Toshkent moliya instituti “Audit” kafedrasi



Yüklə 3,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə623/624
tarix29.03.2023
ölçüsü3,95 Mb.
#103589
1   ...   616   617   618   619   620   621   622   623   624
Dasturi asosida ishlab chiqilgan


va
 
ular asosiy faoliyat turi 
stavkasi bo‘yicha yagona soliq to‘loviga tortilgan.
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 


3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
4. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, 
auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
Masala. Ishbay ish haqi olib ishlovchi xodim Aliyev A. belgilangan ishlab chiqarish 
me’yorini 120%ga oshirib bajardi. Me’yorni 100% bajargan vaqtda to‘g‘ri ishbay ish haqi uchun 
oylik ish haqi miqdori 200 ming so‘m. Korxonaning Ichki Nizomiga asosan ishlab chiqarish 
me’yorini 105%dan yuqori bajargan ishchilarga har bir oshirib bajarilgan % uchun mahsulot 
rastsenkasi 1,4 barobar yuqori to‘lash ko‘zda tutilgan. Ushbu oyda ishchi Aliyev A.ga hisoblangan 
ish haqi 215 ming so‘mni tashkil qilgan. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
4. Hisoblangan ish haqining to‘g‘riligini aniqlang. 
Masala. 
Auditorlik 
tekshiruvi 
jarayonida 
auditorlardan 
korxonadagi 
ayrim 
tushunmovchiliklarni hal qilish maqsadida quyidagi masalalar yuzasidan maslahat va amaliy 
tavsiyalar berish so‘raldi: 
1. Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini kimlar to‘lamaydi? 
2. Yer uchastkasidan birgalikda foydalanilganda korxonalardan olinadigan yer solig‘ini 
kimlar to‘laydi? 
3. Yer uchastkalarini ijaraga olganlar ijara haqidan tashqari yer solig‘ini ham to‘lashlari 
lozimmi? 
4. Toshkent shahrining 2-zonasida joylashgan umumiy maydoni 2200 kv m bo‘lgan 2 qavatli 
binoning ikki nafar egasi bor: biriga 1800 kv m (81,8 %); ikkinchisiga - 400 kv m (18,2 %) maydon 
tegishli. Ushbu holda yer solig‘ining so‘mmasi qanchaga teng bo‘ladi? 
5. O‘z.Res. norezidenti respublikada yer uchastkasi bilan birga mulk xarid qiladi. U yer 
solig‘ini to‘lashi lozimmi? 
Talab qilinadi: Yuqoridagi masalalar bo‘yicha auditorlar tomonidan korxonaga qanday 
maslahat yoki tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozimligini izohlang. 
Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi hisoblangan korxona ixtiyoriy ravishda QQS 
to‘lovchisi ham bo‘lib hisoblanadi. Tashkiloti subyekt qurilishidan ortib qolgan qurilish 
materiallarini xususiy tadbirkorga 720 ming so‘mga sotgan, shu jumladan QQS - 120 ming so‘m. 
Ushbu materiallarning tannarxi 300 ming so‘mni tashkil qilgan. Shartnomaga muvofiq mulkka 
egalik huquqi xaridorga materiallarning haqi to‘langandan so‘ng o‘tadi. Xaridor korxonaning hisob 
raqamiga to‘lovni to‘liq hajmda o‘tkazgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida qayd etilgan 
operatsiyalar buxgalteriyada quyidagicha aks ettirilgan: 
T/r 
Xo‘jalik operatsiyalarining
mazmuni 
So‘mma, 
ming
so‘mda 
Hisobvaraqlar
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar 
Debet 
Kredit 
1. 
Materiallarni xarid qiluvchidan pul 
mablag‘larining kelib tushishi aks 
ettirildi
720 
5110 
6310 
Oldi-sotdi shartnomasi
bank ko‘chirmasi 
2. 
Ilgari olingan bo‘nak hisobga olindi 
720 
6310 
4010 
Shartnoma, bank 
ko‘chirmasi 
3. 
Materiallarni sotish aks ettirildi 
720 
4010 
9220 
Yukxati, hisobvaraq-
faktura 
4. 
Hisoblab yozilgan QQS aks ettirildi 
120 
9220 
6410 
Hisobvaraq-faktura 
5. 
Materiallarning sotib olish qiymati 
hisobdan chiqarildi 
300 
9220 
1010 
Yukxati, hisobvaraq-
faktura 
Talab qilinadi:


1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
ASOSIY ADABIYOTLAR 
65.
Karla M.Johnstone, Audrey A.Gramling, Larry E.Rittenberg. Auditing a risk-based 
approach to conducting a quality audit. USA, 2014 910 pages 
66.
Advanced Auditing and Assurance by Louise Kelly, March 2013 
67.
Wally Smieliauskas

Kate Bewley
. Auditing: An International Approach Hardcover. 
McGraw-Hill Ryerson; 6 edition. 800 pages
68.
David O'Regan. International Auditing: Practical Resource Guide 1st Edition, Wiley; 1 
edition, 312 pages.
69.
Audit /darslik/ Sh.N.Fayziev , R.D.Dusmuratov, A.A.Karimov, I.N.Kuziev, 
A.Z.Avlokulov -T.: IQTISOD MOLIYA 2015. 420 bet. 
70.
«Audit» o‘quv qo‘llanma (amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun) Meliyev I.I., Qo‘shmatov 
O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. (i.f.n., dotsent I.Qo‘ziyev tahriri ostida) – Т.:IQTOSOD 
MOLIYA, 2015. – 212 b.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR 
78.
Advanced Auditing and Professional Ethics - CA Final Paperback – 2015 by 
CA Surbhi 
Bansal
 (Author), Bestword Publication Pvt.Ltd; 11 edition (2015) 
79.
Rick Hayes, Philip Wallage, Hans Gortemaker. Principles of auditing. An introduction 
to international standards on auditing. Edingburh Gate, Harlow CM20 2JE UNITED KINGDOM. 
Prentice Hall; 3 edition (March 30, 2015), 736 pages
80.
Аудит: учебное пособие/ В.А.Ерофеева, В.А. Пискунов, Т.И. Битюкова. – 2-е изд. 
перераб. и доп. – М.: Издательство Юрайт, Высшее образование, 2010. -638 с. 
81.
Бычкова С., Итыгалова Е. Аудит: учебное пособие. – М.: “Магистр”, 2009 г. -463 
стр.
82.
Аудит безопасности фирмы: Теория и практика. Учебное пособие для студентов. - 
М.: Парадигма, 2005. - 352 стр.
83.
Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов, 
Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б. 
84.
Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай, А.Хошимова, 
Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с. 
85.
Грачева М.Е. Международные стандарты аудита (МСА): Учебное пособие. - М.:
Интернет сайтлари: 
 
www.ziyonet.u
z, 
www.lex.uz
 
www.iaсc.оrg.uк

 
www.аicpа.оrg
 
 
www.аccоunting.cом
 
 
www.gааp.ru
 
 
www.аuditinfo.ru
 
 


13-MAVZU. KORXONA XUSUSIY KAPITALI 
AUDITI 


13-MAVZU. KORXONA XUSUSIY KAPITALI AUDITI 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Ustav kapitali va ta’sischilar bilan hisoblashishlarni audit qilishda qaysi me’yoriy 
hujjatlardan foydalaniladi? 
2.
Ustav kapitalini shakllantirishni tekshirish qanday amalga oshiriladi? 
3.
Ustav kapitali hisobi va hisoboti auditi qanday o’tkaziladi? 
4.
Auditor ta’sis hujjatlari bilan tanishtirishida qanday ma’lumotlarni tekshirishi lozim? 
5.
Ustav kapitalini audit qilishda qanday hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirishi 
manbalari bo’lib xizmat qiladi? 
6.
Ustav kapitalini shakllantirshida va ta’sischilar bilan hisoblashishlarda soliqqa tortish 
tekshirish xususiyatlari qanday amalga oshiriladi? 
7.
Qo’shma korxonaning ustav fondi shakllantirildi. Valyutalar kursi o’zgarganda uni qayta 
baholash kerakmi? Agar kerak bo’lsa, ushbu operatsiyani buxgalteriya hisobida qanday aks ettirish 
lozim?
 
MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
Masala. Ta’sis shartnomasiga muvofiq tashkilotning ustav kapitali bir nechta yuridik shaxslar 
tomonidan tashkil etilgan. Ta’sischilardan biri ishlab chiqarish maydonlaridan foydalanish huquqini 
o‘tkazish yo‘li bilan 2000000 so‘m miqdorda 10 yil muddatga o‘z hissasini qo‘shdi. 
Buxgalteriya hisobida hissalarni rasmiylashtirish quyidagicha aks ettirilgan. 
Debet 6610-“To‘lovga dividendlar” schoti -2000000 so‘m. 
Kredit 8310-“Oddiy aksiyalar” schoti -2000000 so‘m. 
Ustav kapitaliga qo‘shiladigan hissasi: 
Debet 0480-“Gudvill” schoti -2000000 so‘m. 
Kredit 6610-“To‘lovga dividendlar” schoti -2000000 so‘m. 
Shunday qilib, yangi tashkil etilgan tashkilot bu huquqni o‘zining nomoddiy aktivlar tarkibiga 
kiritadi. 2 yildan so‘ng auditorlik tekshiruvlari davomida aniqlanadiki, ko‘rsatilgan nomoddiy aktiv 
ta’sischi balansi hisobida bo‘lmagan, buning oqibatida ta’sischi uni ustav kapitaliga hissa sifatida 
o‘tkazishga haqli emas edi. O‘tgan davr uchun ushbu nomoddiy aktivga Debet 2010 Kredit 0580
provodka orqali amortizatsiya hisoblangan. Amortizatsiya ajratmalari so‘mmasi 40000 so‘mni 
tashkil etdi. 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Korxona buxgalteriyasi tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshiring; 
3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib, 
auditorlik dalolatnomasini tuzing. 
Masala. Aksiyadorlik jamiyati 1 mln so‘m miqdoridagi dividendlarni tayyor mahsulotlar bilan 
to‘lashga qaror qilgan. Tayyor mahsulotlarning tannarxi 500 ming so‘mni tashkil qilgan va bu 
muomalalar korxona buxgalteri tomonidan quyidagi tartibda hisobga olingan:
T/r 
Xo‘jalik 
operatsiyalarining 
mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar
 
Debet 
Kredit 
1. 
Dividendlar hisoblandi 
1000 
8310 
6610 
Aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining 
qarori, ta’sis shartnomalari, 
inventar kartochkalar, kassa chiqim 
orderlari 
2. 
Dividendlardan soliq ushlandi 
100 
6610 
6510 
Buxgalteriya hisob-kitobi, xususiy 
kapital harakati to‘g‘risidagi 


hisobot 
3. 
Dividendlardan hisoblangan soliq 
o‘tkazildi 
100 
6310 
5110 
Bank ko‘chirmasi, to‘lov 
talabnomasi, to‘lov 
topshiriqnomasi 
4. 
Mahsulotlarni sotish aks ettirildi 
900 
6510 
9110 
Buxgalteriya hisob-kitobi, 
moliyaviy hisobot shakllari, oborot 
vedomostlari 
5. 
Sotilgan tayyor mahsulotlarning 
tannarxi hisobdan chiqarildi 
500 
9110 
2810 
Buxgalteriya hisob-kitobi, limit-
zabor kartalari 
6. 
Hisobvaraqlarning yopilishi va 
moliyaviy natijaning aniqlanishi 
900 
500 
9110 
9810 
9810 
9110 
Buxgalteriya hisob-kitobi, 
Aksiyadorlar 
umumiy yig‘ilishining 
qarori, ta’sis shartnomalari, 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Tekshirilayotgan MCHJ ustav kapitalining miqdori 25 000 ming so‘mga teng. 
Ta’sischi ta’sischilar tarkibidan chiqib ketgach, uning ulushi (15%) jamiyat ixtiyoriga o‘tdi. 
Buxgalteriya balansi bo‘yicha korxonaning aktivlar so‘mmasi (400-qator) 80 000 ming so‘mga, 
majburiyatlari (770-qator) - 35 000 ming so‘mga teng. Ta’sischi bilan hisob-kitob pul mablag‘lari 
bilan amalga oshirilgan. Korxona buxgalteri tomonidan ulushning jamiyatga o‘tishi buxgalteriya 
hisobida quyidagi tartibda amalga oshirilgan

Xo‘jalik operatsiyasining 
mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar 
Debet 
Kredit 
Chiqib ketadigan ta’sischiga 
jamiyatning qarzdorligi aks 
ettirildi: 
Bank ko‘chirmasi, chiqim kassa 
orderi, ta’sis shartnomasi 
- uning ustav kapitaliga qo‘yilgan 
so‘mmasi chegarasida 
300 
6620 
8630 
- jamlangan daromad ulushiga 
(soliq solinadigan daromad) 
6 450 
6620 
8710 
Dividendlar ko‘rinishidagi 
daromaddan soliq ushlandi va 
budjetga o‘tkazildi (2 200 x 10%) 
3 750 
6410 
5110 
6620 
6410 
Buxgalteriya hisob-kitobi, bank 
ko‘chirmasi, to‘lov 
vedomostlari 
Chiqib ketadigan ta’sischi bilan 
hisob-kitob amalga oshirildi (6 750 
- 300) 
3 000 
5110 
5010 
6620 
Ta’sischilar umumiy yig‘ilishi 
bayonnomasi, moliyaviy 
hisobot shakllari 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Korxona buxgalteriyasi tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshiring; 
3. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
Masala. MCHJda ikki muassis bor, ustav kapitali to‘liq shakllantirilgan. Muassislar uni 
ko‘paytirishni xohlashyapti: biri materiallar, ikkinchisi pul kiritadi. Bunday operatsiya 
mumkinmi? U hisobda qanday aks ettiriladi? 
ASOSIY ADABIYOTLAR 
71.
Karla M.Johnstone, Audrey A.Gramling, Larry E.Rittenberg. Auditing a risk-based 
approach to conducting a quality audit. USA, 2014 910 pages 
72.
Advanced Auditing and Assurance by Louise Kelly, March 2013 


73.
Wally Smieliauskas

Kate Bewley
. Auditing: An International Approach Hardcover. 
McGraw-Hill Ryerson; 6 edition. 800 pages
74.
David O'Regan. International Auditing: Practical Resource Guide 1st Edition, Wiley; 1 
edition, 312 pages.
75.
Audit /darslik/ Sh.N.Fayziev , R.D.Dusmuratov, A.A.Karimov, I.N.Kuziev, 
A.Z.Avlokulov -T.: IQTISOD MOLIYA 2015. 420 bet. 
76.
«Audit» o‘quv qo‘llanma (amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun) Meliyev I.I., Qo‘shmatov 
O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. (i.f.n., dotsent I.Qo‘ziyev tahriri ostida) – Т.:IQTOSOD 
MOLIYA, 2015. – 212 b.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR 
86.
Advanced Auditing and Professional Ethics - CA Final Paperback – 2015 by 
CA Surbhi 
Bansal
 (Author), Bestword Publication Pvt.Ltd; 11 edition (2015) 
87.
Rick Hayes, Philip Wallage, Hans Gortemaker. Principles of auditing. An introduction 
to international standards on auditing. Edingburh Gate, Harlow CM20 2JE UNITED KINGDOM. 
Prentice Hall; 3 edition (March 30, 2015), 736 pages
88.
Аудит: учебное пособие/ В.А.Ерофеева, В.А. Пискунов, Т.И. Битюкова. – 2-е изд. 
перераб. и доп. – М.: Издательство Юрайт, Высшее образование, 2010. -638 с. 
89.
Бычкова С., Итыгалова Е. Аудит: учебное пособие. – М.: “Магистр”, 2009 г. -463 
стр.
90.
Аудит безопасности фирмы: Теория и практика. Учебное пособие для студентов. - 
М.: Парадигма, 2005. - 352 стр.
91.
Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов, 
Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б. 
92.
Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай, А.Хошимова, 
Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с. 
93.
Грачева М.Е. Международные стандарты аудита (МСА): Учебное пособие. - М.:
Интернет сайтлари: 
 
www.ziyonet.u
z, 
www.lex.uz
 
www.iaсc.оrg.uк

 
www.аicpа.оrg
 
 
www.аccоunting.cом
 
 
www.gааp.ru
 
 
www.аuditinfo.ru
 
 


15-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR 
HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI 


15-MAVZU. DAROMAD VA XARAJATLAR HAMDA MOLIYAVIY NATIJALAR AUDITI 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Moliyaviy natijalarni audit qilishda foydalaniladigan asosiy me’yoriy hujjatlarni keltiring? 
2.
Xarajatlarni audit qilish qanday tashkil etiladi? 
3.
Ishlab chiqarish xarajatlariga va mahsulotlar (ish, xizmatlar) tannarxiga kirtiladigan 
xarajatlarni to’g’ri aniqlashni qanday tekshiriladi? 
4.
Operatsion daromadlar va xarajatlarni shakllantirishni to’g’ri tekshirish qanday amalga 
oshiriladi? 
5.
Realitsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni tartibini tekshirish qanday amalga 
oshiriladi? 
6.
Korxonalar faoliyati moliyaviy natijalarni shakllantirish va foydaning ishlatilishi qanday 
tekshiriladi? 
7.
Xarajatlar, Tushumilar va realizatsiyadan tashqari daromadlar va xarajatlarni audit qilishda 
qaysi hujjatlar va buxgalteriya schyotlari tekshirish manbalari bo’lib hisoblanadi? 
8.
Korxonada ishlaydigan xodimning ukasi yoki singlisining ta’lim olishi uchun oliy o’quv 
yurtiga o’tkazilgan mablag’lar xodimning daromadi hisoblanib, ularga soliq solinadimi? 
9.
Korxona o’zining xodimi uchun sanatoriy-kurortda davolanishga yo’llanmalar xarid qiladi 
yoki ularning ambulatoriyada davolanishlariga haq to’laydi. Ushbu summalar uning daromadi 
hisoblanadimi, ularga daromad solig’i va yagona ijtimoiy to’lov hisoblab yozilishi kerakmi? 
10.
Korxona o’z mahsulotini xodimlariga tannarxidan past baholarda sotishi mumkinmi?
11.
9000, 9600 "Asosiy (operatsiyali) faoliyatdan olinadigan daromadlar" va "Moliyaviy 
faoliyat bo’yicha xarajatlar" schyotlarining analitik hisobini tekshirish tartibini qanday amalga 
oshiriladi? 
12.
Xususiy firma umumiy ovqatlanish bilan shug’ullanadi (oshxona). Jamoa oila a’zolaridan 
iborat. 2011 yilda unga yaqin yo’l ta’mirlanishi sababli tushum faqat soliqlarni to’lashga etdi. 
Xodimlarning ish haqi bo’yicha qarz hosil bo’ldi. Ular ushbu qarzni firma foydasiga qoldirishga 
rozilar. Qanday qilib provodkalarni o’tkazish va jismoniy shaxslarning daromadlarini soliq 
hisobotida aks ettirish kerak? 
13.
Sud qarori bilan undirilgan (shartnoma shartlarining buzilgani uchun) va korxona (YAST 
to’lovchisi) hisobraqamiga kelib tushgan jarima tarzidagi pul mablag’lari (850,0 mln so’m) biz 
uchun realizatsiya hisoblanadimi yoki daromadmi? Ular buxgalteriya yozuvlarida qanday 
ifodalanadi?
14.
Xususiy korxona soliqlar va to’lovlar to’langanidan keyin qolgan foydani tasarruf qilishi, 
o’z xohishiga qarab hisob-kitob raqamida bo’lgan mablag’larni o’zi va uchinchi shaxslar (masalan, 
qarindoshlari) uchun avtomobil, uy-joy xarid qilishgan yo’naltirishi mumkinmi? Buni hadya qilish 
deb hisoblasa bo’ladimi? Ushbu operatsiyalarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i 
solinadimi? Qanday hujjatlar rasmiylashtiriladi va ular qaerga taqdim etiladi? Agar korxona QQS 
to’lovchi bo’lsa, buni buxgalteriya provodkalarida qanday aks ettirish kerak?
 
15.
Korxonamiz YAST to’lovchisi hisoblanib, 2011 yilda balansdagi asosiy vositalarni (bino, 
dastgoh va boshqalar) jismoniy shaxslarga ijara shartnomasi asosida ijaraga berganmiz. Operativ 
ijaraga berilgan mulklar bo’yicha operatsiyalar korxonamiz hisobotida qay tarzda aks ettiriladi? 
16.
Korxona qishloq joylarida namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joy quruvchi 
jismoniy shaxslar olgan ipoteka kreditlari uchun to’lovlarni "Qishloq qurilish bank" ATBga 
ularning ish haqidan yo’naltirsa, ushbu summalardan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga 
sug’urta badali (4,5%), yagona ijtimoiy to’lov (25%) va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig’i ushlab qolinishi kerakmi? 
17.
Xodim o’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganda unga ishdan bo’shatish nafaqasi to’lanishi 
shartmi yoki to’lanmasa ham bo’ladimi va bu qaysi qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi? 
18.
Korxonada bir necha yil ishlagan xodim yillik mehnat ta’tillaridan foydalanmagan holda 
ishdan bo’shab ketib, ma’lum bir vaqtdan keyin yana ishga qabul qilinsa, ilgarigi foydalanilmay 
qolgan mehnat ta’tillari uchun pullik kompensatsiya talab qilishga haqlimi va buni korxona to’lab 


berishi lozimmi? 
19.
Vakillik xarajatlari me’yorlashtiriladimi, ular uchun qanday me’yor belgilangan? 
MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
Masala. Yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan korxona o‘zi ishlab chiqargan mahsulotini 25 
645,4 ming so‘mga 100 foizli oldindan to‘lov sharti bilan sotgan. Ushbu sotilgan mahsulotning 
tannarxi 27 535,6 ming so‘mni tashkil qilgan. Yuqoridagi muomalalar korxona buxgalteri 
tomonidan quyidagicha buxgalteriyada hisobga olingan: 

T/r 
Xo‘jalik operatsiyasi
mazmuni 
So‘mma, 
ming 
so‘mda 
Schotlar
Korresponden- 
siyasi 
Yozuvlarni
tasdiqlovchi
hujjatlar 
Debet 
Kredit 

Mahsulot uchun oldindan to‘lov 
kelib tushdi 
25 645,4 
6310 
5110 
Hisobraqamdan 
ko‘chirma 

Sotilgan mahsulotning haqiqiy 
narxi hisobdan chiqarildi 
27 535,6 
2810 
9110 
Yukxati, hisobvaraq-
faktura 

Mahsulot sotilishidan tushgan 
daromad aks ettiriladi 
25 645,4 
9010 
4010 
Buxgalteriya hisob-
kitob-ma’lumotnomasi 

Avans to‘lovini hisobga olinishi 
aks ettiriladi 
25 645,4 
4010 
6310 
Olingan bo‘naklar 
hisobining qaydnomasi 

Realizatsiya bo‘yicha moliyaviy 
natija aks ettiriladi (9110 va 9010 
schotlarining yopilishi) 
27 535,6 
25 645,4 
9110 
9910 
9910 
9010 
Olingan bo‘naklar 
hisobining qaydnomasi 

YAST hisoblandi 
1 376,78 
6410 
9820 
Buxgalteriya hisob-
kitobi 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Korxona buxgalteri tomonidan yuqoridagi muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini tekshirib 
auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang.
Masala. “ALSCOM” kompaniyasida 2012 - yil bo‘yicha quyidagi moliyaviy natija 
aniqlangan. Kompaniyaning soliqqa tortilgunga qadar foydasi 2500 000$ ni tashkil etgan. 
Buxgalteriya hisoboti bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori 100 000$, soliq hisoboti 
bo‘yicha hisoblangan amartizatsiya miqdori esa 120 000$ ni tashkil etadi. Kompaniya bank 
kreditidan foydalanganligi uchun, bankka 50 000$ miqdorida foiz to‘lovlarini to‘lagan. Markaziy 
bank tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasi bo‘yicha foiz xarajatlari 40 000$ ni tashkil etadi Soliq 
stavkasi 10% Kompaniya 2008 - yil uchun budjetga 25 000$ daromad solig‘i to‘lagan . 
Talab qilinadi:
1.
Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar to‘g‘ri hisobga olinganligini 
tekshirib, auditorlik hisoboti uchun ma’lumot tayyorlang. 
2.
Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim 
Masala. OAJ umumbelgilangan tartibdagi soliq to‘lovchi hisoblanadi. Jamiyat tarkibida mustaqil 
balansga va alohida hisobraqamiga ega bo‘lgan yuridik shaxs hisoblanuvchi 8 ta sho‘ba korxona 
mavjud. Auditorlik tekshiruvi jarayonida mijoz-korxona tomonidan auditorlarga quyidagi masalalar 
bo‘yicha amaliy maslahatlar berish talab etildi. 
Shu’ba korxonalar yil yakuni bo‘yicha jamiyatga topshirgan balanslari yig‘ilgan holda 
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida olingan sof foyda taqsimlanadi. Sof foydaning dividend 
uchun yo‘naltirilgan qismi aksiyadorlarga (yuridik va jismoniy shaxslarga ) egalik qilayotgan 
aksiyasiga qarab taqsimlanadi, taqsimlangan dividend uchun dividend solig‘i kim tomonidan, 
qanday tartibda to‘lanadi? 


Quyidagi qayd etilgan ko‘rsatkichlar moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotning (2-son 
shaklning) qaysi satrlarida aks ettiriladi:
a) jamiyatni saqlash uchun sho’ba korxonalaridan kelib tushgan to‘lovlar (daromadlar); 
b) sho’ba korxonalarimiz tomonidan bizning hisobraqamga o‘tkazilgan dividendlar;
v) sho’ba korxonalarimiz tomonidan korxonamiz hisobiga o‘tkazib berilgan to‘lovlar hisobidan 
amalga oshiriladigan korxonani boshqarish va boshqa maqsadlardagi xarajatlar.
Talab qilinadi:
1.
Auditorlar tomonidan OAJ buxgalterlariga yuqoridagi masalalar bo‘yicha qanday amaliy 
tavsiyalar yoki maslahat-tushuntirish ishlari amalga oshirilishi lozim? 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
Masala. Chakana savdo korxonasi 10 to‘plamdagi oshxona servizini har bir to‘plam uchun 
750 ming so‘m narx bo‘yicha sotdi. Bir to‘plam servizning xarid qiymati - 650 ming so‘mni tashkil 
qilgan. Korxona buxgalteri tomonidan yuqorida keltirilgan muomalalar buxgalteriya hisobida 
quyidagi tartibda aks ettirilgan: 
T/r 
Xo‘jalik operatsiyalari- 
ning mazmuni 
So‘mma, 
ming so‘m 
Hisobvaraqlar 
korrespondensiyasi 
Yozuvlarni 
tasdiqlovchi 
hujjatlar
 
Debet 
Kredit 
1. 
Sotilgan servizlarning tan-
narxi hisobdan chiqarildi 
6 500 
9220 
2820 
Kassa kirim orderi, 
buxgalteriya hisob-kitobi 
2. 
Servizlarni sotishdan olingan 
daromad aks ettirildi 
6 500 
5110 
9120 
Kassa kirim orderi 
3. 
Sotilgan servizlar bo‘yicha 
savdo ustamasi hisobdan 
chiqarildi 
2 000 
2880 
9220 
Buxgalteriya 
ma’lumotnoma-hisob-
kitobi 
Talab qilinadi:
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Bunday holatda auditorlar qanday yo‘l tutishlari lozim? 
4. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
Masala. Korxona 2013 - yilning boshida 4000 ming so‘mga avtomobil sotib olgan va uni 
sug‘urtalagan. 2013 - yilning ohirida avtomobil avariyaga uchraganligi sababli sug‘urta tashkiloti 
3500 ming so‘m miqdorida sug‘urta to‘lovini to‘lab berdi. Avtomobilning 2013 - yil oxiriga 
bo‘lgan balans qiymati 3000 ming so‘mni tashkil qilgan. Sug‘urta tashkilotidan olingan mablag‘ga 
yangi avtomobil sotib olingan. Buxgalter tomonidan 3500 minig so‘mlik sug‘urta qoplamasi 
daromad sifatida qabul qilingan. 
Talab qilinadi: Mazkur holatda buxgalter to‘g‘ri yo‘l tutganmi. Sizning fikringizcha sug‘urta 
qoplamasining qanday qismi jami yillik daromadga kiritilishi kerak. 
Masala. Auditor tomonidan tekshiruv jarayonida 2012 - yilda “Foton” kompaniyasi 
tomonidan foydali xizmat muddati tugagan uskunani 13 500 ming so‘mga sotilganligi aniqlandi. 
Uskunaning boshlang‘ich qiymati 230000 ming so‘mni, chiqib ketish sanasidagi to‘plangan 
amortizatsiyasi 225000 ming so‘mni, 2012 - yilda uskunaga xizmat qo‘rsatish xarajatlari 10 000 
ming so‘mga teng bo‘lgan. Mazkur xo‘jalik operatsiyasi bo‘yicha kompaniya buxgalteri tomonidan 
asosiy vositalarni chiqib ketishi bilan bog‘liq daromad yoki zarar hisobga olinmagan. 
Talab qilinadi:
1.Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
2. Olingan dalillarga asoslanib yuqoridagi holat amaldagi qonunchilikga muvofiqligini izohlab 
bering. 
Masala. Korxona hisobot davrida quyidagi boshqa daromadlarga ega bo‘lgan: shartnoma 
shartlarini buzganlik uchun mol yetkazib beruvchilardan olingan 114 ming so‘mlik jarima 


so‘mmasi; xaridorlar bilan shartnoma bo‘yicha aniqlangan o‘tgan yil foydasi 40 ming so‘m; da’vo 
muddati tugagan 6 ming so‘mlik kreditorlik qarzlari; inventarizatsiya natijasida aniqlangan ortiqcha 
10 ming so‘mlik tayyor mahsulot kirim qilingan. Mazkur holatlar buxgalter tomonidan quyidagi 
provodkalar bilan rasmiylashtirilgan: 
Debet 5110 “hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti, - 114 ming so‘m; 
Kredit 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”schoti, - 114 ming so‘m; 
Debet 4010 “Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar”schoti,- 40 ming so‘m; 
Kredit 9340 “O‘tkan yil foydasi” schoti,- 40 ming so‘m; 
Debet 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” schoti,- 6 ming so‘m; 
Kredit 6990 “Boshqa majburiyatlar” schoti,- 6 ming so‘m. 
Debet 2810 “Tayyor mahsulot” schoti,- 10 ming so‘m; 
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 10 ming so‘m. 
Talab qilinadi:
1.
Olingan dalillarga asoslanib yuqoridaga holatlar bo‘yicha buxgalter tomonidan yo‘l 
qo‘yilgan(agar mavjud bo‘lsa) xatolarni aniqlab, uni tuzatish va yakunlovchi provodkalar bo‘yicha 
amaliy tavsiyalar bering. 
2.
Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim; 
Masala. Korxona hisobot davrida moliyaviy faoliyat bo‘yicha quyidagi daromadlarga ega 
bo‘lgan: sho‘ba korxonalarga hisoblangan dividendlar 50 ming so‘m; berilgan zayomlar bo‘yicha 
hisoblangan foizlar 40 ming so‘m; debitorlik qarzlar bo‘yicha hisoblangan ijobiy kurs farqlari 70 
ming so‘m; subyektni uzoq muddatli ijara berishdan hisoblangan foizlar -100 ming so‘m. Mazkur 
holatlar buxgalter tomonidan quyidagi provodkalar bilan rasmiylashtirilgan; 
Debet 4840-“Olinadigan dividentlar” schoti,- 50 ming so‘m; 
Kredit 9220-“Boshqa aqtivlarning chiqib ketishi” schoti,- 50 ming so‘m. 
Debet 5110-“Hisob – kitob hisobvarag‘i” schoti,- 40 ming so‘m; 
Kredit 4830-“Olinadigan foizlar schoti,-40 ming so‘m. 
Debet 4010-“Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar” schoti,- 70 ming so‘m. 
Kredit 9390-“Boshqa operatsion daromadlar” schoti,- 70 ming so‘m. 
Talab qilinadi: 
1. Auditor ushbu vaziyatni baholash uchun qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalanishi lozim? 
2. Ushbu holatda auditor qanday audit usullaridan foydalanishi lozim? 
3. Xato va kamchiliklar ro‘yxati jadvalini tuzing.
ASOSIY ADABIYOTLAR 
77.
Karla M.Johnstone, Audrey A.Gramling, Larry E.Rittenberg. Auditing a risk-based 
approach to conducting a quality audit. USA, 2014 910 pages 
78.
Advanced Auditing and Assurance by Louise Kelly, March 2013 
79.
Wally Smieliauskas

Kate Bewley
. Auditing: An International Approach Hardcover. 
McGraw-Hill Ryerson; 6 edition. 800 pages
80.
David O'Regan. International Auditing: Practical Resource Guide 1st Edition, Wiley; 1 
edition, 312 pages.
81.
Audit /darslik/ Sh.N.Fayziev , R.D.Dusmuratov, A.A.Karimov, I.N.Kuziev, 
A.Z.Avlokulov -T.: IQTISOD MOLIYA 2015. 420 bet. 
82.
«Audit» o‘quv qo‘llanma (amaliy mashg‘ulot o‘tish uchun) Meliyev I.I., Qo‘shmatov 
O.Q., Sherimbetov I.X., Avazov I.R. (i.f.n., dotsent I.Qo‘ziyev tahriri ostida) – Т.:IQTOSOD 
MOLIYA, 2015. – 212 b.
QO’SHIMCHA ADABIYOTLAR 
94.
Advanced Auditing and Professional Ethics - CA Final Paperback – 2015 by 
CA Surbhi 
Bansal
 (Author), Bestword Publication Pvt.Ltd; 11 edition (2015) 


95.
Rick Hayes, Philip Wallage, Hans Gortemaker. Principles of auditing. An introduction 
to international standards on auditing. Edingburh Gate, Harlow CM20 2JE UNITED KINGDOM. 
Prentice Hall; 3 edition (March 30, 2015), 736 pages
96.
Аудит: учебное пособие/ В.А.Ерофеева, В.А. Пискунов, Т.И. Битюкова. – 2-е изд. 
перераб. и доп. – М.: Издательство Юрайт, Высшее образование, 2010. -638 с. 
97.
Бычкова С., Итыгалова Е. Аудит: учебное пособие. – М.: “Магистр”, 2009 г. -463 
стр.
98.
Аудит безопасности фирмы: Теория и практика. Учебное пособие для студентов. - 
М.: Парадигма, 2005. - 352 стр.
99.
Аудиторлик фаолияти буйича услубий кулланмалар тупалами./ Х.Косимов, 
Л.Югай, А.Хошимова, Б.Пардаев, Б.Абдуназаров.-Тошкент, 2010.-320 б. 
100.
Сборник методических указаний по аудиту/ Х.Косымов, Л.Югай, А.Хошимова, 
Б.Пардаев, Составитель: Б.Абдуназаров.-Ташкент, 2009.-304 с. 
101.
Грачева М.Е. Международные стандарты аудита (МСА): Учебное пособие. - М.:
Интернет сайтлари: 
 
www.ziyonet.u
z, 
www.lex.uz
 
www.iaсc.оrg.uк

 
www.аicpа.оrg
 
 
www.аccоunting.cом
 
 
www.gааp.ru
 
 
www.аuditinfo.ru
 


16-MAVZU. ICHKI AUDIT ASOSLARI


16-MAVZU. ICHKI AUDIT ASOSLARI 
Takrorlash uchun savollar 
1. Ichki audit xizmatining asosiy vazifalari va funktsiyalarini tushuntirib bering? 
2. Ichki audit natijalari qanday umumlashtiriladi? 
3. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlarini izohlab bering? 
4. Ichki audit xizmatiga qo’yiladigan talablarni tushuntirib bering? 
5. Ichki audit xizmatining mustaqilligi deganda nima tushuniladi? 
6.Ichki audit o’tkazishga va uni o’tkazish natijalari bo’yicha yig’ma hisobot tuzishga qo’yiladigan 
talablarni tushuntirib bering? 
7. Ichki audit xizmatining javobgarligini izohlab bering?
9.O’zbekiston Respublikasi ichki auditni tartibga solish tiziminitushuntirib bering? 
10. Ichki auditorni sertifikatlash tartibini tushuntirib bering?
11. Ichki auditning boshqa xizmatlar va tashkilotlar bilan o’zaro aloqasini tushuntirib bering?
12. Ichki auditni o’tkazish bosqichlarini tushuntirib bering?
13. Ichki audit xizmati ishini rejalashtirish qanday amalga oshiriladi?
14. Kichik biznes korxonalarida ichki auditning xususiyatlarini tushuntirib bering? 
MAVZU BO’YICHA MASALALAR 
Masala.

Yüklə 3,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   616   617   618   619   620   621   622   623   624




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə