Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi



Yüklə 14,67 Kb.
tarix29.05.2023
ölçüsü14,67 Kb.
#113944
növüУчебное пособие
тақриз 2023


Toshkent davlat agrar universiteti
Zooinjeneriya fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.Burxonova tomonidan tayyorlangan “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanmaga
TAQRIZ
Zooinjeneriya fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining rus tili o‘qituvchisi G.Burxonova tomonidan tayyorlangan “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanma universitetning barcha yo‘nalishlari birinchi kurs milliy guruh talabalariga mo‘ljallab tuzilgan. Ushbu qo‘llanmada keltirilgan materiallar grammatik va leksik xarakterga ega bo‘lib, rus tili fanidan ishchi va namunaviy dasturlarga, hamda taqvim-mavzu rejaga mos. Qo‘llanmada har bir grammatik mavzu tushunarli tilda sodda qilib yoritilgan, tayyor konstruktsiyalar yordamida tushuntirilgan. Mashqlar va topshiriqlar milliy guruhlar talabalarining bilim darajalarini hisobga olgan holda, soddalashtirib tuzilgan.
Leksik mavzular ham qishloq xo‘jaligi sohalariga doir va nisbatan kichik hajmli matnlar shaklida berilgan. Har bir leksik mavzuga savollar tuzilgan, bir nechta topshiriqlar, tayanch so‘z va iboralarning ruscha-o‘zbekcha lo‘g‘ati berilgan. Bu topshiriqlar asosan talabalarining og‘zaki nutqini rivojlantirishga, ularda o‘qigan matnini gapirib berish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan. Ushbu qo‘llanma yordamida ular rus tilidagi bilimlarini mustahkamlash borasida qishloq xo‘jaligiga oid bilimlarini ham kengaytirib borishadi. Men G.Burxonova tomonidan tayyorlangan “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanmani nashrga tavsiya etaman.
Kafedra mudiri v.b. dotsent Xolmirzayeva S.Sh.
Toshkent davlat agrar universiteti
Zooinjeneriya fakulteti
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.Burxonova tomonidan tayyorlangan “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanmaga
TAQRIZ
Toshkent davlat agrar universiteti Zooinjeneriya fakultetiga qarashli O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi G.M.Burxonovaning “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanmasi qishloq xojaligi oliy ta’lim muassasalarida ozbek tilida tahsil oladigan barcha talabalar uchun mo‘ljallangan. G.Burxonovaning qo‘llanmasida grammatik mavzular sodda tilda yoritib berilgan, tayyor konstruktsiyalar yordamida tushuntirilgan, misollar asosan qishloq xojaligiga oid. Qo‘llanmada keltirilgan materiallar mazkur kafedrada rus tili fani boyicha ishlab chiqilgan ishchi dasturlarga va namunaviy dasturga, hamda taqvim-mavzu rejaga mos keladi. Grammatik mavzulardan alohida matnlar berilgan bolib, ular ham qishloq xojaligi va uning sohalari, tushunchalariga bag’ishlangan. Mashqlar va topshiriqlarni tuzishda milliy guruhlardagi talabalarining rus tilini bilish darajalari hisobga olingan, tayanch soz va iboralarning lotin yozuvidagi tarjimalari berilgan.
Matnlarning hajmi unchalik katta emas, mavzusiga kora alohida bolimlarga ajratilgan. Har bir matnga savollar tuzilgan, bir nechta topshiriqlar, tayanch so‘zlarining ruscha-o‘zbekcha lo‘g‘ati berilgan. Topshiriqlar asosan talabalarining og‘zaki nutqini rivojlantirishga, ulardagi bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishga qaratilgan. Men G.Burxonovaning “Учебное пособие по практическому курсу русского языка” (для студентов сельскохозяйственных вузов с узбекским языком обучения) nomli o‘quv qo‘llanmasini nashrga tavsiya etaman.
Toshkent moliya instituti
O‘zbek va rus tili kafedrasi dotsenti, f.f.d A.D.Saparov







Yüklə 14,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə