Togʻ muzliklari. Muzliklar



Yüklə 58,23 Kb.
səhifə4/9
tarix30.12.2023
ölçüsü58,23 Kb.
#167790
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Togʻ muzliklari . Muzliklar

Muzlik turlari. Yer sharidagi barcha muzliklarniig 99,5% qutblarga va qutb yaqinidagi o’lkalarga (materik qoplama muzligi), faqat 0,5% o’rtacha va tropik mintaqalardagi baland tog’li hududlarga to’g’ri keladi. Yer yuzasidagi barcha muzliklar shakliga va harakatning xarakteriga ko’ra uchta guruhga bo’linadi. Bular - materik muzliklari yoki qoplama muzliklar, tog’ muzliklari hamda vodiy muzliklaridir.
Materik muzliklari - qutb o’lkalarida tarqalgan bo’lib, ular tog’larni ham, tekislik va pasttekisliklarni ham yoppasiga qoplab yotadi. Bunga sabab qutblarda va qutb atrofidagi joylarda haroratning yil bo’yi juda past bo’lishidir. Antarktikani va Grenlandiyani qoplab yotgan muz qalqoni bunga misoldir
Vodiy muzliklari – tog’ tizmalari orolig’idagi vodiylarni egallab, tog’lardagi eng katta muzliklarni vujudga keltiradi. Ular daryo vodiylarining yuqori qismlarida joylashadi. Vodiy muzliklari oddiy (alьp tipida) va murakkab yoki sertarmoq, (Himolay tipida) bo’ladi. Oddiy vodiy muzliklari bitta yaxlit muzlik oqimidan iboratdir (153-rasm). Ba’zan bir qancha muzliklar bir - biriga qo’shilib sertarmoq yoki daraxtsimon muzliklarni tashkil etadi. Bunda ikkita tog’ tizmasi orasidagi asosiy muzlikka har ikki yondan kichik muzliklar kelib qo’shiladi. Sertarmoq tog’ muzliklariga dunyodagi eng katta vodiy muzliklaridan Qoraqar tog’ligidagi Siachen muzligi (uzunligi 75 km), Pomir tog’idagi Fedchenko muzligi (98 km), Tiyon-SHon tog’laridagi Inilchik muzligi (uzunligi - 80 km) misol bo’laoladi. Ba’zan vodiy muzliklarining bir qismi pastga tushib keladi.
Tog’ muzliklari Yer yuzida muz bilan qoplangan barcha hududning salkam 2% ni egallaydi. Tog’ tepalarining yassilanib qolgan joylarida paydo bo’ladigan muzliklar o’ziga xos tog’ muzligini tashkil etadi.
Tog’ muzliklari materik muzliklariga qaraganda ancha kichik bo’lib, shakli ham xilma - xildir. Tog’larda muzliklarning paydo bo’lishiga asosiy sabab bo’lib yuqoriga ko’tarilgan sari yog’in - sochin miqdori ortib, harorat esa pasaya borishidir. Tog’ muzliklarining shakli - asosan tog’lardagi relьef shakllariga bog’liqdir. Ular ko’pincha tog’ vodiylari va cho’kmalarning yuqori qismini egallaydi.
Yil bo’yi baland tog’larga yoqqan qor tobora to’plana boradi va o’z og’irlik kuchi ta’siri ostida zichlashib firnga aylanadi. Firn siqilib, uning kristallari bir - biriga yopishadi va natijada g’ovakli muz vujudga keladi. Bora - bora g’ovaklar yo’qolib, zich havorang muz hosil bo’ladi. Muzlik hosil bo’ladigan va to’yinadigan joy firn havzasi deb atalib, u baland tog’lar viloyatida tsirk shakliga ega bo’ladi.
Tog’ muzligi sertarmoq murakkab shaklga ega bo’lgan butun bir tizimni tashkil etishi mumkin.



Yüklə 58,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə