Toshkent tibbiyot akademiyasi 218-’’A’’guruh talabasi Xolboyeva Mashhuraning Bolalar kasalliklari propedevtikasi fanidan tayyorlagan Amaliy Mashg’uloti
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Mavzu:Bolalarda mushak tizimini anatomo-fiziologik xususiyatlari
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Reja: 1.Mushak tizimining rivojlanish bosqichi va tuzilishi 2.Mushak tizimini tekshirish 3. Mushak tizimining asosiy kasalliklari simptomlari
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Mushak tizimi tayanch-harakat apparatining faol qismi
hisoblanib, bajaradigan harakat vazifalariga ko’ra:
suyaklarga birikkan
hazm a‘zo devorlari va ba‘zi ichki organlar ichidagi narsalarni harakatlantiruvchi
muskullari
Skelet
Silliq
Yurak
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Mushak to’qimasining ona qornida rivojlanishi homilalikning 3-
xaftasidan embrion bosh qismi ostida mezodermaning bo’linishidan
boshlanadi. Yangi tug’ilgan bolada mushak tizimi morfologik jihatdan
mushak tolasining ingichkaligi (yangi tug’ilgan bolada kattalarga nisbatan 5 marta ingichka, ko’ndalang tolalar to’liq taraqqiy etmagan, unda oqsil, yog’,noorganik tuzlarni kamligi, suvning ko’pligi) oraliq to’qimaning nisbatan ko’pligi, mushak to’qimasida va oraliq to’qimada dumaloq yadrolarning ko’pligi bilan ajralib turadi Chaqaloq bolalarda mushak tolasi diametri 7 mkm bo’lsa, 16 yoshda 28 mkm ga yetadi. Miofibrillalar o’sishi bilan to’qima sathi birligida yadrolar soni kamayib (1 yoshda 2 marotabaga, 9 yoshda 4 marotabaga, 17-18 yoshda 9marotabaga) boradi
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Mushak hujayra tolasi o’z faoliyatiga ko’ra
Oq {‘’Tez’’}
Fosfogen va glikogenez yo’lida energiya bilan ta’minlash fermentlariga boy
Qizil {‘’Sekin’’}
Aerob oksidlanish fermentlariga boy
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
So’rash orqali ona yoki bola (katta yoshda bo’lsa) tomonidan qilingan shikoyatlarni, ya‘ni qo’l-oyoq, tana muskullar gruppasining atrofiyaga uchrashi, qo’l yoki oyoqning qimirlamay
qolishi yoki uning chegaralanishi, qo’l-oyoqlarda bo’shashishliklarning paydo bo’lishi, muskullar kuchining kamayishi, yuz mimikasining o’zgarishlariga e‘tibor
berib, ularni qachon va nimalardan keyin paydo bo’lishini aniqlash kerak so’ng bola mushaklarining taraqqiyot darajasini, hajmini, kuchini va harakatlanish
qobiliyatlarini aniqlanadi
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
Mushaklar tonusini bir necha usulda baholash mumkin. Bola gavdasini
tutishi va ko’l oyoqlari holatlarini ko’rishni o’zi mushak tonusi xaqida taxminiy
tushuncha berishi mumkin. Mushak tonusini tekshirish xatto xomilaning yoshi
to’g’risida ham tushuncha berishi mumkin.
27-30 haftalik chala tug’ilgan bola
|
orqasi bilan yotqizilganda qo’l-oyog’ini cho’zib yotadi
|
30 haftada
|
Oyog’ini son va tizza bo’g’inlaridan buksa ham 34 haftagacha qo’li cho’zilgan holatda bo’ladi
|
36-38 haftada
|
Qo’l-oyoq bo’g’inlari bukilgan bo’ladi, ammo qo’li yozib ko’rilganda
osongina cho’zilish holatida qoladi
|
40 haftalik
|
Bolani qo’li yozib ko’rilganda, shu on yana o’z holatiga qaytadi
|
Sog’lom bola tug’ilganda qo’li tirsakdan bukilgan, tizza, soni qoringa tortilgan holatda bo’ladi. Agar chaqaloq qo’l-oyog’ini cho’zgan holatda yotsa, mushak tonusi pasaygan (gipotoniya) hisoblanadi.Mushak tonusi oshganda, (gipertoniya) qo’l-oyoqlari tarang uzatilgan, barmoqlar musht holida yig’ilgan, boshi orqaga tortilgan bo’ladi.Mushaklar tonusi haqida qo’l va oyoqni passiv harakati vaqtida qarshilik ko’rsatish darajasiga, mushak qon-sistensiyasiga qarab hulosa chiqariladi. Normada simmetrik uchastkalardagi mushak tonusi bir xil bo’lishi kerak
MUSHAK TIZIMINING ASOSIY KASALLIKLARI SIMPTOMLARI
MIOZIT. Mushak yallig’lanishini etiologiyasi turlicha bo’lib, asosiy belgisi mushakda og’riq (mialgiya) va mushak kuchsizligi bedarmonligi
hisoblanadi
Klinikasi. O’tkir yiringli miozitda mushakning chegaralangan yoki tarqalgan sohasida yiringli yallig’lanish kuzatilib, bu kuchli og’riq, bilan kechib, harakatda yoki palpatsiya qilinganda og’riqning kuchli zo’rayishi bilan kechadi. Jarohatlangan mushak shishgan, kuchi kamaygan bo’ladi. Ko’pincha bemorda et uvishishlik, haroratni ko’tarilishi, qonda esa yallig’lanishga xos o’zgarishlar kuzatiladi
Kasallik tashhisi. Kasallikning o’ziga xos klinik kechishiga laboratoriya usulida qondaga o’zgarishlar, elektromiografik, rentgenologikmorfologik o’zgarishlarga asoslanib qo’yiladi
MIATONIYA. Mushaklarning tug’ma gipotoniya yoki umumiy atoniya sindromi Oppengey kasalligida kuzatiladi
Bunda kasallikning birinchi belgilari homilalik davridanoq kuzatilib, homilador ayol homilaning juda kuchsiz qimirlashidan shikoyat qiladi.Yangi tug’ilgan bolada mushaklar fiziologik gipertoniyasi bo’lmay, chaqaloqning boshi qo’l-oyoqlari tanadan osilgan holatda bo’ladi. Bola yig’isi zo’rg’a eshitilib, emish refleksi kuchsiz
Bo’ladi. Mushak tonusini kamayishi hisobiga suyak bo’g’imlarida passiv
harakat juda ko’paygan bo’ladi
Kasallik tashxisi. Kasallikning o’ziga xos klinik kechishiga elektromiografiya, biopsiya natijalariga asoslanib qo’yiladi. Shuni yodda tutish lozimki, bir yoshgacha bo’lgan bolalarda rivojlangan mushak gipotoniyasi raxitning belgisi bo’lishi mumkin
Dostları ilə paylaş: |