2. 1975 YILGI XYT KONVENSIYASI*
Ushbu bo‘limda 2018 yil 1 iyul holatiga 1975 yilgi XYT Konvensiyasining to‘liq
matni mavjud. Mazkur bo‘lim qismlarining joylashishi 1975
yilgi XYT
Konvensiyasining tuzilmasiga to‘g‘ri keladi.
Konvensiyaning 6-ilovasida va 7-ilovasining III qismida mavjud bo‘lgan
tushuntirish xatlari
ular taalluqli bo‘lgan Konvensiyaning ilovalari bilan birga
joylashtirilgan (6-ilovadagi rasmlardan tashqari). Mazkur Konvensiyaning 43-
moddasiga muvofiq tushuntirish xatlarida mazkur Konvensiya
va uning ilovalarining
ayrim qoidalarini talqini mavjud. Ular shuningdek, tavsiya
etiladigan amaliyotning
ayrim turlarini ta’riflagan.
Tushuntirish xatlari mazkur Konvensiyaning yoki uning ilovalarining qoidalarini
o‘zgartirmaydi, faqatgina ularning mazmunini, ma’nosini va qo‘llash
sohasini aniqlab
beradi. Xususan, yo‘l transport vositalariga bojxona muhrlari va plombalari ostida
tashishlarga ruxsat berishning texnik shartlariga nisbatan mazkur Konvensiyaning 12-
moddasidagi va uning 2-ilovasidagi
qoidalar tufayli, tushuntirish xatlarida tegishli
holatlarda Ahdlashuvchi tomonlar tarafidan ushbu qoidalarga
javob beruvchi sifatida
qaralishi kerak bo‘lgan konstruktiv xususiyatlari to‘g‘risidagi ko‘rsatmalar mavjud.
Tushuntirish xatlarida shuningdek,
tegishli holatlarda, qanday konstruktiv xususiyatlari
ushbu qoidalarga javob bermasligi ham ko‘rsatilishi mumkin.
Shunday qilib, tushuntirish xatlari texnik taraqqiyotni
va iqtisodiy tartib
talablarini hisobga olgan holda mazkur Konvensiya va uning ilovalarining qoidalarini
qo‘llash imkonini ta’minlaydi.
Sharhlar
ham ular taalluqli bo‘lgan qoidalar bilan birga joylashtiriladi. XYT
Konvensiyasi bo‘yicha Qo‘llanmada mavjud bo‘lgan sharhlar 1975 yilgi XYT
Konvensiyasining barcha Ahdlashuvchi tomonlari tarafidan bajarilishi shart emas, lekin
ular baribir Konvensiya qoidalarini yanada aniqroq talqin qilish uchun, uni unifikatsiya
qilish va bir xilda qo‘llash uchun juda muhim, chunki ular 1975 yilgi XYT Konvensiyasi
Ma’muriy qo‘mitasi va transport bilan bog‘liq bojxona masalalari bo‘yicha
Ishchi
guruhining fikrini ifoda etadi. Bunga har bir sharhda urg‘u beriladi.
(TRANS/GE.30/55,
paragraf 40)
*"XYT" qisqartmasi "TIR" qisqartmasiga to‘g‘ri keladi