Trasport vositalari tizm detallar bo'yicha ishonchlilik ko'rsatkichlarini aniqlash,sinash va axborotlarga ishlov berish tadbrlarini ishlab chiqarish. Reja



Yüklə 107,7 Kb.
səhifə2/4
tarix17.12.2023
ölçüsü107,7 Kb.
#149642
1   2   3   4
Transport vositasi tizimlarida vujudga keladigan buzulish va nasos stansiyalari

Stendda sinash. Avtotransport korxonalari va texnik xizmat ko’rsatish stantsiyalarida diagnostikalash asosan stendlarda baja-riladi. Stend shunday qurilmaki, unda transport vositasining yo’lda-gi harakati shakllantiriladi (imitatsiya qilinadi).
Maydonchali inertsion tormoz stendы. Maydonchali inertsion tormoz stendida (44-rasm) transport vositasining tezli-ti 6... 12 km/soatga yetkazilib, so’ng may-donchaning ustida birdan tormoz beriladi va tormozlanish yo’li aniqdanadi.
Bu stend tormoz tizimining ekspress-diagnostikasida ishlatiladi. Tormozla­nish jarayonida yuzaga keladigan transport vositasining inertsiya kuchlari hamda shi-nalar bilan maydoncha orasida paydo bula-digan ishkalanish kuchlari platformalar-ning siljishiga olib keladi, bu esa dat-chiqlar yordamida qabul qilinadi. Siljish tormoz kuchiga proportsionaddir. Bunda paydo bo’ladigan inertsiya kuchlari transport vositasining tormoz kuchlariga to’g’ri keladi. Agar tormoz sama-rasiz bo’lsa, u xrlda transport vositasi g’ildiragi stend maydoni bo’yicha aylanib ketaveradi va maydonchalar siljimaydi. Tormoz samarali bo’lsa, g’ildirak maydonda tuxtaydi, inertsiya va ishkalanish kuchlari ta’sirida transport vositasi va u bilan birga maydonchalar oldinga qarab harakatlanadi. X,ar bir maydonning siljish miqdorini datchik yordamida o’lchov asbobi yozib boradi.
Bunday stendning afzalliklari: tezkorligi; tayyorlanayotganda va ishlatishda kam metall va energiya sarfi; tormozga umumiy baho berishning qulayligi. Kamchiliklari: galdiraklar bilan maydon­chalar orasidagi ilashish koeffitsientining o’zgarishi sababli ko’rsatkichlar past turg’unlikka ega. Bundan tashkari, transport vo­sitasi tormozlanayotganda maydoncha ustida kiyshik, turib qolishi mumkin. SHuning uchun bunday stendlar keng qo’llanmay qolgan.
Yuqoridagi kamchiliklar rolikli (barabanli) stendlarda yo’q.
Inertsiya turidagi tormoz stendi. Bu stend ikki juft baraban-lar, zanjir uzatmalari, 55...90 kVtli elektr dvigateli, reduktor, inertsion maxoviklardan iborat (45-rasm).

Bu stendda tormoz samaradorligini tekshirishning fizik mo-xiyati quyidagicha: agar xakikiy yo’lda tormoz mexanizmi yordamida to’g’ri harakatlanayotgan transport vositasining kinetik energiyasi sundirilsa, stend sharoitida esa transport vositasi kuzgalmas bo’lib, tormoz ta’siri ostida maxovik massasi va barabanlar ayla-nishining energiyasi sundiriladi. Xakikiy yo’l sharoitlarini sun’iy ta’minlash uchun maxovik massasi shunday tanlanishi kerakki, uning va barabanlarning inertsiya momenta transport vositasi yur- gandagiga o’xshash kinetik energiya bilan ta’minlansin.
Diagnostikalash texnologiyasi: stendga transport vositasi urna-tilganidan so’ng g’ildirak tezligi 50 ... 70 km/soatga yetkaziladi va birdan tormozlanadi, stenddagi x.amma muftalar uziladi. Bunda g’ildirak bilan barabanlar urtasida tormoz kuchlariga karshi inertsiya kuchi paydo bo’lib, biroz vaqtdan keyin barabanlar va giddiraklar aylanishdan tuxtaydi. Tormozlanish yo’li barabanlar aylanishi soni yoki ularning aylanish davomiyligi bo’yicha, sekinlashish esa bur-chak deselerometri bilan o’lchanadi.
Deselerometr — sekinlashishni o’lchash asbobi. Asbobning ish-lash printsipi undagi kuchma inertsiya massasining korpusga nisba-tan siljishini kayd etishga asoslangan. Bu siljish inertsiya kuchi ta’siri ostida ro’y beradi va transport vositasi sekinlanishiga proportsionaldir.
Bunday stendning afzalliklari: yukrri darajadagi aniqlik; trans­port vositalarining tormoz tizimini umumiy baholashga kulay. Kamchi-liklari: ko’p energiya sarf qiladi, katta metall hajmli.
Kuch turidagi tormoz stendi. Xuddi inertsiya turidagiga o’xshab ushbu stend ikki juft roliklar (barabanlar), zanjir uzatmalaridan iborat (46-rasm). Har bir juft uzining motor-reduktoriga ega (4 ... 13kVt). Reduktorlar planetar tipida bo’lganligidan uzatmalar nisbati


32...34, tormozlar sinovida roliklarning aylanipsh transport vo-sitasining 2...4 km/soat tezligiga tug’ri keladi.
Stendning tormoz tepkisi kuchaytirgich datchigi bilan jihoz-langan. Bu maksimal tormoz kuchini va tormoz yuritmasining ishlab ketish vaqtini aniqlash imkonini beradi. Bunday stendlar trans­port vositasi harakatini taklid (imitatsiya) qiladi va tormoz sa-maradorligi parametrlarini ulchaydi.
Diagnostika texnologiyasi: transport vositasining bir ukidagi g’ildiraklari roliklarga qo’yilib, dvigatel yuritiladi va asta-se-kin tormoz tepkisiga bosiladi. Bunda paydo bo’ladigan tormoz kuch-lari (Rg) elektr dvigateli statoridagi reaktiv momentlar miqdori bo’yicha o’lchanadi. Rgning tepkiga tushayotgan bosim kuchiga bog’likli-gi, tormoz mexanizmlarining ishlab ketish vaqti va x..k. lar ham o’lchanadi. O’lchangan diagnostik parametrlar me’yoriy miqdorlar bilan takkoslanadi.
Bunday stendning afzalliklari: yuqori darajadagi aniqlik-tormozlarni sinash vaqtida barabanlarning kichiq tezliklarda ailanishi stendning yuqori texnologik moyilligini ta’minlay-di. Kamchiliklari: ko’p metall va energiya hajmliligi. Bu stend­lar nazorat operatsiyasida ishlatishga kul keladi, masalan tor­moz samaradorligani ulchagandan
so’ng, kerak bo’lsa sozlash ishla-ri olib borilib, keyin bajarilgan ishlar sifatini qaytadan nazorat knlishga kulaydir.
Tormoz tizimini diagnostikalash usullari, vositalari va o’tka ziladigan joylari quyidagicha tasniflanadi (47-rasm):


Yüklə 107,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə