Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali iqtisod guruhi talabasi tayyorlagan taqdimoti



Yüklə 7,29 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü7,29 Kb.
#164099
nabiyev ziyodjon

Toshkent kimyo-texnologiya instituti Shahrisabz filiali iqtisod guruhi talabasi tayyorlagan taqdimoti

TAYYORLADI: NABIYEV ZIYODJON

TEKSHIRDI: ABDURAHMONOVA NAFOSAT

Mavzu: Global muammolar va barqaror taraqqiyot

Reja:  1. Globallashuv, globalistika va barqaror taraqqiyot tushunchalarining mohiyati 2. Global jarayonlar tasnifi. 3. Pandemiya - XXI asrning global muammosi. 4. Global makonda axborot texnologiyalari, sun`iy intellect va virtual reallikning  mutanosibligi. 5. Zamonaviy texnikaning insonparvarlashuvi.

  • Globallashuv hodisasi va uning mohiyati, xususiyatlariFalsafa va hozirgi zamon. Falsafa nafaqat insonning azaliy muammolari va g‘am-tashvishlarini, balki uning so‘nggi yillarda fan-texnika taraqqiyoti ta’sirida tobora jadalroq sur’atlarda, shu jumladan dunyo miqyosida o‘zgarayotgan real hayoti kundalik amaliyotini ham  aks ettiradi. SHu munosabat bilan yuzaga kelayotgan yangi hodisalar, g‘ayrioddiy qiyinchiliklar va alohida sharoitlar olimlarning ham, faylasuflarningham e’tiborini tortmoqda. Bunda falsafaning fandan ustunligi shundaki – u o‘z xulosalarida tafsilotlar va muayyan dalillarga mahkam yopishib olmaydi, ayrim, uzuq-yuluq va o‘tkinchi narsalarni osongina chetlab o‘tadiki, bu unga asosiy e’tiborni ishning mohiyatiga qaratish, rivojlanishning eng muhim omillari va asosiy jarayonlarini qayd etish imkonini beradi. 

 Jahonda iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot yutuqlariga qaramasdan boy va kambagal mamlakatlar oʻrtasidagi farq oʻsib bormoqsa. 20-asr oxirida rivojlangan mamlakatlar jahon yalpi milliy mahsulotining 86 %ini ishlab chiqargan boʻlsa, kambagʻal davlatlar atigi 1 %ni ishlab chiqardi.

  • Global muammolar — umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq hozirgi zamon muammolari. Ular jumlasiga jahon termoyadro urushining oldini olish, xalqaro terrorchilikka qarshi kurash va barcha xalqlar uchun tinchlikni taʼminlash; rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oʻrtasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasidagi tafovutni bartaraf etish, ochlik, qashshoqlik va savodsizlikni tugatish, rivojlanayotgan mamlakatlarda aholining tez surʼatlar bilan koʻpayayotganligini tartibga solish, atrof muhit halokatli tarzda ifloslanib borayotganligining oldini olish; insoniyatni kerakli resurslar — oziq-ovqat, sanoat xom ashyosi, energiya manbalari bilan taʼminlash, fan va texnika taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.
  • Global muammolarlarni 4 guruxga ajratish mumkin: 1) xalqaro siyosiy munosabatlarda vujudga kelgan global muammolar — jahonda rivojlangan, rivojlanib kelayotgan va qoloq mamlakatlarning mavjudligi. Hoz. kunda jahon siyosiy tartibotini belgilashda dunyodagi 7 rivojlangan mamlakatning mavqei katta.
  • Hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Shanxay hamkorlik tashkilotining Samarqand sammiti: oʻzaro bogʻliqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” nomli maqolasida taʼkidlanganidek “Bugun biz yashayotgan, jarayonlar oʻzaro chambarchas bogʻlangan dunyoda xavfli muammolar girdobidan chiqishning yakkayu yagona yoʻli – konstruktiv muloqot va har bir tarafning manfaatlarini hisobga olish va hurmat qilishga asoslangan koʻp tomonlama hamkorlikdir. Aynan inqiroz va boʻhronlar davrida mamlakatlar, ular xoh katta, oʻrta yoki kichik boʻlsin, oʻzlarining tor doiradagi manfaatlarini ustun qoʻymasdan, aksincha, asosiy eʼtiborni global hamjihatlikka qaratishlari lozim.
  • Hozirgi zamonda global miqyosda shiddatli oʻzgarishlar yuz bermoqda, xalqaro maydonda kuchlarning yangi nisbati shakllanmoqda. Shu bilan birga, xalqaro maydonda yangi tahlikalar paydo boʻlmoqda va bu holat dunyo davlatlarini yuzaga kelayotgan muammolarga munosib yechim topish, siyosiy va iqtisodiy strategiyalarni yangilashga majbur qilmoqda.
  • Tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga xavf tugʻdirayotgan, har qaysi mamlakatga raxna soladigan tahdid va xatarlarga qarshi umumiy saʼy-harakat va imkoniyatlarni birlashtirish va safarbar etish barchamiz uchun birdek manfaatlidir”. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ushbu takliflar xalqaro maydonda barcha muammoli masalalarni yakdillik, oʻzaro hurmat va hamjihatlik asosida hal yetish, dunyoning yetakchi davlatlari va boshqa mamlakatlari bilan muvozanatli va oʻzaro manfaatli aloqalar yuritish jahonda yuz berayotgan iqtisodiy, siyosiy muammolarning yagona yechimi hisoblanadi.
  •  Globallashuv — butunjahon iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir birga yaqinlashuv) jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi kuchi va ishlab chiqarish resurlarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy va texnologik jarayonlarni standartlashtirish, shuningdek, turli mamlakatlarning madaniyatining qo‘shilish va yaqinlashuvidir. Bu ob’ektiv jarayon bo‘lib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli xususiyatga ega.
  • Jahon olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqot-larda «Globallashuv» tushunchasiga turli ta’riflar berilmoqda va unga turli qarashlar va munosabatlarni bildirish davom etib kel-moqda.

Yüklə 7,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə