Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti


III MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING MAVZUSI



Yüklə 181,63 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/15
tarix12.06.2023
ölçüsü181,63 Kb.
#116837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
desertatsiya haqida

III MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING MAVZUSI
Dissertatsiya ishi mavzusi ishlab chiqarish, ta’lim, iqtisodiyot, fan-texnika, ijtimoyi
sohalarning dolzarb masalalarga bag‘ishlanishi, muayyan bir vazifaning ilmiy
asoslangan yechimni topishga, tavsiyalar ishlab chiqishga, statistik ma’lumotlar
taxliliga qaratilgan bo‘lishi shart.
To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalar tomonidan bajariladigan
dissertatsiya ishlari mavzulari buyurtmachi tashkilotlar tomonidan taklif etilishi
maqsadga muvofiq.
Dissertatsiya ishi mavzulari mutaxasislik kafedralari yig‘ilishlarida muhokamadan
o‘tkaziladi.
Dissertatsiya ishi mavzulari va ilmiy rahbarlar kafedra taqdimnomasiga muvofiq
“Magistratura bo‘limi” tavsiyasi asosida birinchi o‘quv yilinining ikkinchi semestri
boshlanishiga qadar rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.


8
Tasdiqlangan dissertatsiya ishi mavzulari talabalarga birinchi o‘quv yilining
semetri boshlangandan keyin ikki hafta davomida taqdim etiladi.
Dissertatsiya ishi mavzulari taqdim etilgandan keyin bir hafta muddatda ilmiy
rahbar bilan birgalikda talaba (magistrant)ning o‘rnatilgan shakldagi “SHaxsiy ish
rejasi” ishlab chiqiladi va o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlanadi.
IV MAGISTRLIK DISSERTATSIYASINING TARKIBIY TUZILISHI VA
MAZMUNI
Dissertatsiya ishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
Titul varog‘i (ilova 1);
Mundarija;
Kirish;
Asosiy qism (2-3 bobdan iborat);
Xulosa;
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalar.
Mundarija kirish, bob va paragroflar nomlari, ular joylashgan sahifa betlari
ko‘rsatiladi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari,
amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot ob’ekti, predmeti hamda dissertatsiyaning
tuzilish (hajmi, rasmlar va jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar soni) yoritiladi.
Dissertatsiya ishining asosiy qismida mavzu bo‘yicha shu kungacha amalga
oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yangiliklar, ixtirolar, me’yoriy ko‘rsatkichlar tahlil
qilinadi hamda ularga tayangan holda ilgari surilgan g‘oya fikrlar ilmiy jihatdan
asoslanib tegishli yechimlar, takliflar tavsiya etiladi.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalar va
aniq takliflar, shu jumladan, dissertatsiya ishini bajarish davrida magistrantning shaxsan
erishgan natijalari ham mujassamlashtiriladi. Qisqa xulosa va takliflar dissertatsiya
ishining ayrim boblari yakunida ham beriladi.
Dissertatsiya ishini bajarish jarayonida foydalanilgan va o‘rganib chiqilgan
adabiyotlar, shu jumladan xorijiy adabiyotlar, me’yormiy xujjatlar, nashr qilingan ilmiy
maqolalar, olingan patentlar ro‘yxati va internet ma’lumotlari matnda ishlatilishi ketma-
ketligida beriladi.


9
Magistrlik dissertatsiyasining sifatini yanada oshirish maqsadida tegishli mavzu
yuzasidan kamida ikkita maqola tayyorlashni tasiya etiladi.
Ilovalar qismida dissertatsiya ishining ayrim bo‘limlari uchun zarur bo‘lgan
ko‘rgazmali chizma, sxema, jadval va rasmlar keltiriladi.

Yüklə 181,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə