Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari



Yüklə 21,49 Kb.
səhifə2/2
tarix10.10.2023
ölçüsü21,49 Kb.
#126630
1   2
Transport vositalarining elektr jixozlari va elektron tizimlari

1. Nominal kuchlanish . Elektr energiya iste`molchilarining nominal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy tok manbai - generatorning nominal kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi. Avtomobil harakatlanayotganda ishlaydigan elektrenergiya iste`molchilari kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 95-125% doirasida o’zgarganda ham o’z ish qobiliyatlarini yo`qotmasliklari kerak.
2. Elektr o’tkazgichlarning ulanish sxemasi . Avtomobillarda bir o’tkazgichli sxema joriy qilingan, ya`ni barcha iste`molchilarga bitta o’tkazgich ulanadi, tok manbai va iste`molchilarning ikkinchi qutbi esa "massa"ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba`zi buyumlarini ikki o’tkazgichli sxema bo’yicha tayyorlashga yo`l qo’yiladi. 3940-57 raqamli Davlat standarti bo’yicha "massa"ga tok manbai va iste`molchilarning manfiy qutbi ulanadi.
Avtomobil elektr jihozlarining nominal ko’rsatkichlari (quvvati, tok kuchi, kuchlanishi va hokazo) , atrof muhitning harorati 2510 C, nisbiy namligi 45-80%, atmosfera bosimi 870-1060 gPa bo’lgan sharoitda belgilanadi.
Avtomobil elektr jihozlarining chulg’amlari va tok o’tkazuvchi boshqa past kuchlanishli zanjir elementlarining korpusga nisbatan izolyasiyasi shikastlanmasdan 1 min davomida 50 gs chastotali 500 V kuchlanishga bardosh berishi kerak.
Avtomobil elektr jihozlaridagi chulg’amlarning qizish temperaturasi atrof muhit harorati 40 -50C va havo bosimi 870-1060 gPa bo’lganda, ishlatilgan izolyasiya materiallarning toifasiga ko’ra, 100-135 C dan oshmasligi kerak.
Elektr mashinalar, o’t oldirish tizimining taqsimlagichlari salt ishlash sharoitida kattalashtirilgan aylanishlar chastotasi bilan sinalganda 2 min davomida shikastlanmasdan ishlashi lozim. Startor esa bunday sinovga 20 sekund davomida bardosh berishi zarur.
Elektr jihozlarining ishi jarayonida vujudga keladigan radioxalakitlar, Davlat standarti tomonidan belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak. Bu talablarni qondirish uchun elektr jihozlar ekranlangan yoki qisman ekranlangan holda tayyorlanadi.
Yüklə 21,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə