Toshkent vohasi so’nggi paleolit davri yodgorliklari



Yüklə 8,46 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü8,46 Kb.
#182278
  1   2
SAIDOVA SHAHNOZA1

ZARMED UNIVERSITETI 4-10 TARIX SAIDOVA SHAHNOZANING TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

O'rta Osiyo so'nggi paleolit davri yodgorliklari

REJA:

  • 1. Soʻnggi paleolit davriga tavsif
  • 2.Koʻlbuloqning soʻnggi paleolit davri.
  • 3.Toʻdaxotin yodgorligi.

Ilk paleolitda madaniy muhitning mavjudligi alohida joylar bilangina chegaralansa so’nggi paleolitda esa madaniyat tizim sifatida shakllanadi. So’nggi paleolitning boshlari gominid evolyutsiyasi yakunlanib zamonaviy “aqlli odam” turi paydo paydo bo’ladi. So’nggi paleolitda turli-tuman tosh va boshqaqurollardan foydalaniladi.

O’zbekiston hududida so’nggi paleolit davriga oid qoyaga solingan tasvir namunalari uchramasada ushbu davrga tegishli 30dan ortq manzilgohlar o’rganilgan, jumladan Samarqand manzilgohi, Ohangarondagi tosh qurollar, tayyorlangan “ustaxona”, Ko’k buloq va Oqtosh manzilgohlari.


Toshkent viloyati hududida Chatqol tog‘ tizmasi yonbag‘rida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida, «Geolog» shaharchasidan 2 km shimoli-g‘arbda joylashgan.
  • Koʻlbuloq

Ko‘lbuloq makoni Qizilolmasoyning Jarsoy o‘zani sohilidagi Ko‘lbuloq yaqinida (1962) topilgan. M.R. Qosimov (1963–83) keng tadqiqot ishlari olib borgan. 600 kv. metrdan ziyod maydon ochib o‘rganildi va 49 ta madaniy qatlam aniqlandi. Bu qatlamlardan 3 tasi so‘nggi paleolit, 21 tasi o‘rta va 23 tasi ilk paleolit davriga xos deb topildi. Ilk paleolit qatlamlaridan 3000 dan ziyod tosh qurollar, hayvon suyak qoldiqlari topildi.

Ko’lbuloqdan topilgan tosh qurollar


To’daxotin makoni.
2005 yilning avgustida O’zbekiston-Rossiya paleolitchilar ekspedisiyasi Paltov daryosining o’rta oqimida (Chotqol daryosining o’ng sohili), Obiraxmat g’ori atroflarida tadqiqot ishlarini olib bordi. Natijada daryo sohilidan 10 km balandroqda, uning o’ng sohilidagi ikkinchi terassaning subgorizontal maydonidan, daryo sathidan 30 m balandlikda, ikki tomondan daryo va uning chap o’zani bilan ajralgan, dala yo’lining qayrilgan joyida yig’ma arxeologik materiallarga ega ikkita punkt aniqlandi.
  • To’daxotin 1 makoni (41,58º shimoliy kenglik, 70,17º sharqiy uzunlik; mutloq balandligi 1495 m) vodiy bo’ylab II terassa bortidan yuqoriroqda joylashgan. Ana shu joyda 2-terassa bilan vodiyning pastki chuqurlik joyi bilan oraliq maydon saqlanib qolgan (eni 50 - 70 m). Ushbu yarim terassaning qirrasi yirik yemirilgan g’o’lalar bilan o’ralgan va uning terassadan balandligi 1 - 3 m.
  • To’daxotin 2 makoni (Dodekatыm 2) (41º34′20,4″ shimoliy kenglik, 70º09′48,9″, mutloq balandligi 1496 m) To’daxotin 1 makonidan 140 m g’arbroqda, ikkinchi terassaning qirg’og’ida joylashgan. Qazib o’rganilgan maydondagi g’ovak qatlamlarning umumiy qalinligi 3 m ga yetadi. Yuqori 130 sm lik qatlam kulrang-qo’ng’ir qumloqdan iborat (115 sm chuqurlikda qo’ng’ir qatlamcha uchraydi uning orasida chirigan qo’ng’ir organik material aralashgan va qalinligi 2 sm).
  • Yodgorlikda dastavval artefaktlarga ega 8 ta qatlam ajratilgan bo’lib, 2006-2007 yillardagi aniq planigrafik va stratigrafik tadqiqotlar bu yerda 5 ta madaniy qatlamlar mavjudligini ko’rsatdi. Ushbu qatlamlarning eng ustkisi chim tuproq qatlam bo’lib, u paleolit davri buyumlari bilan birga ancha keyingi davrlarga oid artefaktlarni ham berdi.
  • Makon industriyasining xomashyoviy tarkibiga ko’ra, taxminan bir xil miqdorda mahalliy (oxaktoshli kremniy, kremniylashgan ohaktosh) hamda chetdan keltirilgan tosh materiallardan (kremniy, xalsedon, qayroqtosh, kvarsit, kvars va diabaz) foydalanilgan. Eng ko’p qo’llanilgan materiallar kremniy (ham mahalliy va ham chetdan keltirilgan), xalsedon, qayroqtosh va kvarsitlar hisoblanadi.
  • To’daxotin 2 makoni barcha qatlamlarining industriyasida mayda va mikroplastinkalar ishlab chiqarishda bir xil texnologik sxemalardan foydalanilgan, ko’pincha qo’lga kiritilayotgan tanovorlarning bo’yi va eni nukleuslarning ishlanish darajasiga bog’liq bo’lgan. Bundan tashqari, plastinka va mikroplastinkalardan ishlangan qurollarning ikkilamchi ishlov berilishi va tiplarining xarakteri amalda bir-birlaridan farq qilmaydi.

Dodekatim-2 dan olingan tosh artefaktlar:
1 4, 9, 11 12 yadroli; 5 mikronuqta; 6 qirg'ich; 7 - oxirgi qirg'ich;
8, 10 - to'mtoq qirrali plitalar
Shunday bo’lsa-da, ta’kidlash joizki, rivojlangan so’nggi paleolit kontekstida qo’pol chopquvchi qurollarning mavjudligini va ikkinchi tomondan, mikroplastinkasimon mahsulotlarning yo’qligini (ular chaqmoqlab olingan nukleuslarning mavjud bo’lishiga qaramasdan) madaniy yotqiziqlarning stratigrafik konteksti masalalari hamda Samarqand makonini qazishda qo’llanilgan va hozirgidan farq qiladigan metodik yondoshuvlarning natijasi bo’lishi mumkin. Ancha kengroq analogiyalar masalasiga kelsak (geografik jihatdan), aytish joizki, bundan 25-18 ming yillar muqaddam Yevrosiyoda mikrolizasiya hamda qo’ndoqli (qadama) qurollar ishlab chiqarishga bo’lgan barqaror tendensiyalarga ega madaniyatlar rivojlanadi.

Yüklə 8,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə