Tog usuli. Guidebook. Kirish


Pomidor usuli orqali yodlash



Yüklə 4,87 Mb.
səhifə5/13
tarix25.07.2023
ölçüsü4,87 Mb.
#119946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Assotsiatsiya so\'zlari

Pomidor usuli orqali yodlash.
Pomidor taymerni biz 16/9 qilib ishlaymiz. Ya’ni 16 daqiqa mobaynida xorijiy so’zlarga obrazlar topib bog’laymiz, 16 daqiqada imkon qadar ko’proq so’zni yodlashga ulgurishingiz zarur. Vaqt 16 daqiqa bo’lganidan so’ng, qolgan 9 daqiqa mobaynida yodlagan so’zlaringizni qaytarib chiqib mustahkamlab olishingiz zarur. 9 daqiqa ichida yodlagan so’zlaringizni takrorlab chiqqaningizdan so’ng, taymer tugaydi va siz 5 daqiqa dam olishingiz zarur. Undan so’ng, yodlagan barcha so’zlaringizni tekshirib chiqasiz. Birinchi tekshirishda xorijiy so’zga qarab turib, uning tarjimasini topishga urining. Xato chiqqan so’zlarni alohida olib qo’ying, hamma so’zlarni tekshirib bo’lganingizdan so’ng, xato chiqqan so’zlarni yana bir bor takrorlab qo’yishingiz zarur. Undan so’ng, so’zlarni o’zbekcha ma’nosiga qarab, xorijiy so’zni topishga urinishingiz zarur. Bu jarayon tarjimani topishga nisbatan biroz qiyinlik qiladi. Artikulyatsiyani yaxshi qilgan bo’lsangiz, u holda xorijiy so’zni eslashingiz osonroq kechadi. Ko’pchilik artikulyatsiyaga e’tibor bermaydi va shuning hisobiga o’zbekcha so’zga qarab uning xorijiy tildagi talaffuzini esidan chiqarib qo’yadi. Shuning uchun ovoz chiqarib takrorlashni yodingizdan ko’tarmang.
Pomidor usulida yodlashda, siz ma’lum miqdordagi so’zlarni emas, balki ushbu vaqt ichida imkon boricha ko’proq so’zlarni eslab qolishga harakat qiling. Sababi, siz doim bir xil vaqtda so’z yodlaysiz. Yodlagan so’zlaringizning ko’p yoki kamligi sizning tezligingiz oshayotgani yoki oshmayotganini ko’rishingizga va uni nazorat qilishingizga imkon beradi.
Yodlash jarayonini tushunib oldik. Endi uni har kuni bajarishimiz kerakligini yodimizdan ko’tarmasligimiz zarur. Buni qanday qilib qilish mumkin? Hozir sizga eng kuchli qurollardan biri, Chek-listni taqdim etamiz.


Chek-list

Quyidagi jadval chek-list deb nomlanadi. Ushbu jadvalni biz o’zimizga kerakli bo’lgan foydali odatlarni shakllantirish uchun foydalanishimiz mumkin. Bu yerda 4 ta bo’lim bor:
1. Sana.
2. Indikatorlar
3. Amaliyotlar
4. Kataklar

Sana joyiga siz foydalanishni boshlagan kuningizdan boshlab sana qo’yiladi. Siz 22-fevraldan ushbu jadvalni yuritmoqchisiz, sananing birinchi joyiga 22.02, undan keyin 23.02 va h.k. qilib to’ldirib qo’ying. Ya’ni bu chek-listimiz bizga bir oy davomida xizmat qiladi. Sanalar ro’yxatidan yakshanbalarni olib tashlamang! Odat shakllantirishdagi eng katta xatolardan biri, odamlar qilishi kerak bo’lgan ishni yakshanba yoki bayram kunlari qilishmaydi. Bu esa xato.


Endi indikatorlar va amaliyotlar bo’limi bilan tanishib chiqamiz. Amaliyotlar bo’limiga biz bajarishimiz kerak bo’lgan topshiriqlar yoziladi. Bu yerda topshiriq bajarildimi yoki yo’qligi muhim hisoblanadi. Agar topshiriqni bajargan bo’lsangiz, shu amaliyotning o’sha kundagi sanasiga + belgisini qo’yasiz. Har kuni bitta ishni bajarib, ushbu + lar zanjirini uzmaslikka harakat qilishingiz zarur. Eng qizig’i shundaki, siz o’zingiz ham ushbu + larni uzishni xohlamaysiz, mana shuning o’zi sizni topshiriqni bajarishga kuch beradi.
Agar siz amaliyotni qaysidir kuni bajarmasangiz, o’sha katakni bo’sh qoldirishingiz zarur. Bo’sh qolgan katakni, ertasi kuni bajarib to’ldirib qo’yishning imkoni yo’q, shuning uchun kataklarni bo’sh qoldirmaslikka, ya’ni topshiriqni bajarishni xohlamaslikka harakat qilmang.
Indikatorlar bo’limiga esa bajarilgan ishning ko’rsatkichi yoziladi. Misol uchun, yodlangan xorijiy so’zlar soni. Har kuni qancha xorijiy so’zni yodlab borganingizni indikatorlar bo’limiga raqamlarda ifodalab kiritishingiz kerak. Bu esa sizni natijangizni o’sishini kuzatishingizni imkonini beradi. 30 kun har kuni xorijiy so’z yodlasangiz va indikatorlar bo’limiga har kuni natijangizni kiritib brogan bo’lsangiz, u holda sizga bittada sizning natijangiz o’sgani yaqqol ko’rinadi. Sababi birinchi kuni siz 20 ta so’z eslab qolgansiz, oyning oxiriga kelib siz 60 talab so’zlarni eslab qolyabsiz. Demak siz ushbu 30 kun ichida natijangizni 3 barobar yaxshilaganingizni bilib olasiz.
Chek-list bilan ishlashni tushunib olgan bo’lsangiz, u holda chek-listni qo’lingizga oling va qo’llanma bo’yicha jadvalni to’ldiring. Agar chek-list fayli bo’lmasa, uning o’zingiz ham chizib tayyorlab olishingiz mumkin.
1. Sanani qo’yib chiqing:


2. Hozircha faqatgina biz bergan amaliyot va indikatorlarni kiriting, boshqa qo’shimcha topshiriqlarni kiritmang:
3. Har kuni shug’ullaning va chek-listni to’ldirib boring:

Jadvalda ko’rganingizdek, amaliyotlar bo’limida hozircha faqat TOG orqali so’z yodladim amaliyoti turibdi. Uni bajarsangiz siz faqatgina + belgisini qo’yasiz.


Indikatorlar bo’limidagi birinchi ko’rsatkich, “TOG orqali yodlangan so’zlar soni”. Bunda siz har kuni qanchadan so’z yodlaganingizni kiritib borasiz. E’tibor bergan bo’lsangiz, natijada o’sish borligini kuzatish mumkin.
Intikatorlar bo’limidagi ikkinchi ko’rsatkich “TOG bilan qancha vaqt shug’ullandim”. Bunda siz har kuni TOG usuli bilan shug’ullanish uchun qancha vaqt ajratganingizni kiritib borishingiz zarur. Jadvalda berilgan ko’rsatkichlar soatlarda berilgan. Siz agar xohlasangiz, nechta pomidor shug’ullanganingizni kiriting, yoki vaqtni daqiqalarda kiriting. Asosiysi jadvalni to’ldirish o’zingiz uchun tushunarli va oson bo’lsin.
Keyinchalik ushbu chek-listga boshqa qo’shimcha amaliyot va indikatorlarni kiritishingiz mumkin. Lekin boshidanoq juda ko’p amaliyotni va indikatorni yozib yubormang. Aks holda siz ularni bajarishga ulgurmasdan, qolgan topshiriqlarni ham tashlab qo’yishingiz mumkin.



Yüklə 4,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə