Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)



Yüklə 21,67 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü21,67 Kb.
#126373
BMIga taqriz


Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi talabasi Po‘latova Mushtariy Shuxrat qizining “Nurmuhammad Andalib asarlari manbalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Olimlar tomonidan Hirot adabiy muhitidan keyin uning darajasiga yaqin yana bir adabiy muhit sifatida Xorazm e’tirof qilinadi. Albatta, bu muayyan asosga ega. Chunki Xorazm adabiy muhiti birinchidan, Jomiy va Navoiyga chin ma’noda izdoshlik qila olgan Munis va Ogahiy kabi juda ko‘p iste’dodlarni yetishtirdi. Ikkinchidan esa boshqa adabiy muhitlardan ko‘ra ijod namunalarining boyligi, salmoqliligi bilan ham ajralib turadi. Qolaversa, ana shunday katta adabiy manbalarning juda ko’p nusxalari davrimizgacha saqlanib qolgani Xorazm adabiy muhitining ahamiyatini yanada oshiradi. Shu bois oxirgi yillarda mazkur adabiy muhit manbalarini matnshunoslik va manbashunoslik nuqtai nazaridan tadqiq qilishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buning natijasida, hozirda ko‘plab salmoqlar ishlar yuzaga keldi. Lekin hali Xorazm adabiy muhitiga tegishli, o‘rganilishi kerak bo‘lgan ijodkor va manbalar talaygina. Bu esa adabiyotshunoslik va matnshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi. Ayni masalalar hisobga olinsa, talaba Po‘latova Mushtariy Shuxrat qizi tomonidan tayyorlangan “Nurmuhammad Andalib asarlari manbalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi yaqqol seziladi.
Ish puxta reja asosida olib borilgan. U 2 asosiy bob, 4 fasl, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Boblarda qo‘yilgan masalalar bir-birini to‘ldirib kelgan va izchil yoritilgan.
Ta’kidlash joizki, matnshunoslki va adabiy manbashunoslik sohasida tadqiqot olib boorish ancha murakkab jarayondir. Ishning mashaqqatidan qochmay, bunday jiddiy tadqiqotga qo‘l urgani Mushtariy Po‘latovaning kelajakda yetuk matnshunos bo‘lishiga umid uyg‘otadi.
Tadqiqotchi mazkur ishda maqsad va vazifani aniq belgilab olgan. Ya’ni unda: Nurmuhammad Andalib hayoti va ijodini o‘rganish; shoirning bayozlaridagi she’rlarini aniqlash; Andalibning toshbosma va qo‘lyozma dostonlari tavsifini keltirish kabilar nazarda tutilgan. Ish yakunida bu maqsad vazifalar tugal bajarilgan. Jumladan, tadqiqotning eng muhim vazifasi bo‘lgan shoirning mavjud nashrlarda uchramaydigan she’rlarining topilishi va ilmiy istifodaga olib kirilishi uning qimmatini oshirgan.
Mushtariy Po‘latova Andalibning O‘zR FAShI asosiy fondida saqlanayotgan №1103, 6973, 7054, 1918-inventar raqamli qo‘lyozma bayozlarda g‘azal, muxammas, musamman, musaddaslari borligini aniqlaydi. Xususan, ishda tadqiqotchi tomonida Andalibning №1103 raqamli qo‘lyozma bayozda “Xiromon qomati nozik nihol-u sarvi ozod”, deb boshlanuvchi 11 baytli g‘azali va 6973, 7054, 1918 raqmli nusxalarda hali fanga ma’lum bo‘lmagan 14 ta, shulardan 12 tasi Navoiy, 1 ta Jomiy va 1 ta o‘z g‘azaliga yozgan muxammaslarining topilishi shoir hayoti va ijodining yangi jihatlarini o‘rganishda muhim qadam hisoblanadi.
Albatta, mazkur BMIning ayrim o‘rinlarida juz’iy kamchiliklarga ham ko‘zga tashlanadi. Talaba fikrlarini bildirishda o‘rinsiz kiritmalardan foydalangan. Masalan, kirish qismidagi “Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari”da shunday holat ko‘rinadi: V.V.Bartold XVIII asrni “adabiyotda jimjitlik davri” deb topgan bir vaqtda Xorazm adabiyoti gullab yashnayotgan edi”.
Yana bir kamchilik fasllar hajmining nomutonosibligidadir. Ya’ni birinchi bobning birinchi fasli 11, ikkinchisi 19 bet, ikkinchi bobning avvalgi fasli 7, ikkinchi fasli 4 betni tashkil qilgan.
Lekin ta’kidlanganidek, ishda katta yutuqlarga erishilgan. Shu bois bunday kamchiliklar uning qimmatini pasaytirmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Po‘latova Mushtariy Shuxrat qizining “Nurmuhammad Andalib asarlari manbalari” mavzusida yozgan bitiruv malakaviy ishini tugallangan tadqiqot sifatida ochiq himoyaga tavsiya etamiz.
Nafas Shodmonov,
filologiya fanlari doktori, professor
G‘iyosiddin Shodmonov,
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent v.b
Yüklə 21,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə