37
imkoniyati yo„qligini ko„rsatadi. «G„arbiy Yevropa–G„arbiy Xitoy» avtomagistrali
2020 yilga borib to„liq ishga tushadi. Bu esa «Toshkent-Andijon-O„sh-Irkeshtom-
Qashg„ar» avtomagistrali istiqboliga salbiy ta‟sir ko„rsatadi.
2-ssenariy (optimistik). Yaqin va o„rta istiqbolda «Turkmaniston – Afg„oniston –
Tojikiston», «Xitoy – Qirg„iziston – Tojikiston» va
«Rossiya – Qozog„iston – Qirg„iziston – Tojikiston»
loyihalari moliyaviy
resurslarning yetishmasligi, noqulay geografik sharoit va Afg„onistondagi
nobarqaror vaziyat tufayli amalga oshmaydi. Mazkur loyihalar ishtirokchilari
tomonidan tranzit yuklarini o„tkazish O„zbekiston orqali amalga oshiriladi. O„z
navbatida, «Qozog„iston – Turkmaniston – Eron» temir yo„lining yangiligi, hozirgi
vaqtda faqatgina imtiѐzlar berish asosida yuklarni
ushbu koridorga jalb
qilaѐtganligi, temir yo„lning cho„l hududida qurilganligi uni faqatgina ishtirokchi
davlatlar o„rtasidagi yuk almashuvga xizmat qilishi mumkinligini ko„rsatadi.
«G„arbiy Yevropa– G„arbiy Xitoy» avtomagistrali to„liq ishga tushadi va unga
O„zbekiston ham ulanadi. O„z navbatida, Janubiy va Janubi-G„arbiy Osiyo da
joylashgan davlatlarga O„zbekiston tranzit davlat vazifasini o„taydi.
3-ssenariy (pessimistik). O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport koridorlarining
barchasi to„laligicha ishga tushadi. Tojikiston va Qirg„iziston transport
«qaram»ligidan qisman xalos bo„ladi. O„z navbatida, O„zbekistonning tranzit
daromadlarida jiddiy kamayishlar kuzatiladi. Mahalliy yuk va yo„lovchi
tashish
tariflari ko„tariladi va mos ravishda mahsulotlar tannarxi tarkibida transport
xarajatlarining ortishi kuzatiladi. O„zbekistonni aylanib o„tuvchi transport
koridorlarining qurilishi mamlakat iqtisodiy xavfsizligiga
tahdid sifatida qaralib,
ularning rivoji O„zbekiston manfaatlariga bevosita salbiy ta‟sir qiladi. Bu esa
O„zbekistonni transport jihatidan ajralib