Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti yaxshimbekova sayyora kamalovna


II-BOB. O’SMIRLARDA STRESSLI VAZIYATLAR DIAGNOSTIKASI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə11/34
tarix18.07.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#119680
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Магистрлик ИШИ охирги

II-BOB. O’SMIRLARDA STRESSLI VAZIYATLAR DIAGNOSTIKASI
2.1. Stressli vaziyatlarning diagnostikasi metodikalar sharhi
Stress inglizcha stress so’zidan olingan bo’lib, jiddiylik, keskinlik, zo’riqish degan ma’noni anglatadi. XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab keskin vaziyat tufayli vujudga keladigan emotsional holatlarni tadqiq etish psixologiya, fiziologiya, tibbiyot fanlarida keng qo’lamda amalga oshirila boshlandi. Stress- og’ir jismoniy va murakkab aqliy yuklamalar, ishlar me’yoridan oshib ketib, xavfli vaziyatlar tug’ilganida zaruriy chora-tadbirlarni zudlik bilan topishga intilganda vujudga keladigan hissiy zo’riqishlar. Mana shunday sharoitlar va vaziyatlarning barchasini biron bir emotsiya turi ro’yobga chiqaradi. Stress emotsional holatining paydo bo’lishi hamda kechishining psixologik xususiyatlarini aniqlash nafaqat uchuvchilar, kosmonavtlar, dispetcherlar (inglizcha dispatcher ishlab chiqarishni muvofiqlashtiruvchi ma’nosini anglatadi) uchun, balki sudyalar, korxona rahbari, ta’lim tizimi xodimlari uchun alohida ijtimoiy psixologik ahamiyat kasb etadi.
Psixologiya faniga stress tushunchasini olib kirgan olim kanadalik fiziolog G. Sele (1936) sanaladi. U stressni tadqiq qilishda moslashuv alomati (adaptatsion sindrom- yunoncha syndrome belgi, alomat, ko’rinish moslashuvi demakdir) masalasiga, uning faoliyatga ijobiy hamda salbiy ta’sir etishiga alohida ahamiyat bergan. Shuningdek, ekstremal (latincha extremus favquloddagi holat, eng oxirgi vaziyat ma’nosini anglatadi) vaziyatlardagi, murakkab jarayonlardagi stressning o’ziga xosligi, faoliyatni qayta tashkil qilishgacha (dezorganizatsiya latincha de organisation fransuzcha tashkilot, tuzilma ma’nosini bildiradi) olib borishi, shunga o’xshash sharoitlarda shaxs xulqini bashorat etish (prognoz yunoncha prognosis bashorat ma’nosini anglatadi) imkoniyatlari G. Sele tomonidan o’rganilgan.
Tadqiqotchi U. Kennonning gomeostazis (yunoncha o’xshashlik, stasis ma’nosini bildiradi) haqidagi ta’limotida stress holati har tomonlama o’rganilgan. Ushbu terminni u psixologiyaga 1929 yilda olib kirgan. Gomeostazis mexanizmda moslashish xususiyatlari yaqqol o’z ifodasini topadi. Uning mulohazasicha, faoliyat shakllarini amaliyotga tatbiq etish jarayonida nerv sistemasi va miya funksiyasini oqilona ta’minlab turishda hamda saqlashda gomeotazis muhim rol o’ynaydi.
Stress holatida shaxsning xatti-harakatlari o’ziga xos tarzda o’zgaradi, unda qo’zg’alishning umumiy reaksiyasi paydo bo’ladi, uning harakatlari tartibsiz ravishda amalga oshiriladi. Stressning kuchayishi esa teskari reaksiyaga olib keladi, natijada tormozlanish, sustlik, zaiflik, faoliyatsizlik ustuvorlik qila boshlaydi. Lekin stress holatida fiziologik o’zgarishlar tashqi tomonidan qariyb ko’zga tashlanmasligi mumkin. Biroq muammoni echishdagi qiyinchilik, diqqatni taqsimlashdagi sarosimalik stressning tashqi ifodasi deb taxmin qilinsa bo’ladi. Shaxs stress holatida telefon nomerini adashtiradi, vaqtni chamalashda yanglishadi, ong faoliyati engil tormozlanadi, idrok ko’lami torayadi va boshqalar.
Stress holatida shaxsning psixologik xususiyatlari, turmush tarbiyasi, shakllangan malakasi muhim rol o’ynaydi. Keskinlikning oldini olishda shaxsning oliy nerv faoliyati, nerv sistemasining xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Undagi yuksak his-tuyg’ular (mas’uliyat, burch, javobgarlik, vatanparvarlik, sadoqat va hokazo) stress holatida xatti-harakat buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Stress termini fiziologiya, psixologiya, tibbiyot sohalarida juda ko’p qo’llaniladi va bu sohalarda «stress» termini odamning tashqi olamdagi turli favqulodda vaziyatlarga javob qaytarishi holatini ifodalashda qo’llaniladi. Kasbga yo’llashda, kadrlarni lavozimga tayinlashda, ta’lim jarayonida, individual yondashuvni ta’minlashda A va B guruhlariga xos xususiyatlarni inobatga olish zarur.21
Ayrim olimlar esa stressni tasniflashning boshqacharoq usulini yaratganlar. Ulardan eng mashhuri M. Fridmanga tegishli bo’lib, u shaxslarni ikki: A hamda B guruhlarga ajratishni taklif qiladi. Bu guruhlarga mansub kishilar bir-birlaridan stressgamunosabatlari, stress vaqtida o’zini nazorat qila olishqobiliyatlari va xulq-atvorlariga ko’ra farqlanadilar. A guruhiga kiruvchi shaxslar arzimas sabablar bilan hamachchiqlanadilar, arzimagan vaziyatga ham faol javob qaytaradilar. Ular, ko’pincha, asabiy holatda yuradilar, muammoning qiyinlikdarajasini oshirib ko’rsatadilar, iloji boricha, ko’proq ishni kam vaqt ichida bajarishga harakat qiladilar, besabr, doimiy xavotirda yurib, kamdan-kam hollarda xotirjam bo’ladilar. Ular еngilishiga qaramasdan, maqsadga erishishga intiladilar, jamoada dominantlik, tartiblilik va raqobatni qo’llab-quvvatlaydilar. Bunday shaxslarning nutqi tez va uziluvchan, faol jestlari bilan ajralib turadi, ular tez yuradi va tez ovqatlanadilar, nizolashishga moyil bo’ladilar. B guruhiga kiruvchilar A guruhdagilarning aksidir. Ular barqaror, harakatlari hisob-kitobli, o’ylab ish qiladigan, «yetti o’lchab, bir kesadigan» kishilardir. Ular birinchilikka intilmaydilar, lekin ishlari ijobiy natija berishini bilsalar, boshqaruvni o’z qo’llariga oladilar. A guruhidagi shaxslardan boshqaruvchilar, B guruhdagilardan esa, ularga moslashuvchi shaxslar etishib chiqadi.
Stress, dastlab, fiziologik termin sifatida qo’llanilib, organizmning har qanday yoqimsiz ta’sirlarga nisbatan nomaxsusreaksiyasi («umumiy moslashish sindromi»)ni ifodalagan(G. Sele). Keyinroq bu so’z individning ekstremal vaziyatlardagi fiziologik, biokimyoviy, psixologik holatlari va xulq-atvorini tushuntirish uchun qo’llangan.
Zamonaviy adabiyotlarda «stress» termini uch xil ma’noni ifodalash uchun qo’llanilmoqda.

Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə