaqiyatlarni sanang.

O‘zbekiston futbol terma jamoalarining muvaffaqiyatlari qaysi 
yillarda amalga oshirilgan?

Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə