Тошкент фармацевтика институти



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə10/20
tarix21.03.2018
ölçüsü1,6 Mb.
#32920
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20

BTYO. Boshni yuqoriga qaratib yotqizilgan xolda zambilda kasalxonaga jo‘natiladi. Davolash 4-5 hafta olib boriladi va miya shishini oldini olishdan, miyaga qon quyilganda punksiya qilish, miya oziqlanishini yaxshilash va yallig‘lanishga qarshi kurashdan iborat bo‘ladi.

Miya chayqalishi. SHikastlanish tufayli miyada morfologik o‘zgarishlar ro‘y bermasdan faqat uning faoliyatini buzilishi miya chayqalishi deyiladi. Engil darajada qisqa vaqt es-xushni yo‘qotish, qusish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi kuzatiladi. O‘rta darajasida bir necha soat es-xushini yo‘qotish. adinamiya, nitsagm, qorachiqni torayishi, pulsni sekinlashishi, nafasni tez va yuzaki bo‘lishi kuzatiladi. Og‘ir xollarda esa es-xushi uzoq vaqt tiklanmaydi, puls va nafas olish sekinlashadi, nevrologik o‘zgarishlar kuzatiladi.



BTYO. Miyasi chayqalgan odam shifoxonada uzoq vaqt davolanadi. Qo‘zg‘alish alomatlari bo‘lganda morfin, lyuminal yoki veronal buyuriladi, boshiga muzli xalta quyiladi. Uzoq vaqt xushsiz yotganda natriy xloridning 10 % eritmasidan 10-20 ml, glyukozaning 40 % li eritmasidan 20-40 ml venaga, 25 % magniy sulfat 4 ml mushaklar orasiga yuboriladi, magniy sulfatning 50 % li eritmasini klizma qilish mumkin. Kala ichki bosimini tushirish uchun diuretiklardan (furosemid, triamterin) xam foydalanish mumkin. Sedativ va tomirlarni kengaytiruvchi vositalardan foydalaniladi.

Umurtqa pog‘onasining SHikastlanishi-qurilish, tog‘da ishlovchilar, qishloq xo‘jalik ishlarini bajarayotganlar, sportchilar orasida uchrashi mumkin. Umurtqa pog‘onasi yopiq va ochiq sinishi mumkin.

Belgilari: singan soxaning shishib qolishi, og‘riq, harakatsizlik va b. Ko‘pincha to‘liq va qisman falajlik (parez va gemeparez), sezuvchanlikning yo‘qolishi, chanoq a’zolari faoliyati buzilishi kuzatiladi.

BTYO. Bemorni qimirlatmasdan kasalxonaga jo‘natiladi. Uzoq vaqt o‘rinda yotish, tortib qo‘yish, gipsli korset, davolash fizkulturasi, fizioterapiya va boshqa usullardan foydalaniladi.


6-MAVZU

O’tkir va surunkali jarrohlik infeksiyalari.

O‘tkir jarroxlik kasalliklari va unda BTYO.

TA’LIMNING TEXNOLOGIK MODELI

ma’ruza soati: 2 soat

talabalar soni: ta

ma’ruza shakli

Bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish buyicha ma’ruza

Ma’ruza rejasi

  1. O‘tkir yiringli infeksiyalar: panaritsiy, furunkul, karbunkul, limfadenit, limfangit, absess, flegmonalarning sabablari va davolash .

  2. Sepsis va uni davolash usullari

  3. Yiringli infeksiyalarni oldini olish tadbirlari

  4. Yiringli infeksiyalarni davolashning umumiy usullari

  5. Qoqshol, uni oldini olish va davolash tadbirlari.

  6. Surunkali jarroxlik infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha. O‘tkir appenditsitda BTYO tadbirlari.

  7. O‘tkir xoletsistit, sabablari, belgilari va BTYO

  8. O‘tkir pankreatit, sabablari, belgilari va BTYO

  9. O‘tkir peritonitlar,sabablari, belgilari va BTYO

  10. O‘tkir ichak tutilishi va unda BTYO.

  11. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida BTYO

Ma’ruzaning maqsadi:Talabalarga o‘tkir va surunkali jarroxlik infeksiyalari va o‘tkir jarroxlik kasalliklari xakida tulik ma’lumot berish

Pedagogik vazifalar:

talabalarni o‘tkir va surunkali jarroxlik infeksiyalari va ularda ko‘rsatiladigan tibbiy yordam tadbirlari bilan tanishtirish.

SHuningdek, o‘tkir jarroxlik kasalliklarining turlari,belgilari va ularda ko‘rsatiladigan BTYO tadbirlari bilan tanishtirish.


O‘quv faoliyatining natijalari:

talabalar biladilar:

talabalar furunkul, karbunkul, limfadenitlar, absess,flegmona kabi maxalliy yiringli infeksiyalar, shuningdek, gazli gangrena va qoqshol kabi kasalliklar,appenditsit,o‘tkir ichak tutilishi,o‘n ikki barmoqli ichak, me’da yaralarining sabablari, belgilari va BTYO tadbirlari bilan tanishadilar.



Ta’lim usullari

seminar mashg‘ulot,tezkor so‘rov, munozara.

Ta’lim vositalari

Darslik, o‘quv ko‘rsatmalar, ko‘rgazmali materiallar.

O‘qitish shakllari

Ommaviy, jamoaviy

O‘qitish shart-sharoiti

Maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan xona

II. TA’LIMNING TEXNOLOGIK XARITASI

Ta’lim shakli. Ish bosqichi

Faoliyat

o‘qituvchiniki

talabalarniki

Seminar mashg‘ulot: tayyorgarlik bosqichi

1-bosqich.

Ma’ruzaga kirish (10 daq)



1.1. Mavzuning maqsadi, rejadagi o‘quv natijalarini e’lon qiladi, ularning ahamiyatini va dolzarbligini asoslaydi.

Tinglaydilar, yozib oladilar

2-bosqich.

Asosiy bosqich

(60 daq)


  1. O‘tkir yiringli infeksiyalar: panaritsiy, furunkul, karbunkul, limfadenit, limfangit, absess, flegmonalarning sabablari va davolash.Sepsis va uni davolash usullari

  2. Yiringli infeksiyalarni oldini olish tadbirlari

  3. Yiringli infeksiyalarni davolashning umumiy usullari

  4. Qoqshol, uni oldini olish va davolash tadbirlari.

  5. Surunkali jarroxlik infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha. O‘tkir appen-ditsitda BTYO tadbirlari.

  6. O‘tkir xoletsistit, sabablari, belgilari va BTYO

  7. O‘tkir pankreatit, sabablari, belgilari va BTYO

  8. O‘tkir peritonitlar,sabablari, belgilari va BTYO

  9. O‘tkir ichak tutilishi va unda BTYO.

  10. Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida BTYO

2.1. Savollar beradi.

2.2.Ma’ruzani tinglagan talaba tushunchalarini daftariga yozadi



3-bosqich.

YAkuniy


(10 daq)

3.1.Mavzu to‘g‘richa yakun qiladi, olingan bilimlarni kelgusida kasbiy faoliyatlarida ahamiyatga ega ekanligi muhimligiga talabalar e’tibori qaratiladi.

3.2.Mustaqil ish uchun topshiriq beriladi.

3.3.Kelgusi mashg‘ulot uchun mavzusi «O’tkir terapevtik kasalliklari va unda BTYO(Bronxial astma.yurak ishemik kasalligi , yurak astmasitutqanoq,

buyrak sanchig‘i,miyaga qon quyilishi, diabetik komalar )» beriladi.

Savollarga javob beradi


Savollar berishadi

  1. ilova



«Akliy xujum» savollari



Savollar

1.

O‘tkir yiringli infeksiyalar: panaritsiy, furunkul, karbunkul, limfadenit, limfangit, absess, flegmonalarning sabablari va davolash Sepsis va uni davolash usullari

2.

Yiringli infeksiyalarni oldini olish tadbirlari va

davolashning umumiy usullari



3

Qoqshol, uni oldini olish va davolash tadbirlari.

4

Surunkali jarroxlik infeksiyasi to‘g‘risida tushuncha. O‘tkir appenditsitda BTYO tadbirlari.

5

O‘tkir xoletsistit, sabablari, belgilari va BTYO

6

O‘tkir pankreatit, sabablari, belgilari va BTYO

7

O‘tkir peritonitlar,sabablari, belgilari va BTYO

8

O‘tkir ichak tutilishi va unda BTYO.

Me’da va o‘n ikki barmoqli ichak yarasi teshilishida BTYO




6– ma’ruza.

O‘TKIR JARROXLIK INFEKSIYALARI. O‘TKIR JARROHLIK KASALLIKLARI

Reja:


  1. O‘tkir jarrohlik aerob infeksiyalari, ularni oldini olish va davolash.

  2. O‘tkir yiringli infeksiyalarni ayrim turlari va ularda BTYO.

  3. O‘tkir anaerob jarrohlik infeksiyalari.

Klinik kechishi va to‘qimalardagi patologoanatomik o‘zgarishlarga qarab, jarrohlik infeksiyalari quyidagilarga ajratiladi:

O‘tkir jarrohlik infeksiyalari:



  1. O‘tkir yiringli infeksiya;

  2. O‘tkir anaerob infeksiya;

  3. O‘tkir maxsus infeksiya (qoqshol, kuydirgi va b.)

  4. o‘tkir chirish infeksiyasi.

Surunkali jarrohlik infeksiyasi:

  1. Surunkali nospetsifik infeksiya;

  2. Surunkali maxsus infeksiya (sil, zaxm, aktinomikoz).

O‘tkir yiringli infeksiyalar.

Ko‘pincha o‘tkir yiringli infeksiyalarni safilakokk, sreptokokk, ichak tayoqchasi, pnevmokokk, ko‘k yiring tayoqchasi qo‘zg‘atadi.

Yiringli jarayonning kechishi va oqibati quyidagi omillarga bog‘liq:


  1. Makroorganizmning immunologik holati,

  2. Mikroblarning biologik xususiyatlari-dozasi, virulentligi va b.

  3. Mikrob tushgan o‘choqning anatomo-fiziologik xususiyatlari;

  4. Qon aylanishning holati,

  5. Bemor qoni tarkibi,

  6. Tananing allergiyalanish darajasi.

Mikroorganizmlar tanaga tushganda quyidagi mahalliy belgilar kuzatiladi: arterial giperemiya, shish, og‘riq, shu soxada haroratning ko‘tarilishi, a’zo va to‘qimalar faoliyatining buzilishi. YAllig‘lanish ekssudatida ko‘p miqdorda leykostitlar yig‘iladi.

Umumiy reaksiyalarning kelib chiqishi bakteriyalar toksinlarining va to‘qimalarning parchalanish mahsulotlarini miqdoriga, tananing himoya kuchlariga bog‘liq. Umumiy klinik belgilariga tana haroratining oshishi, titrash, bosh og‘rig‘i, umumiy holsizlik, aql-xushning xiralashuvi kiradi. YUrak-qon tomir, jigar va buyraklar faoliyati izdan chiqadi. Qon tarkibidagi o‘zgarishlar: kamqonlik, ECHT oshishi, leykostitar formulaning chapga siljishi va b. Jigar shikastlanganda globulinlar miqdori ortishi, albuminlar miqdori esa kamayishi, buyrak shikastlanganda peshobda oqsil va silindrlar paydo bo‘lishi kuzatiladi.

Yiringli infeksiyalarni oldini olish uchun quyidagilarga e’tibor berish lozim:


  1. Shikastlanishlarning oldini olish,

  2. Shikastlanishlarda birinchi tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil qilish,

  3. Qandli diabet va b. kasalliklarni davolash,

  4. Turli yiringli jarayonlarni o‘z vaqtida davolash.

Kasalxona ichi infeksiyalarini oldini olish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

- bo‘limda ishlovchilar orasida safilakokk tashuvchilarini sanatsiya qilish,

- bo‘limning sanitariya-gigiena holatini qattiq nazorat qilish,

- o‘tkir jarrohlik infeksiyasi aniqlangan bemorlarni ajratish,

- muolaja va jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotganda aseptika va antiseptika qoidalariga amal qilish,

- faol emlash,

- gripp epidemiyasi vaqtida maxsus niqobchalardan foydalanish, chunki bu ham organizmni kuchsizlantirib, yiringli infeksiyalar rivojlanishiga sharoit yaratadi.

O‘tkir yiringli infeksiyalarni davolash asosan yallig‘lanish o‘chog‘ini chegaralashga qaratiladi.Buning uchun yallig‘lanish o‘chog‘i atrofiga novokain va antibiotiklar yuborish, vena yoki mushaklar orasiga antibiotiklar yuborish, fizioterapevtik muolajalar tavsiya etish va boshqa tadbirlar bajariladi. Bundan tashqari yiringlagan to‘qimani yiringdan tozalash, antiseptik dorilar bilan yuvish, gipertonik eritma bilan tampon qo‘yish va boshqa tadbirlar bajariladi. Organizmning immun tizimini yaxshilash maqsadida vitaminlar, autogemoterapiya, kaloriyali va sifatli ovqatlanish tavsiya etiladi. YArani nekroz massalaridan tezroq tozalanishi uchun proteolitik fermentlardan (ximotripsin, terrilitin) foydalaniladi. Ayrim hollarda immunomodulyator preparatlari (timolin, timoglobulin v.b. ) beriladi. Antibiotiklar bilan davolash, faol va passiv emlash usullaridan foydalaniladi.



Panaritsiy-barmoqlarni o‘tkir yiringli yallig‘lanishi. U teri orasidan, teri ostida, tirnoq ostida, payda, suyakda, bo‘g‘imda bo‘lishi mumkin. Keyingi 3 turi og‘ir kechadi.

Kasallikning asosiy belgilari: og‘riq, shish, qizarish, haroratni ko‘tarilishi va barmoqlarning faoliyati buzilishi. Bu belgilar panaritsiyning turiga qarab har xil darajada ifodalangan bo‘ladi. Panaritsiyning asosiy va doimiy belgisi kuchayib boradigan og‘riqdir. Uni oldini olish uchun mikrotravmalardan saqlanish, shaxsiy gigenaga e’tibor berish, tirnoq olish va manikyurda extiyot bo‘lish va xak. Panaritsiyni boshlang‘ich davrida barmoqni gipertonik eritmaga (10-20 % osh tuzi) solib turish, piyoz boylash, bog‘lam quyish (Vishnevskiy malxami bilan) mumkin.

Og‘riq kuchayganda jarroxlik yo‘li bilan davo qilinadi. Panaritsiy 1-2 % novokainli anetseziyadan so‘ng kesiladi va yiringdan tozalanib, antiseptiklar bilan davo qilinadi. Agar vaqtida jarroxlik muolajasi qilinmasa og‘ir turlariga o‘tib ketishi va asoratlar berishi mumkin.

Furunkul-soch qopchasi, yog‘ bezlari va ularning atrofidagi to‘qimalarning o‘tkir yiringli yallig‘lanishi. Ushbu teri kasalligi ko‘proq bo‘yinda, orqada, dumbada va yuzda bo‘lib turadi. Uni safilakokklar keltirib chiqaradi. Ayniqsa terining mayda jarohatlanishi, teri ifloslanishi, sovuq eyish, avitaminoz, qandli diabet natijasida rivojlanadi. CHipqon boshlanishida infiltrat (to‘qimaning shishishi), og‘riq seziladi va atsa-sekin rivojlanib boradi.Infiltrat ham, og‘riq ham kuchaya boradi. YAllig‘lanishning hamma belgilari namoyon bo‘ladi. 5-7 kunga borib chipqonning o‘rtasida yiringli serjen hosil bo‘ladi va ishtahaning pasayishi, uyquning buzilishi, umumiy haroratning ko‘tarilishi kabi o‘zgarishlar kuzatiladi. CHipqonni yuqori labda joylashishi xavfli hisoblanadi, chunki infeksiya venalar orqali bosh miyaga o‘tishi va meningit asoratini berishi mumkin.

Birinchi tibbiy yordamda issiq qilish, UVCH, piyoz boylash, Vishnevskiy surtmasini qo‘yish, antibiotiklar ishlatish o‘rinlidir. Agar bu tadbirlar samara bermasa jarrohlik usuli qo‘llanadi. YAra kesib yiringni serjeni olib tashlanadi va yiringdan tozalanib, vodorod peroksid, gipertonik eritma bilan turunda qo‘yiladi. Antibiotiklar (ampitsillin) in’eksiya qilinadi. Faol va passiv emlash mumkin. CHipqonni oldini olishda shaxsiy gigienaga rioya qilish va jarohatlanganda antiseptiklarni ishlatish katta ahamiyatga ega.



Karbunkul-soch qopchalari, yog‘ bezlari va boshqa yon va osti to‘qimalarini ko‘plab yiringli yallig‘lanishi natijasida to‘qimani nekrozga uchrab, o‘rta qismida qoramtir rangli tusni oladi. Og‘ir hollarda teri osti kletchatkasi ham yallig‘lanadi. Karbunkul orqa va bo‘yinda ko‘proq joylashib, qo‘zg‘atuvchisi safilakokklar. Karbunkul chipqonga qaraganda og‘irroq o‘tadi.

YAllig‘langan joyda kuchli og‘riq bo‘lib, uyqu buziladi, tana harorati 390 S gacha ko‘tariladi, ko‘pincha lifadenit, tromboflebit, sepsis kabi asoratlar beradi.

Kasallikni boshlanishida mahalliy muolajalar (quruq issiq, UVCH, antibiotiklar) qilinadi. Karbunkul shakkllanib bo‘lgach, jarrohlik usuli bilan kesilib, yara tozalanadi-nekrozga uchragan to‘qimalar, yiringlar olib tashlanadi va antibiotiklar, antibakterial dorilar (furatsillin, kaliy permanganat, vodorod peroksid) bilan yuviladi va gipertonik eritma (10 % osh tuzi) bilan turunda quyilib, u har kuni yangilanadi.

Lifangit-limfa tomirlarining, limfadenit esa limfa bezlarining yallig‘lanishidir. Yiringli jarayonlarning asorati sifatida rivojlanadi. Bemorlar SHikastlangan soxada achishish, qichishga shikoyat qiladilar, yiringli o‘choqdan limfa tugunlari tomon yo‘nalgan qizil chiziqlar hosil bo‘ladi, ular og‘riqli bo‘lib, kattalashadi, zichlashadi. Ularning atrofidagi teri qizargan, bir qancha vaqt o‘tgach flyuktuatsiya kuzatiladi.

Davolashda asosiy yiring o‘chog‘ini tugatish, antibakterial terapiya, immobilizatsiyadan foydalaniladi.



Absess-yiringni to‘qima va a’zolarda chegaralangan to‘planishidir. Asosiy qo‘zg‘atuvchisi safilakokklar. YAralanganda, mikrotravmalarda, muolajalar qilishda aseptika qoidalari buzilganda kelib chiqadi. og‘riq, teri qizarishi, flyuktuatsiya kuzatiladi. Tana harorati ko‘tariladi.

Flegmona-teri osti yoki mushak aro to‘qimasining tarqalgan yiringli yallig‘lanishi. Klinik belgilari: teri qizarishi, yuqori harorat, og‘riq, SHikastlangan a’zo faoliyatini buzilishi.

Absess va flegmonani davolash shakllanib bo‘lgan yiringni kesish, ulgan to‘qimalarni olib tashlash, vodorod peroksid, furatsilin bilan yarani yuvish, drenaj yoki gipertonik eritmali tampon qo‘yishdan iborat. Antibiotiklar, safilakokka qarshi γ-globulin, dezintoksikatsiya maqsadida qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi.



Sepsis-og‘ir infeksion kasallik bo‘lib, ko‘pincha yiring chaqiruvchi mikroblar keltirib chiqaradi. Sepsis to‘g‘ridan-to‘g‘ri rivojlansa birlamchi, yiringli kasalliklardan so‘ng kelib chiqsa ikkilamchi deyiladi. Sepsis organizmni infeksiyaga qarshi qobiliyati pasayganda, yiringli yallig‘lanishlar butun tana bo‘ylab tarqalib ketishi natijasida ro‘y beradi. Septitsemiya va septikopiemiya farqlanadi. Metatsazlarsiz o‘tkir sepsis-septitsemiyada yuqori harorat (40-410 S), kunlik haroratni farqi kichik bo‘lishi (10 S), metatsazlarda esa (septikopiemiya) ertalabki va kechqurungi haroratlar orasida farq katta bo‘lishi kuzatiladi. Teri oqargan, petexial toshmalar, pulsni kuchsizligi, arterial bosim pasaygani aniqlanadi. Qonda leykostitoz, serillikka tekshirilganda mikroblar o‘sishi aniqlanadi. Eng og‘ir asorati septik shok hisoblanadi.

Davolashda bemorni kaloriyali, vitaminli ovqatlantirishga e’tibor berish kerak. YOtoq yaralarini oldi olinadi. Sepsisni keltrib chiqargan o‘choq bartaraf etiladi. Antibiotiklar, immunostimulyatorlardan foydalaniladi.



Anaerob infeksiyalar

Gazli gangrena-ko‘proq Clostridium perfringens turiga mansub mikroblar qo‘zg‘atadi. Bu mikroblar axlat, go‘ng, chang, odamning iflos terisida juda ko‘p bo‘ladi. Gazli gangrena rivojlanishiga magitsral tomirlarni zararlanishi, suyaklarni ochiq sinishida etarlicha immobilizatsiya qilinmaslik, yaraning ifloslanishi, mushakda jarohat bo‘lishi, to‘qimalardagi kislorod tanqisligi, ochlik, sovuq qotish, organizm qarshiligini pasayishi va b. ta’sir ko‘rsatadi.

Klinik belgilari yaralanishdan 3-4 kun o‘tgach yuzaga chiqa boshlaydi. YArada qattiq tortishadigan og‘riq paydo bo‘lishi va yaralangan bemor umumiy ahvolining yomonlashishi, qo‘zg‘alish, yuz oqarishi, tilning quruqlashishi datslabki belgilar hisoblanadi. Keyinchalik yara sohasi quriydi, to‘qimalar tezlik bilan shishadi va atsa-sekin qo‘l yoki oyoqning hamma eriga tarqaladi, mushaklar rangi o‘zgaradi (qaynatilgan go‘shtga o‘xshab qoladi) va terida har xil rangdagi dog‘lar paydo bo‘ladi. Teri osti kletchatkasida gaz bo‘lganligidan ushlab ko‘rilganda g‘ijirlagandek bo‘ladi. Bundan tashqari yaradan yomon hid keladi, atrofiga po‘fakchalar toshadi, mushaklar iriydi. Bemorning ahvoli zaharlanish tufayli yomonlasha boradi. Ayni vaqtda Yumshoq to‘qimalar o‘la boshlaydi, gangrena yuqoriga ko‘tarilib boradi.

Gazli gangrenaga jarrohlik usuli bilan davo qilinadi, ya’ni SHikastlangan sohaning terisi mushaklar yo‘nalishi bo‘ylab kesiladi. Agar bu choralar yordam bermasa, qo‘l yoki oyoq amputatsiya qilinadi. Bundan tashqari antibiotiklar, qon o‘rnini bosuvchi suyuqliklar qo‘yish va b. choralar ko‘riladi. Maxsus davosi 50000 AB gangrenaga qarshi zardob yuborish hisoblanadi. Bemor alohida palatada parvarishlanadi. Uning yarasiga tekkan narsalar tashlab yuboriladi.

Oldini olish uchun Yumshoq to‘qimalar SHikastlanganda, suyaklar singanda mushaklar orasiga gangrenaga qarshi (3000 birlik zardobni 100-150 ml serillangan fiziologik eritmada eritib) zardob yuboriladi hamda yaralar o‘z vaqtida birlamchi jarrohlik qayta ishlovi o‘tkaziladi.



Qoqshol-o‘tkir yuqumli kasallik bo‘lib, uni terida, odamlar kiyimida, erda bo‘ladigan qoqshol tayoqchalari keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham teri yoki shilliq pardaning har qanday kichik kichik SHikastlanishi natijasida qoqshol tayoqchasi odam organizmiga shu jarohatlar orqali tushishi mumkin. Qoqsholning belgilari o‘ziga xos bo‘lib, asosan yarada tortishadigan og‘riq paydo bo‘lishi hamda mushaklarning, hatto kuchsiz taassurotda ham (tovush, yorug‘lik tushishi, tegi shva boshqalar) tortishib qolishi va natijada tirishib qolishidan iborat bo‘ladi. Tirishish asosan chaynash mushaklaridan boshlanadi (trizm), keyin mimika mushaklariga (sardonik kulish), ensa mushaklariga hamda badanning hamma mushaklariga tarqaladi. Bemor majburiy holatni egallaydi (opitsotonus). Tana harorati 40-420 S gacha ko‘tariladi, nafas va puls tezlashadi, bemor ko‘p terlaydi, behol bo‘lib qoladi, ichki a’zolarida spazm paydo bo‘ladi. Davolashda tanaga kuniga 3-4 l suyuqlik kiritiladi. Nafas yo‘llarida asoratlar yuzaga kelmasligi uchun antibiotiklar, tirishishlarni oldini olish uchun miorelaksantlar-diplatsin, ditilin, neyroleptiklar-aminazin, antigitsamin dorilar-dimedrol, supratsin, qoqsholga qarshi zardob (venaga200000 AE kuniga) yuboriladi.

Qoqsholni oldini olish uchun har qanday Shikastlanishlarda teri ostiga maxsus zardob va anatoksin qilinadi. Zardobning bir profilaktik dozasi 1500 AB ni tashkil qiladi, agar yara tuproq yoki changli kiyim bilan ifloslangan bo‘lsa 3000 AB yuboriladi.



Saramas. Teri va shilliq pardalarni sreptokokk bilan SHikastlanishi bo‘lib, mikrob odatda mayda yoriqchalar orqali kiradi va tarqaladi. Engil shaklida (eritemasimon) terining qizarishi va shishi, o‘rtachada esa po‘faksimon-yiringli toshmalar, to‘qimalarni kuchliroq shishi, og‘ir shakli teri yallig‘lanishi, ter iva teri osti kletchatkasining nekrozi bilan tavsiflanadi.

Bemorda holsizlik, titrash, tana harorati ko‘tarilishi kuzatiladi. Og‘ir hollarda es-xush aynishi, alahlash mumkin.

Saramas tromboflebit, nefrit, pnevmoniyaga olib kelishi mumkin.

Davolashda antibiotiklar penitsillin 500000 TB 4-6 marta), mahalliy muolajalar-UB nurlantirish, antiseptiklar bilan bog‘lab qo‘yish, organizm qarshiligini oshirishga qaratiladi. Bemorlar atrofdagilardan ajratib davolanadi.



O‘TKIR JARROHLIK KASALLIKLARI

Reja:


1. O‘tkir appenditsitning kelib chiqish sabablari, asoratlari, asosiy belgilari va unda ko‘rsatiladigan BTYO

2. O‘tkir xolitsitsitning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO

3. O‘tkir pankreatit va peritonit kasalliklarining kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO

4. Me’da va 12 barmoqli ichakning teshilishi va qon ketishi kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO

5. CHurrak va ichakning buralib qolishi, ularning kelib chiqish sabablari, asosiy belgilari, asoratlari va unda ko‘rsatiladigan BTYO.

O‘tkir jarrohlik kasalliklari to‘satdan boshlanib, tez rivojlanadi va hayot uchun xavfli asoratlarni qoldiradi. Bu kasalliklar albatta jarrohlik aralashuvi bilan davolanadi. Bu kasalliklarga quyidagilar kiradi:

1) yallig‘lanish kasalliklari-o‘tkir appenditsit, xoletsistit, pankreatit. peritonit;

2) kovak a’zolarning yorilishi (me’da va o‘n ikki barmoq ichak yarasining teshilishi, ichak yarasining yorilishi;

3) o‘tkir ichak tutilishi (ichak tutilishi, churraning chiqib qolishi;

4) ichki qon ketishlar-me’da-ichakdan qon ketishi, bachadondan tashqari homiladorlik;

5) qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ochiq va yopiq Shikastlanishlari.

Yug‘on ichak chuvalchangsimon o‘simtasi-appendiksning nospetsifik yallig‘lanishi utkir appenditsit kasalligi deyiladi. Kasallikning kelib chiqish sababi appendiksning bo‘shlig‘iga qoldiq massaning yig‘ilishi va u erda mikroorganizmlarning rivojlanishi natijasida o‘simtaning parda qavatlari yalliglanishidir. Utkir appenditsit bir necha kurinishlarda kechadi. Kataral shakli-chuvalchangsimon o‘simta shilliq pardasi qizarib (giperimiya) yallig‘lanishi, flegmanoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning fibroz yiringli qoplam bilan qoplanishi, gangrenoz shakli-chuvalchangsimon usimtaning oziqlanishi buzilishidir. Flegmanoz va ganrenoz shakllari kasallikning og‘ir formalaridir.

Asosiy belgilari: bemor kasallik boshlanishida qorinnnig yuqori qismida, kindik atrofida, keyinchalik esa qorinning ung va pastki qismida og‘riqdan shikoyat qiladi. Bemorda intoksikatsiya belgilari, titrash,og‘iz qurishi, xolsizlik, kungil aynishi va qusish, puls tezlashishi, tana xaroratining oshishi kuzatiladi. Og‘ir shakllarida bu belgilarning kuchayishi kuzatiladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi-SHyotkin-Blyumberg simptomi yordamida, ya’ni osoyishtalik bilan barmoqlar yordamida usha soxani sekin bosib birdan quyib yuborilganda qorinning ung pastki qismida qattiq og‘riq kuzatilishi, shuningdek, qorin pardasining tarangligi, leykostitoz kabi belgilar bilan aniqlanadi.

BTYO. Bemor utkir appenditsitga shubxa qilinganda uringa yotqiziladi va qorin soxasiga muzli xaltacha quyiladi. Bemorga narkotiklar va surgi dorilar berish, klizmalar qilish, qoringa grelka quyish qatiy man etiladi. Bemor tezda shifoxonaga yuborilishi kerak.

O‘t pufagining o‘tkir yallig‘lanishi o‘tkir xoletsistit deyiladi.Bu kasallik kup uchrashi bilan appenditsitdan keyingi urinda turadi va o‘t qopida va yullarida tosh yig‘ilishi bilan bog‘liqdir. Toshning yig‘ilishiga sabab moddalar almashinuvining buzilishi, kamxarakatlik va boshqalardir.SHakllari:

a) kataral-shilliq parda yallig‘lanishi b) flegmanoz- ut pufagi barcha qavatlari yiringli yallig‘lanadi v) gangrenoz-ut pufagi devorlari nekrozga uchraydi.

Belgilari: xoletsistit xuruji tusatdan, kupincha kechqurun boshlanib, jigar satxida ,ung qovurg‘a osti soxasida kuchli og‘riq turadi. kungil aynish, qusish, ishtaxaning pasayishi, tana xaroratining kutarilishi, et uvishishi, pulsning tezlashishi, og‘izda temir mazasi, jig‘ildon qaynashi, qonda leykostitoz (1 mmz .qonda 15000-20000) kuzatiladi. Og‘ir turlarida bu belgilar yaqqolroq namoyon buladi. Aniq tashxis quyishning maxsus belgisi- ung tomon qovurg‘alariga kaft yoni bilan urilganda og‘riqning kuchayishi xisoblanadi.

O‘tkir xoletsistit xurujida xam bemorga og‘riq qoldiruvchi, surgi dorilar va antibiotiklar berish, oshqozonnni yuvish, qayt qildirish taqiqlanadi. Bemor uringa yotqizilib, muzli xaltacha quyiladi va tezda kasalxonaga olib borilishi lozim.Kasallikning og‘ir turlari tezlikda operatsiya qilinadi.



Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə