Toshkent moliya instituti “Sug’urta” fakulteti st-72 guruh talabasi Jabborov Ravshanbekning “Statistika” fanidan

Yüklə 424,6 Kb.
səhifə4/5
tarix28.11.2023
ölçüsü424,6 Kb.
#138219
1   2   3   4   5
5-mavzu. Statistik jamlash va guruhlash

Har qanday taqsimot qatori 2 elementdan: belgilar va belgilar sonidan iborat bo‘ladi. Atributiv belgilari bo‘yicha tuzilgan qator atributiv taqsimot qatori deyiladi. Miqdor belgilari bo‘yicha tuzilgan taqsimot qatorlari variatsion qatorlar deyiladi.

Miqdor belgilarning variatsiyalari diskret (uzlukli) va uzluksiz bo‘lishi mumkin.

Ko‘zlangan asosiy vazifalarni hal qilish nuqtayi nazaridan sta­tistik guruhlash quyidagi uch turga bo‘linadi:

Ko‘zlangan asosiy vazifalarni hal qilish nuqtayi nazaridan sta­tistik guruhlash quyidagi uch turga bo‘linadi:

1. Tipologik guruhlash.

2. Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash.

3. Tahliliy (analitik) guruhlash.

Tipologik guruhlash deganda hodisalarni ijtimoiy-iqtisodiy tip­larga ajratish imkoniyatini beruvchi guruhlash tushuniladi. Iqtisodiyotni tarmoqlarga bo‘lib o‘rganish, aholini sinflarga ajratib o‘r­­ganish, qishloq xo‘jaligi korxonalarini klaster, fermer, dehqon xo‘jaliklariga bo‘lib o‘rganishlar tipoligik guruhlashga misol bo‘la oladi.

Tuzilmaviy (strukturali) guruhlash deganda bir xil tipdagi sta­tistik to‘plam tarkibiy qismini guruhlarga bo‘lib, ularning sal­mo­g‘ini aniqlash orqali o‘rganish tushuniladi. Demak, ushbu gu­ruh­lash turida to‘plam tarkibidagi har bir guruhning salmog‘i aniq­la­nib, to‘plam tarkibi o‘rganiladi.

Tuzilmaviy guruhlash yordamida aholining milliy, jinsiy tar­ki­bi, mamlakat yalpi ichki mahsuloti, qishloq xo‘jalik yalpi mah­sulotining tarkibiy qismlari kabi ijtimoiy hodisalarning tuzil­ma­lari (strukturasi) o‘rganiladi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarida va amaliyotda statistik jadvallar keng qo‘llaniladi. Statistik svodkalash va guruhlash natijalari statistik jadvallarda aks ettiriladi. Barcha jadvallar ham statistik jadval bo‘­la olmaydi. Ijtimoiy hayotda sodir bo‘ladigan hodisalar to‘g‘ri­si­da ma’lumotlarni aniq, ravshan aks ettiruvchi samarali usul sta­tis­tik jadval deb ataladi.

Yüklə 424,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5

Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə