Toshkent Farmatseftika insituti Farmatsiya fakulteti



Yüklə 106,63 Kb.
səhifə2/3
tarix31.05.2022
ölçüsü106,63 Kb.
#88480
1   2   3
5.Sikl.ISitish va sovutish mashinalari.Karno sikl

Carnot sikli — navbatma-navbat oʻzaro almashinib turuvchi ikki izotermik jarayon va ikki adiabatik jarayondan iborat qaytar aylanma issiqlik jarayoni. Uni birinchi boʻlib Nicolas Léonard Sadi Carnot oʻrgangan (1824). Rasmda Carnot sikli koordinatalari {\displaystyle r}{\displaystyle r} (bosim) va {\displaystyle V}{\displaystyle V} (hajm) da koʻrsatilgan. Carnot siklida ish jismi temperatura G, li issiq jism bilan taʼsirlashib, Qt issiklikni oladi (bunda bugʻ kengayadi va ish bajaradi, izoterma 1—2). Soʻngra ish jismi adiabatik kengayib, temperatura T2 gacha soviydi (adiabata, 2—3).

Shu temperatura T2 da ish jismi izotermik siqiladi va u Q2 issiqlikni sovitkichga beradi (izoterma, 3—4). Nihoyat, ish jismi Tt temperaturali boshlangʻich holatga qaytadi (adiabata, 4—1). Bunday jarayonda ish jismi bajargan foydali ish {\displaystyle pV}{\displaystyle pV} tekislikda izoterma va adiabata chiziqlar bilan chegaralangan yuzaga teng.Issiqlik mashinasining foydali ish koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi: Q-Q2 A

Carnot siklining foydali ish koeffitsiyenti faqat isitkich bilan sovitkichning temperaturasiga bogʻliq boʻlib ish bajaruvchi jismning xossalariga bogʻliq emas.Carnot siklini tahlil qilib, quyidagi muhim xulosalarga kelish mumkin: a) aynan bir xil sharoitlarda, yaʼni isitkich va sovitkichlarning temperaturalari bir xil boʻlganda barcha qaytuvchan mashinalarning foydali ish koeffitsiyenti bir xil boʻladi; b) qaytmas mashinaning foydali ish koeffitsiyenti ish sharoiti oʻxshash boʻlgan qaytuvchan mashinaning foydali ish koeffitsiyentidan hamisha kichik boʻladi. Carnot sikli termodinamika va teplotexnikaning rivojlanishida muhim rol oʻynaydi.

Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni 1824 yilda S. Karno tomonidan ochilgan va Karno sikli bilan bog’langan. Shunga ko’ra, bu sikl amaliy hamda tarixiy ahamiyatga egadir. Karno siklida, o’z – o’zicha bormaydigan jarayonlarning borishi uchun ularni o’z – o’zicha boruvchi jarayon bilan qo’shib birgalikda olib borish kerakligi yaqqol ko’rsatilgan. Karno siklida, o’z – o’zicha bormaydigan – issiqlikni ishga aylanish jarayoni o’z – o’zicha boruvchi jarayonni issiqlikning issiq jismdan sovuq jismga o’z – o’zicha o’tish jarayoni bilan qo’shib birgalikda olib borganda amalga oshishi mumkinligi ko’rsatilgan. Shu bilan birga texnikada amaliy ahamiyatga ega bo’lgan foydali ish koeffitsienti () ning nimalarga bog’liqligi va uni oshirish usullari ko’rsatilgan.


Yüklə 106,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə