21
QO’SHTIRNOQ
Qo’shtirnoqni amaliyotga rus olimi professor A.A.Barsov kiritgan. O’zbek
yozuvida u kiritish belgisi sifatida 19- asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi.
Qo’shtirnoq quydagi o’rinlarda ishlatiladi. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi.
“Apil tapil qilingan ishning umri qisqa” degan edi Sa’diy Sheroziy.
I.V.Gyote shunday deb aytgan edi: “Donishmandlik faqat haqiqatdadir”.
“Er kishiga zeb-u ziynat, degan edi A.Navoiy, hikmat va donishdir”.
Sitatalarga qo’shtirnoq ichida yoziladi.
Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari hali hanuz o’z
ahamiyatini yo’qotgani yo’q: “Yozuvchi adabiyotga ikki hil kiradi: birinchi
asari bilan tutab, biri yashnab kiradi. Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi,
ko’ngildan chiqarib emas, qorindan chiqarib yozadi. Yozuvchillikka
cho’g’day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi ”.
Ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlar, ishlatilishi
odat tusiga kirmagan, eskirgan
yoki yangi qo’llanayotgan, kesatiq, piching, do’q-po’pisa va shu kabi ma’nolarni
bildiruvchi leksik birliklar qo’shtirnoq ichida yoziladi.
…
Dostları ilə paylaş: