Turizm sohasining tasniflanishi va turlari


Qo’msash, sog’inish turizmi



Yüklə 119,46 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü119,46 Kb.
#163912
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Turizm sohasining tasniflanishi va turlari

Qo’msash, sog’inish turizmi – bu, asosan, qarindosh yoki do’stlarini ko’rishga mo’ljallangan bo’lib, o’z mamlkatlaridan ayrim sabablarga ko’ra ko’chib ketgan kishilar bilan bog’liqdir. Qo’msash turizmiga yaqqol misol bo’lib, O’zbekistonda sobiq Ittifoq davrida yashagan va hozirgi paytda ham ularning qarindosh-urug’lari respublikamizning turli shaharlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan qrim-tatar, kavkaz xalqlari, nemislar va boshqa millatga mansub bo’lgan aholini ko’rsatishimiz mumkin.
Ekoturizm – nafaqat ma’rifiy-ma’naviy maqsadlarni ko’zlagan holda betakror tabiiy hududlarga, ularning hayvonot va o’simlik dunyosiga sayohat, balki ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni amalga oshirilishi yordamida ekologik muammolarni hal qilish bilan birbiriga bog’liq majmualar yig’indisini tushunamiz.
Ovchilik turizmi respublikamizda ov qilishning huquqiyqonuniy me’yorlari yaratilgan bo’lib, ovchilikning turli yo’nalishlari bo’yicha katta salohiyatga ega, tabiiy-hududiy mintaqalari bo’lgan daryolarning suv havzalari, tog’ oldi zonalari, cho’l va adir hududlarining mavjudligi. Bunga misol qilib, Nurota, Forij, Birchmulla, Baxmal, Zomin tog’ zonalari, Arnasoy, Haydarko’l, To’dako’l, Sho’rko’l suv havzalari; Ustyurt platasi, Qizilqum, Konimehcho’l zonalarini keltirsak bo’ladi.
Gastronomiya turizmibu mamlakatlar va qit’alar bo’ylab sayohat qilish hisoblanib, maqsadi mahalliy oshxona xususiyatlari bilan tanishish hamda kelgan sayyohlarga antiqa taom va mahsulotlardan tatib ko’rishga imkon yaratadi. Gastronomik tur xizmat sifatida nafaqat sayohat qilish bo’lib hisoblanadi, balki dunyoning boshqa biror joyida takrorlanmaydigan va betakror ta’mga ega bo’lgan masalliqlardan tarkib topgan, ma’lum bir hududdagina uchrovchi taomlarni tatib ko’rishga qaratilgan tadbirlar majmuiga kiradi.
Safari turizmi – qo’riqxonaga hayvonlarni tomosha qilish uchun sayr, ovchilik, baliq ovi maqsadidagi sayohat, foto-ovchilik, tabiatda ajoyib hayvonlarni erkin holda ko’rish maqsadidagi sayrlar. Sayohat dasturiga nafaqat mahalliy joylarni ko’rish, balki tog’li hududda avtomobil boshqarish, to’siqlarni yengib o’tish, lager hayotiga o’rganish, favqulodda vaziyatlarda yashab keta olish kabilarni o’rgatadi.

Yüklə 119,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə