Toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali



Yüklə 52,96 Kb.
səhifə2/6
tarix15.01.2023
ölçüsü52,96 Kb.
#98629
1   2   3   4   5   6
Узбек ёзувининг шаклланиши

Sugʼd yozuvi somiy alifbolar kabi konsonant yozuv boʼlgan, yani harflar, asosan, undosh tovushlarni ifoda etgan. VII-VIII asrlarda sugʼdlar oʼz alifbolarini 23 harfdan iborat deb belgilaganlar, bu harflar oromiy alifbosidagi tartibda joylashgan. Bitta qoʼshimcha 23-harf esa 12-harfning takroridan iborat boʼlgan. IV asrning boshlaridan ayrim harflar alifbodan chiqib ketgan, ayrim harflar esa bir-biriga oʼxshash shaklda yozila borishi natijasida bir harfga kelib qolgan. Аna shu tariqa sugʼd alifbosi 17 harfdan iborat boʼlib qolgan. Sugʼd yozuvi dastlabki paytlarda grafik shakliga koʼra, oromiy yozuvidan juda kam farq qilgan. VII asrning oʼrtalarida esa yozma xat shakllana borgan, natijada qoʼshib yozish shakllari koʼpaygan. Koʼp harflarning yozilishi bir-biriga juda oʼxshash boʼlib qolganidan sugʼd yozma xatini oʼqish va tushunish qiyinlashgan. Аyrim harflar grafik shaklining oʼxshash boʼlib qolishi turli diakritik belgilar qoʼllashni taqazo etgan.
Sugʼd yozuvidab” va “g” tovushlari uchun alohida harf boʼlmagan, bu tovushlarni ifodalash zarur boʼlganda (oʼzlashgan soʼzlarda)
va tovushlaridan foydalanilgan. Sugʼd yozuvi, asosan, gorizontal holatda oʼngdan chapga qarab yozilgan. Аmmo sugʼdlar VI asrning oxirlaridan vertikal yoʼnalishda ham yozganlar (Bugʼut yodgorligida topilgan). Bino devorlari va qoyatoshlarda saqlanib qolgan sugʼd yozuvlari shu yoʼnalishda yozilgan. Bunday vertikal satrlar chapdan oʼngga qarab joylashib borgan.
Pahlaviy yozuvi oromiy yozuv koʼrinishlaridan biri asosida (milodiy III-asrda) Sosoniylar sulolasi hukmronligi davrida paydo boʼlgan harf-tovush yozuvidir. Dastlab pahlaviy alifbosi 22 harfdan iborat boʼlgan. Keyinchalik ayrim harflarning yozilish shakllarida sodir boʼlgan oʼzgarishlarga koʼra faqat 15 ta belgi farqlanadigan boʼlgan. Yozuv asosan oʼngdan chapga qarab yozilgan. Faqat nisbatan keyingi yozma yodgorliklar (VIII asr)ning ayrimlarida vertikal-yuqoridan pastga qarab yoziladigan holatlar ham kuzatiladi. Ushbu yozuvning bir koʼrinishi (moniy yozuv tizimi) turkiy xalqlar yozuvining shakllanishiga maʼlum darajada taʼsir koʼrsatgan.

Yüklə 52,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə