Turkiston yangi innovatsiyalar universiteti


Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida



Yüklə 111,18 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü111,18 Kb.
#165600
1   2   3
Туркистон лого

Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-sonli Qarori oliy ta’lim rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi. Qarorda “har bir oliy ta’lim muassasasi tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh ilmiy-ta’lim muassasalari bilan istiqbolli hamkorlik aloqalarini yaqindan yo‘lga qo‘yish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan eng zamonaviy pedagogik texnilogiyalar, ta’lim dasturlari va o‘quv metodik materiallarini keng joriy etish, ilmiy-pedagogik faoliyatga yuqori malakali chet el o‘qituvchilari va olimlarini jalb etish” belgilandi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar sirasiga “oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’lim tizimida ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish, ularning akademik ilm-fan bilan integratsiyasini kuchaytirish, professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy faoliyati samaradorligini oshirish, iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga jalb etish”ga ham e’tibor berildi.
Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, 2017-2021 yillarda oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish Dasturi qabul qilindi. Dasturga muvofiq 48 ta OTMlarda 180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muxandislik infratuzilmalarida qurilish va kapital ta’mirlash olib boriladi. 53 ta OTMlarda 400 ta o‘quv laboratoriyalari bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlanadi. Bakalavriat va magistraturaga talabalar qabul qilishni 2021-yilgacha 18 foizga oshirish ko‘rsatib o‘tildi. Ushbu Dasturning amalga oshirilishiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 1.7 trillion so‘mdan ziyod ekanligi ko‘rsatib o‘tildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar Stategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni bilan Harakatlar stratugiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalishida maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlari turadi.
2017-yilda yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini ta’mirlashga alohija e’tibor qaratildi. 12 ta umumta’lim maktabi yangitdan barpo etildi, 320 tasi rekonstruksiya qilindi, 152 ta maktab kapital ta’mirlandi.
Ko‘plab ota-onalar, o‘qituvchilar va o‘quvchilar hamda keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan takliflar asosida 11 yillik ta’lim qayta tiklandi.
Joylardagi o‘qituvchilarga bo‘lgan ehtiyojni qoplash uchun Toshkent viloyatida Chirchiq davlat pedagogik instituti tashkil etildi. Bundan tashqari, 15 ta oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan maxsus sirtqi bo‘limlrda o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan 5 mingdan ortiq pedagoglar uchun oliy ma’lumotlar olish imkoniyati yaratildi.
Ta’lim tizimidan innovatsion va kreativ yondashuvlar asosida Muxammad Xorazmiy va Mirzo Ulug‘bek nomlari bilan ataladigan, aniq fanlar chuqur o‘qitiladigan maxsus maktablar tashkil etildi.
O‘zbekistonda 2017-yilda yangi tashkil etilgan institut va filiallar hisobidan yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari soni 81 tani, hududlardagi filiallar soni 15 taga, xorijiy universitetlar filiallari 7 taga etdi. Oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot real sektordagi talab va ehtiyojlardan kelib chiqib, sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi. Bunda 260 mingdan ziyod talaba 850 dan ortiq yo‘nalish va mutaxassisliklar bo‘yicha bilim olishdi.
2018-yil Investitsiya dasturi doirasida 356 ta ta’lim muassasasida 684 milliard 700 mln so‘mlik” “Obod qishloq”, “Obod mahalla” dasturlari bo‘yicha 371 ta umumta’lim maktablarida 424 mlrd so‘mdan ziyod qurilish rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. 2018-yilning avgust oyiga qadar davlat byudjetidan 12 trillion 366 mlrd. so‘m yoki yalpi xarajatlarning 26 foizdan ziyoda aynan ta’lim-tarbiya sohasiga yo‘naltirilganligini hisobga oladigan bo‘lsak, ushbu tizimdagi islohotlarimizning ko‘lami va miqyosi yanada yaqqol namoyon bo‘ladi.
Ta’lim tizimining keyingi bosqichi oliy ta’lim sohasida ham ulkan islohatlar olib borishmoqda. 2018-yilda yurtimizda xalqaro talablarga javob beradigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. 2018-yilning o‘zida mamlakatimizda jami 13 ta oliy ta’lim muassasasi jumladan Samarqanda “Ipak yo‘li” turizm xalqaro universiteti, Janubiy Koreyaning Puchon universiteti, Inxa universitetlari filiallari, AQShning Vebster universiteti filiali ish boshladi. Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent shahridagi ““MEI” Milliy tadqiqot universiteti” Federal davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filiali, “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom OTMning Toshkent filiali, Toshkent shahridagi Belarus-O‘zbekiston qo‘shma tarmoqlararo amaliy texnik kvalifikatsiyalar instituti faoliyat olib bormoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi PQ–4740-son qaroriga muvofiq Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi.
2018-yilda ilk bor xalqaro tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalarining milliy reytinggi yaratildi, ta’lim ilmiy tadqiqot jarayoni taxlil etildi.
Mazkur taxlil sohada qator muammo xamda kamchiliklar borligini ko‘rsatdi. Xususan oliy ta’lim muassasalari qabul kvotasi qamrovi umumta’lim maktablar, akademik litsey va kasb-xunar kolleji bitiruvchilarining atigi 7-9 foizini tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich Rossiyada 74, Koreya respublikasida 96 foizdir.
Oliy ta’lim 2019-yilda: Yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi va oliy ta’limga qamrovning oshishi quyidagicha bo‘ldi:
2019-yilda jami 14 ta yangi oliy ta’lim muassasasi tashkil etildi: 6 ta mahalliy oliy ta’lim muassasasining filiali; 8 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasining filiali.
Yangi tashkil etilgan 14 ta oliy ta’lim muassasasida:
40 ta yangi ta’lim yo‘nalishi (bakalavriatura); 41 ta yangi mutaxassislik (magistratura) ochildi.
Oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj yuqori bo‘lgan olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun maqsadli qabul ko‘rsatkichlari belgilandi.
Yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrovi 20 foizga etkazildi. Oliy ta’lim muassasalarida talabalar soni 423 ming nafardan oshdi (2016-yilda 273 ming nafar). Oliy ta’lim muassasalariga qabul ko‘rsatkichlari 121 mingdan oshdi (2016-yilga nisbatan ikki barobar).
Magistraturaga qabul 7705 tani tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 1,5 barobarga (54%) oshirildi:
Tabiiy va muhandis-texnik soha mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq davlat granti asosida belgilandi hamda davlat granti ulushi 54 % ga oshirildi;
55 ta oliy ta’lim muassasasida 21 ta xorijiy davlatning (AQSH, Germaniya, Turkiya, Finlyandiya, Fransiya, Gollandiya, Indoneziya, Isroil, Italiya va boshqa) etakchi universitetlari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi. Jumladan:
83 ta ta’lim yo‘nalishi (bakalavriatura)
64 ta mutaxassislik (magistratura) bo‘yicha.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 29-iyunda O‘zbekiston yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigida oliy ta’limda kechayotgan taraqqiyot va sifat o‘zgarishlariga to‘xtalib o‘tdi. Jumladan, shunday degan edilar:
- Bugungi shiddatli zamonda, global miqyosda raqobat kuchayib borayotgan murakkab vaziyatda yuksak intellektual salohiyatga ega kadrlarga ehtiyoj har qachongidan ham ortib bormoqda. Shu bois biz o‘z oldimizga qo‘ygan ulkan va mas’uliyatli vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz oliy ta’lim tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Jumladan, keyingi uch yilda respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari soni 60 foizga oshib, 116 taga etdi. Ular orasida nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari borligi alohida e’tiborga loyiq. Mamlakatimizda oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalari soni izchil oshirib borilmoqda.
Agar 2016-2017 o‘quv yilida bu raqam 58 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilda 150 mingtaga etadi. Ya’ni, bu yil maktab bitiruvchilarining 25 foizi oliy o‘quv yurtlarida o‘qish imkoniga ega bo‘ladi. Holbuki, 2017-yilda bu raqam 9 foizga teng edi.
Prezidentimizning 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha ko‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida“ gi qarori oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarini bartaraf etish, ta’lim sifatini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi huzuridagi oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish markazi faoliyatini takil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” Qarori 2020-yil 10 fevral O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda Faol ishtirokini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qarori (2018-yil 5-iyun, PQ-3775) sohasidagi qator muammolar keltirib o‘tilgan: “birinchidan, oliy ta’lim tizimida o‘qitishni tashkil etish jarayoni, ta’lim olayotgan talabalar bilimini baholash tizimi bugungi kun talablariga javob bermayapti; ikkinchidan, professor-o‘qituvchilarning faoliyatini bilimini va pedagogik ko‘nikmasini baholashning zamonaviy tizim mavjud emasligi ta’lim sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Miziyoyevning 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” Farmoni imzolandi. Ushbu Farmon yuqoridagi fikrlarni izchillik bilan amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib berganligini oliy ta’limda to‘planib qolgan uzoq yillik muammolarga echim topib berish barobarida, oliy ta’lim jahon standartlariga javob bera oladigan, mamlakatning kelajagi uchun xizmat qila oladigan darajada ko‘tarishning yangi bir davrini boshlab berganligini mushohada qilamiz.
Ushbu konsepsiyada oliy ta’lim sohasida davlat – xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohada sog‘lom raqobot muhitini yaratish;
O‘zbekiston milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarining filialiga aylashtirish;
Respublikadagi kamida 10 ta oliy ta’lim muassasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symondg Wotld University Ranking, Times Higher Education yoki Akademic Ranking of World Universites) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, shu jumladan O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universiteti birinchi 500 o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatini kiritish oliy ta’lim muassasalarini akademik mustaqilligi ta’minlash kabi qator muhim vazifalar belgilandi.
Shuningdek, Farmonda nodavlat notirojat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta’lim Kengashi tuzish belgilandi. Kengash vazifalari sirasiga professor-o‘qituvchilar, talabalar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish, jamoatchilik va ish beruvchining fikrini o‘rganish hamda ilg‘or xorijiy tajribalarni taxlil qilish orqali oliy ta’lim sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
ta’lim berishda yuqori sifatni ta’minlash yuzasidan ta’sirchan jamoatchilik nazoratini o‘rnatish, bu borada ommaviy axborot vositalari va boshqa fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqindan hamkorlik qilish” kiritildi.
Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining maqsadli ko‘rsatkichlari:

  • Xorijiy oliy ta’lim muassasalari dasturlari asosida o‘qitish tashkil qilingan OTMlar soni 23 tadan 45 taga ko‘payadi.

  • O‘quv va ilmiy adabiyotlarning elektron shaklini yaratish 20 foizdan 30 foizga oshiriladi.

  • Magistratura mutaxassisligi bitiruvchilari ilmiy faoliyatga yo‘naltirish 15 foizdan 45 foizgacha ko‘tariladi.

  • Xorijda malaka oshirgan va stajirovka o‘tagan professor-o‘qituvchilarning ulushi 2 foizdan 20 foizgacha oshiriladi.

  • Muxandislik – texnik ta’lim yo‘nalishlarida taxsil olayotgan talabalar ulushi 20 Foizdan 50 foizgacha ko‘payadi.

  • 2019-yil aholini oliy ta’lim bilan qamrab olish 20 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2030-yilga borib 50 foizga oshadi.

  • Nodavlat, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida oliy ta’lim uasasalari soni 35 taga etkaziladi.

  • Kredit – moodle tizimi joriy etiladigan oliy ta’lim muassasalari soni ham 2 tadan 85 taga ko‘payadi.

Ushbu Farmonning ilovasida mamlakatda 114 ta oliy ta’lim muassasi mavjud bo‘lib, ulardan 93 tasi mahalliy hamda 21 tasi xorijiy oliy ta’lim muassasi va ularning filiallari hisoblanishi aytib o‘tildi. Jumladan, so‘nggi 3 yilda yangi 6 ta oliy ta’lim muassasi, 17 ta filial va 14 ta xorijiy oliy ta’lim muassasi filiallari tashkil etildi. Kadrlar buyutmachilari takliflari asosida Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga 329 ta ta’lim yo‘nalishi va 582 ta magistratura mutaxassisliklari kiritildi. 2019-2020 o‘quv yilida 59 ta oliy ta’lim muassasisida sirtqi ta’lim, 10 ta oliy ta’lim muasssasida kechki ta’lim joriy etildi.
Respublikada oliy ta’lim muassasalarida ta’lim tahsil olayotgan talabalar soni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha 410 ming, magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 13 ming nafarni tashkil etib, so‘nggi uch yilda 1,7 baravarga oshdi. So‘nggi 3 yilda 1693 693 nafar professor o‘qituvchi doktorlik dissertatsiyasini ximoya qilishi natijasida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy darajaga ega pedagog xodimlar soni 9636 taga etdi.
So‘nggi 3 yilda oliy ta’lim muassasalaring 1611 nafar professor o‘qituvchisi xorijiy oliy ta’lim muassasalarida stajirovka o‘tashi malaka oshirishi ta’minlandi. Xalqaro hakorlik doirasida xorijiy oliy ta’lim va ilmiy muassasalar magistratura mutaxassisliklariga 112 nafar, doktoranturasiga 51 nafar yoshlar ta’lim olishga qabul qilindi.
Ushbu Farmonning ilovasida bugungi ta’lim tizimining shaffofligi va demokratik ruxda ekanligi butkul namoyon bo‘ladi. Muammolarni xaspo‘shlanmay ochiq berildi va faqat tanqid bilan cheklanmay, uning echimi yo‘llari batafsil yoritib berildi.
Yuqorida keltirilgan me’yoriy xujjatlarning amalga oshirilishidan kelgan natijalar oliy ta’lim muassalarining taraqqiyotida qanday aks etganligi bugungi kun uchun xam kelajak rivojlanishimiz uchun xam katta axamiyatga molik masaladir. Oliy ta’lim muassasalarining real imkoniyatlaridan kelib chiqib, qabul kvotalarini mustaqil belgilash tizimi joriy etishga yo‘l ochildi. Shu bilan birgalikda bu oliy ta’lim olish istagidagi yoshlarimizga bir vaqtning o‘zida bir necha oliy o‘quv yurtlariga xujjat topshirish imkoniyati oliy ta’lim olishda teng imkoniyatlar yaratilishini ta’minlaydi. Oliy ta’lim tizimida kvota institutning yo‘q qilish sari izchil qadam tashlanmoqda. Fuqarolarimizning chet davlat OTM larda O‘zbekiston OTM lariga o‘qitishni ko‘chirish soddalashtirildi. 2019-2020 o‘quv yilida o‘qishni ko‘chirishga yalpi ravishda ruxsat berildi. Minglab talaba yoshlar respublikamiz OTM larida o‘qishni davom ettirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Oliy ta’limdagi sifat o‘zgarishlari bilan birgalikda uning jamiyat xayotidagi insonparvarlik jixatlariga xam aloxida to‘xtalib o‘tish joiz bo‘ladi. Buning uchun oliy ta’limga qabul bo‘yicha qilingan qarorlarning mazmun mohiyatiga e’tibor qaratish lozim. Davlat komissiyasi majlisining 2020 yil 1-son bayoni bilan, Respublika OTMlariga umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan xotin-qizlar uchun to‘rt foizli qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining hududlar kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Unga ko‘ra, yangi o‘quv yilida xotin-qizlar uchun OTMlar bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakliga qo‘shimcha 940 ta kvota ajaratildi.
2020/2021 o‘quv yili uchun respublika OTMlariga abiturientlarni qabul qilishning umumiy soniga nisbatan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari belgilandi. Unga ko‘ra, respublika miqyosda nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun jami 2799 ta kvota ajratilgan.
2020-yil 12-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4947-son qarori bilan “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qarori tasdiqlandi.
Qarorga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiyot tarmoqlari sohalarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlari asosida Yevropa Ittifoqining ERASMUS+CBHE loyihalari doirasida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi:
“CLASS” loyihasi bo‘yicha: O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Samarqand davlat chet tillar institutida “Kompyuter lingvistikasi” mutaxassisligi”;
“INTRAS” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik instituti, Termiz davlat universiteti, Jizzax politexnika institutida “Intellektual transport tizimlari” mutaxassisligi;
“MECHAUZ” loyihasi bo‘yicha: Andijon mashinasozlik institutida “Mexatronika va robototexnika” magistratura mutaxassisligi;
Farg‘ona politexnika institutida “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi.
“SPACECO” loyihasi bo‘yicha: Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimlari” mutaxassisligi;
“DSinGIS” (Tempus “Ge-UZ”) loyihasi bo‘yicha: Qoraqalpoq davlat universitetida “Geodeziya va geoinformatika” mutaxassisligi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2-son bayoni qaroriga muvofiq:
Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining sirtqi va kechki ta’lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etish huquqiga ega bo‘lgan vazirlik, idora va yirik xo‘jalik birlashmalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
2020-yil 20-iyulda respublika bo‘yicha jami 1 452 789 nafar (joriy yilgi bitiruvchilar 530 496 nafar) abiturient ro‘yxatdan o‘tganligi o‘zi mamlaktimiz fuqarolarining oliy ta’limdagi o‘zgarishlarni chuqur anglayotganligi va yurtimiz kelajagida oliy ta’limning katta o‘rni borligini anglayotganligidan dalolatdir.
Oliy ta’limdagi katta isloxotlar ijtimoiy adolatni barqaror bo‘lishi bilan xamoxang kechdi. Bolalarning majburiy mexnatiga chek qo‘yildi. Paxta “umumilliy xarakati” islox etildi. O‘qituvchi va sog‘liqni saqlash xodimlari, talabalar xamda va boshqa davlat tashkilotlari xodimlarining beminnat xizmatidan foydalanishi amaliyoti deyarli tugatildi.
Oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolar tan olinmoqda va ochiq munosabat bildirilmoqda. Oliy ta’lim tizimining shaffofligi, mobil tezligi oshirib borilmoqda. Ta’lim va sog‘liqni tizimidagi muammolar e’tirof etildi. Ularning echimiga qaratilgan islohatlar xayotga tadbiq etilmoqda.
Xalq ta’limi vazirligi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining, nufuzli universitetlar rektorining, taniqli professor-o‘qituvchilarning olimlarning press-klublardagi ochiq muloqotda ishtirok etishlari muammolar yuzasidan ochiq, bevosita fikr bildirishlari xam bu soxadagi jamoatchilik bilan aloqa yo‘lga qo‘yilishida muxim qadam bo‘ldi.
Maktab o‘qituvchilarining oylik ish haqlarini oshirish yuzasidan amaliy xarakatlar qilindi. Pedagog xodimlarni namunaviy arzon uy-joylar, avtotransport bilan ta’minlash maqsadida uzoq muddatli imtiyozli kreditlar beprish, ularning oila a’zolariga tadbirkorlik faoliyati uchun imtiyozli kreditlar ajratish tizimi yo‘lga qo‘yildi.9 2019-yilda boshlab mutaxassis o‘qituvchilarning oshirilgan haqi miqdori 54 foizga oliy toifali pedogogklarning esa 64 foizga etkazildi. Ushbu sa’iy xarakatlar natijasida 2018-yilda umumiy o‘rta ta’lim maktablari 16 ming nafar oliy ma’lumotli yosh kadrlar bilan to‘ldirildi. Qariyib 13 ming nafar erkak o‘qituvchilar maktablarga qaytishdi. Professor-o‘qituvchilar oyligi va mavqieni oshirish siyosati tizimli davom ettirilmoqda. O‘qituvchilaring boshqa majburiy mehnat va jamoat ishlariga jalb etish amaliyotiga chek qo‘yildi.10 Oylik moashlari bir necha barobar oshirildi. Ilg‘or o‘qitish tizimini kengroq joriy etish, ilmiy tadqiqot ishlariga rag‘batlantirish maqsadida 20 foizda 60 foizgacha ustama xaq to‘lash albatta o‘z natijasi ko‘rsatadi.
Xalqimiz azaldan ilm va ma’rifatga intilib kelgan. Istiqlol yillarida ushbu soha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari qatoridan o‘rin oldi. Buni olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar yaqqol tasdiqlaydi.Bu jarayonda jismonan sog‘lom, ma’naviy etuk barkamol yoshlarni tarbiyalash va ularning bilim olishi bo‘yicha bergilangan vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizda farovon hayotni ta’minlashning muhim omili bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek ustoz va shogirdlarning birgalikdagi sa’i-xarakatlari, olimlarning fidokorona mehnatlari tufayli masafaviy ta’lim va on-layn dars berishda xam ijobiy tajribalar tuplandi. Endilikdak uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish, malakli kadrlar siyosatini rivojlantirishni xamda uning moddiy texnik bazasini mustaxkamlash borasida qilinayotgan ishlar muxim axamiyat kasb etadi. Shunigdek, ta’lim va o‘qitish sifatini baxolashning xalqaro standartlariga o‘tishda oliy ta’lim muassasalari faoliyati va samaradorligini oshirish taqazo etilmoqda.
Fan-texnika tarraqiyoti va ta’lim tizimini raqobat bardosh sohaga aylantirish O‘zbekiston uchun xayotiy masala ekanligi xalqimiz ongu-shuuridan mustaxkam o‘rin oldi. Ilmsevar, ma’rifatga ehtirom bilan qarovchi O‘zbekiston xalqining ushbu sohadagi orzu-istaklari amalga oshirishda barcha kuch g‘ayrat sarflanmoqda. Bu tizim yuksak ma’naviyat zaminida qurilib, davlat ta’lim standartlari va tegishli ta’lim dasturlari bilan ta’minlandi.
Oliy ta’lim sifatini, universitetlarning jaxonning nufuzli universitetlari qatoridan joy olish O‘zbekistondagi oliy ta’lim oldiga qo‘yilgan birlamchi talablardan bo‘lib qolmoqda. Ilm-fan taraqqiyotining yangi bosqichi, yangi fan, ilm tadqiqot, innovatsion yutuqlarning rag‘batlantirsh va ularni amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmi yaratilmoqda. Umuman aytganda, mustaqillik yillarda mamlakatimizda uzluksiz ta’lim tizimini jaxon talablari darajasiga ko‘tarish doimo kun tartibida turdi
Ta’lim tuzilishini modernizatsiyalash, uni demokratlashtirish, kompyuterlashtirish va insonparvarlashtirish, ta’lim dasturini erkin tanlash, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish tobora kuchayib bormoqda. Ta’limni fundamentallashtirish, ma’naviy mas’ul shaxsni shakllantirish, bilishni emas, balki fikrlashni o‘rgatish zarurligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Zero, yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun zamon ruhiga mos yangidan-yangi qonun loyihalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha innovatsion loyihalar ishlab chiqish, ta’lim tizimining barcha bosqichlarida sifat o‘zgarishlariga erishish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar yanada kuchaytirilmoqda.

1 Каримов И. “Илм-фан имкониятларидан тўлароқ фойдаланалайлик”, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида, Тошкент, “Ўзбекистон”. 2012, 72-б.

2 Мирзиёев Ш. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Тошкент, “Ўзбекистон, 2019, 29-б.

3 Сиддиқов Р.Б. Вопросы инноваций в изучении реформирования высшего образования Республики Узбекистан. Ўзбекистон тарихи фанидаги инновациялар (илмий тўплам), “Noshir”, Тошкент, 2012, 232 б.

4 С.Ғуломов, Э. Убайдуллаева, Э.Ахмедов. Мустақил Ўзбекистон, “Меҳнат”, Тошкент, 2001. 61-б.

5 Муртазаева Р.Х. Ўзбекистон тарихи.

6 Каримов И. Ўзбекистон ХХI аср бўсағасида: хавфсизликка таҳдид, барқарорлик шартлари ва тараққиёт кафолатлари. “Ўзбекистон”, Тошкент, 1997, 25-б.

7 Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз (1-қисм), Ўзбекистон, Тошкент, 2018, 25-б.

8 Мирзиёев Ш. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз (1-қисм), Ўзбекистон, Тошкент, 2018, 85-б.

9 Мирзиёев Ш. Нияти улуғ халқнинг иши ҳам улуғ, ҳаёти ёруғ ва келажаги фаровон бўлади. Тошкент, “Ўзбекистон, 2019, 355-б.

10 “Ниятингиз холис бўлса фикрингиз асосини келтиринг”. Kun.uz/news/2020/08/12

Yüklə 111,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə