Тошкент фармацевтика институти


-ilova Guruh bilan ishlash qoidalari



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə16/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20

1-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari





Mustaqil shug‘ullanish uchun testlar:
1. O‘tkir yiringli infeksiyalarning oldini olish tadbirlariga kirmaydi

A. Aseptika-antiseptika qoidalariga amal qilish

B. Bo‘limdagi xodimlarni sanatsiya qilish

V. Yiringli kasallik aniqlangan bemorlarni alohidalash

G. Zardob yuborish

D. Faol emlash


2. Furunkul deb nimaga aytiladi?

A. Soch qopchasi, ter bezlarining yiringli yallig‘lanishi

B. Limfa tomirlarining yallig‘lanishi

V. Limfa bezlarining yallig‘lanishi

G. Teri osti to‘qimalarining tarqalgan yiringli yallig‘lanishi

D. To‘qimalarning chegaralangan yiringli yallig‘lanishi


3. Absess deb nimaga aytiladi?

A. Soch qopchasi, ter bezlarining yiringli yallig‘lanishi

B. Limfa tomirlarining yallig‘lanishi

V. Limfa bezlarining yallig‘lanishi

G. Teri osti to‘qimalarining tarqalgan yiringli yallig‘lanishi

D. To‘qimalarning chegaralangan yiringli yallig‘lanishi


4. Sepsis uchun tegishli belgini ajrating.

A. Turg‘un va yuqori isitma holati

B. Kamqonlik

V. Leykostitlar soni kamayishi

G. Arterial bosimning yuqori bo‘lishi

D. Teri allergik reaksiyalari


5. Gazli gangrenaga xos belgini aniqlang.

A. Terida yiringli yallig‘lanishni bo‘lishi

B. Teri ostida gaz pufaklarining yig‘ilishi

V. Tana haroratining tushib ketishi

G. Arterial bosimning yuqori bo‘lishi

D. Teri allergik reaksiyalari


6. qoqsholga xos belgini aniqlang

A. Terida yiringli yallig‘lanishni bo‘lishi

B. Teri ostida gaz pufaklarining yig‘ilishi

V. Tana haroratining tushib ketishi

G. Arterial bosimning yuqori bo‘lishi

D. Mushaklarning tonik va klonik tirishishlari





12-MAVZU

O‘tkir jarroxlik kasalliklari va unda BTYO

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

O‘quv soati: 3 soat

talabalar soni: ta

O‘quv mashg‘uloti shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish to‘g‘richa seminar mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulotining rejasi

  1. Surunkali jarroxlik infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha. O‘tkir appenditsitda BTYO tadbirlari.

  2. O‘tkir xoletsistit, sabablari, belgilari va BTYO

  3. O‘tkir pankreatit, sabablari, belgilari va BTYO

  4. O‘tkir peritonitlar,sabablari, belgilari va BTYO

  5. O‘tkir ichak tutilishi va unda BTYO.

  6. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida BTYO

O‘kuv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga o‘tkir jarroxlik kasalliklari va ularda ko‘rsatiladigan BTYO xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

talabalarni o‘tkir jarroxlik kasalliklariningturlari,belgilari va ularda ko‘rsatiladigan BTYO tadbirlari bilan tanishtirish.



O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar appenditsit,o‘tkir ichak tutilishi,o‘n ikki barmoqli ichak, me’da yaralarining sabablari, belgilari va BTYO tadbirlari bilan tanishadilar

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Monitoring va baholash

Savol-javob, test

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

O‘quv mashg‘ulotiga kirish (15 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar



2-bosqich.

Asosiy bosqich

(90 daq)


Surunkali jarroxlik infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha. O‘tkir appenditsitda BTYO tadbirlari.

  1. O‘tkir xoletsistit, sabablari, belgilari va BTYO

  2. O‘tkir pankreatit, sabablari, belgilari va BTYO

  3. O‘tkir peritonitlar,sabablari, belgilari va BTYO

  4. O‘tkir ichak tutilishi va unda BTYO.

  5. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida BTYO

2.1.Tushunchalarga ta’rif beradilar

2.2.talabalar savollarni muhokama qiladilar, javoblarni aniqlashtiradilar, o‘zlarining qarashlarini shakllantiradilar.

2.3. Berilgan vazifalarni ish daftariga yozadilar.

2.4. Vazifalarni bajaradilar,

2.5. Savol beradilar.

2.6. vaziyatli masalalarni echadilar, o‘rganadilar va o‘z bilimlarini mutsahkamlaydilar.

2.7. Ballarni bilib oladilar


3-bosqich.

YAkuniy


(15 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «O’tkir terapevtik kasalliklari va unda BTYO (Bronxial astma.yurak ishemik kasalligi , yurak astmasi.)» beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

1-ilova

Pedagogik texnologiya usullari.



Bu uslubda 3 ta yoki 5 ta guruxga material tarqatiladi va xar bir gurux yakka xolda belgilaydi. Keyin bu material guruxlarga aralashtirib beriladi va yana belgilanadi, xar bir gurux bilganini belgilagandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob o‘rtoqlanadi.




Mustaqil shug‘ullanish uchun testlar:
1. Appenditsitga xos bo‘lgan belgini aniqlang

A. qorin devori mushaklarining tarangligi

B. Leykostitlar sonining kamayishi

V. O‘tkir kamqonlik

G. Holsizlanish

D. To‘sh sohasida og‘riq


2. Me’dadan qon ketganda kuzatiladigan asosiy belgini aniqlang.

A. qorin devori mushaklarining tarangligi

B. Leykostitlar sonining kamayishi

V. Kofe qo‘yqasi ko‘rinishida qusish.

G. Holsizlanish

D. Tush sohasida og‘riq


3. Me’da va 12 barmoqli ichak yarasi teshilganda BTYO ni aniqlang.

A. Bemorga suyuqlik ichirish

B. Me’dani chayish

V. Huqna qilish

G. qorin sohasiga issiq qo‘yish

D. Muzli xaltacha qo‘yish.


4. O‘tkir xolitsistit kasalligi turlariga kirmaydi

A. Kataral xoletsistit

V.Gangrenoz xoletsistit

V. Flegmanoz xoletsistit

G. Septik xoletsistit

D. To‘g‘ri javob yo‘q.


5. O‘tkir pankreatit va appenditsit kasalliklarida BTYO ni aniqlang.

A. Oshqozonni yuvish

B. Huqna qilish

V. Antibiotiklar berish

G. Muzli xaltacha qo‘yish

D. qayt qildirish.


6. Buyrak tosh kasalligida asosiy belgini aniqlang

A. qayt qilish

B. yo‘tal

V. qabziyat

G. Belda qattiq og‘riq

D. Ko‘ngil aynish.






13-MAVZU

O’tkir terapevtik kasalliklari va unda BTYO(Bronxial astma.yurak ishemik kasalligi , yurak astmasi.)

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

O‘quv soati: 3 soat

talabalar soni: ta

O‘quv mashg‘uloti shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha seminar mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulotining rejasi

  1. Stenokardiya kasalligi, belgilari, tibbiy yordam tadbirlari

  2. Miokard infarkti, sabablari, belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  3. YUrak va bronxial astmasi, tibbiy yordam va davolash prinsiplari

  4. O‘pka shishi, unda BTYO tadbirlari

O‘kuv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga bronxial astma,yurak ishemik kasalligi va yurak astmasining chikishi va kechishi xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

  • talabalarni o‘tkir terapevtik kasalliklarning asosiy belgi-lari, turlari va ularda ko‘rsa-tiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar yurak ishemik kasalligi va bronxial astmada kuzatiladigan belgilar va ularda ko‘rsatiladigan BTYO ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Monitoring va baholash

Savol-javob, test

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

O‘quv mashg‘ulotiga kirish (15daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(90 daq)


  1. Stenokardiya kasalligi, belgilari, tibbiy yordam tadbirlari

  2. Miokard infarkti, sabablari, belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  3. YUrak va bronxial astmasi, tibbiy yordam va davolash prinsiplari

  4. O‘pka shishi, unda BTYO tadbirlari

2.1.Tushunchalarga ta’rif beradilar

2.2.talabalar savollarni muhokama qiladilar, javoblarni aniqlashtiradilar, o‘zlarining qarashlarini shakllantiradilar.

2.3. Berilgan vazifalarni ish daftariga yozadilar.

2.4. Vazifalarni bajaradilar,

2.5. Savol beradilar.

2.6. vaziyatli masalalarni echadilar, o‘rganadilar va o‘z bilimlarini mutsahkamlaydilar.

2.7. Ballarni bilib oladilar


3-bosqich.

YAkuniy


(15daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyat-larida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’ti-bori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi: “O’tkir terapevtik kasalliklari va unda BTYO (tutqanoq, buyrak sanchig‘i, miyaga qon quyilishi, diabetik komalar )”beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

Pedagogik texnologiya usullari.

  1. ilova



Guruh bilan ishlash qoidalari

Klatser usuli” bo‘yicha mashhulot o‘tkazish uchun talabalarni 3 guruxga bo‘linadilar. Ulardan 1 miokard infarkti, 2 bronxial astma, 3 yurak astmasi xolatlari bo‘ladilar. Xar bir gurux yuqorida keltirilgan xolatlarda kuzatiladigan va unda ko‘rsatiladigan BTYOni gapirib o‘tadilar.


Mustaqil shug‘ullanish uchun testlar:

1. YUrak porogi kasalligining ikkinchi bosqichida kuzatiladigan belgilarni aniqlang.

A. Organlarning morfologik jihatdan o‘zgarishi

B. Venoz qon dimlanishi,oyoqlarda shish paydo bo‘lishi

V. Bo‘g‘ilish, balg‘am ajralishi

G. YUrakning uynashi, bemorning ozib ketishi

D. Bosh aylanishi, bosh og‘rishi, quloq shang‘illashi.



2. Miokard infarktiga olib keluvchi asosiy sabablarni ko‘rsating.

A. Kuchli ruhiy yoki jismoniy zuriqish

B. Revmatizm

V. Kamqonlik

G. YUrak porogi

D. Bronxial astma



3. Stenokardiya xurujining sabablarini aniqlang

A. Miokard gipoksiyasi

B. YUrak klapanlarining nuqsoni

V. Miokard bir qismining nekrozi

G. YUrak ritmining buzilishi

D. Hammasi to‘g‘ri



4. Miokard infarktida kuzatiladigan asosiy o‘zgarishni aniqlang

A. Miokard gipoksiyasi

B. YUrak klapanlarining nuqsoni

V. Miokard bir qismining nekrozi

G. YUrak ritmining buzilishi

D. Hammasi to‘g‘ri



5. Bronxial astma xurujida ishlatiladigan preparatni aniqlang

A. Salbutamol

B. Kofein

V. Validol

G. Nitroglitserin

D. Korvalol




14-MAVZU

O’tkir terapevtik kasalliklari va unda BTYO(tutqanoq,buyrak sanchig‘i,miyaga qon quyilishi, diabetik komalar )

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

O‘quv soati: 3 soat

talabalar soni: ta

O‘quv mashg‘uloti shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha seminar mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulotining rejasi

Tutqanoq kasalligi, turlari, tibbiy yordam tadbirlari

  1. Buyrak sanchig‘i, asosiy belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  2. Miyaga qon quyilganda tibbiy yordam va davolash prinsiplari

Giper- va gipoglikemik komalar, sabablari, belgilari va BTYO.

O‘kuv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga tutqanoq, buyrak sanchig‘i,miyaga qon quyilishi va komalar kelib chikishi va ularda BTYO xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

  • talabalarni o‘tkir tera-pevtik kasalliklarning asosiy belgilari, turlari va ularda ko‘rsatiladigan birinchi tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish.

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • mavzuni o‘zlashtirish davomida talabalar tutqanoq, o‘tkir buyrak sanchig‘i, miyaga qon quyilganda va diabetik komalarda kuzatiladigan belgilar va ularda ko‘rsatiladigan BTYO ko‘nikmalarini hosil qiladilar.

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Monitoring va baholash

Savol-javob, test

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

Talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

O‘quv mashg‘ulotiga kirish (15 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(90 daq)


  1. Tutqanoq kasalligi, turlari, tibbiy yordam tadbirlari

  2. Buyrak sanchig‘i, asosiy belgilari va tibbiy yordam tadbirlari.

  3. Miyaga qon quyilganda tibbiy yordam va davolash prinsiplari

  4. Giper- va gipoglikemik komalar, sabablari, belgilari va BTYO.




2.1.Tushunchalarga ta’rif beradilar

2.2.talabalar savollarni muho-kama qiladilar, javoblarni aniqlashtiradilar, o‘zlarining qarashlarini shakllantiradilar.

2.3. Berilgan vazifalarni ish daftariga yozadilar.

2.4. Vazifalarni bajaradilar,

2.5. Savol beradilar.

2.6. vaziyatli masalalarni echadilar, o‘rganadilar va o‘z bilimlarini mutsahkamlaydilar.

2.7. Ballarni bilib oladilar


3-bosqich.

YAkuniy


(15 daq)

3.1.Mavzu bo‘yicha yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talaba-lar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «Reanimatsiya usullari tug‘risida tushuncha» beriladi.

Savollarga javob beradi



Savollar berishadi

Pedagogik texnologiya usullari.

1-ilova

Guruh bilan ishlash qoidalari





Guruhlar uchun savollar




Mustaqil shug‘ullanish uchun testlar:

1. Miyaga qon quyilishiga olib keladigan kasallikni aniqlang.

A. O‘tkir gepatitlar

B. Temir etishmaslik kamqonligi

V. Bronxial astma

G. qandli diabet

D. Gipertoniya


2. Gipertonik krizning asosiy belgilarini ko‘rsating.

A. Bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, arterial bosimning to‘satdan ko‘tarilishi.

B. Venoz qon dimlanishi,oyoqlarda shish paydo bo‘lishi

V. Bo‘g‘ilish, balg‘am ajralishi.

G.Ko‘krak qafasida qattiq og‘riq, arterial bosimning tushib ketishi

D. Tana harorati pasayishi, bemorning ko‘karib ketishi.


3. Buyrak sanchig‘iga olib keluvchi asosiy kasallikni aniqlang.

A. Buyrak-tosh kasalligi

B. Buyrakda o‘smalar bo‘lishi

V. Sil


G. Buyrakning yallig‘lanish kasalliklari

D. Hammasi to‘g‘ri


4. Giperglikemik komada ishlatiladigan preparatni aniqlang

A. Adrenalin

B. Insulin

V. 40 % li glyukoza eritmasi

G. Validol

D. Nitroglitserin


5. Tutqanoqning katta xurujida ishlatiladigan preparatni aniqlang

A. Benzonal

B. Kofein

V. Validol

G. Valokardin

D. Korvalol




15-MAVZU

Reanimatsiya usullari tug‘risida tushuncha

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

O‘quv soati: 3 soat

talabalar soni: ta

O‘quv mashg‘uloti shakli


Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha seminar mashg‘ulot

Amaliy mashg‘ulotining rejasi

1.Reanimatsiya to‘g‘risida tushuncha.

2. SHok, uning turlari va unda tibbiy yordamning umumiy tamoyillari.

3. CHo‘kkanda birinchi yordam tadbirlari.

4. Elektr toki urganda birinchi yordam tadbirlari.



O‘kuv mashg‘ulotining maqsadi: Talabalarga terminal xolatlar va ularda ko‘rsatiladigan BTYO xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:


  • Talabalarga turli xil terminal xolatlarda birinchi yordam berishni o‘rgatish

O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

  • talabalar terminal holatlarning bosqichlari, kollaps, shok, klinik va biologik o‘lim belgilari bilan tanishadilar va nafas, yurak faoliyatini tiklash ko‘nikmalarini o‘zlashtiradilar

Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot, tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

Monitoring va baholash

Savol-javob, test


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə