Tilshunoslikka kirish fanining predmeti



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/145
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82198
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145
tilshunoslikka kirish

NUTQ  FUNKSIYALARI:
 
 
1. MUOMALA
 jarayonida:  
   a) Muomala: kishilar nutq orqali fikr 
almashadilar, 
muloqatda 
bo’ladilar, bir-birlariga  ta’sir qiladilar...  . 
b) Ekspressivlik: nutq mazmuniga hissiy munosabat bildiradilar, hursand-
lik-hafalik,  quvnoqlik-bosiqlik,  achchiq  yoki  hush  muomala,  samimiylik 
g’arazgo’ylik... izhor qiladilar. 
c).  Xabar,  belgi  berish: nutqda predmet, xarakat, holat, voqelik, h aqida 
signal: belgi, ishora, xabar beriladi. 
2. 
FIKRLASH
  jarayonida:    a).  Umumlashtirish.  Har  bir  so’z  tushuncha 
yoki  fikrni  ifodalash  uchun  hizmat  qiladi,  fikrni  reallashtiradi  va 
umumlashtiradi. 
 
Nutq  shakllanishi,  ro’yobga  chiqishi  va  reallashishi  uchun  ma’lum 
psixologik,  ruxiy  mexanizmlar  faolligi  zarur.  N.I.Jinkin  bu  mexanizmlarni 
quyidagilar deb hisoblaydi: 
 
 
1. Fikrni programmalash mexanizmi. 
 
2.  Programmalashdan grammatik struktura (jumla) ga o’tish bilan 
bog’liq bo’lgan mehanizmlar guruhi: 
-  Sintaktik  konstruksiyalarni  grammatik  nuqtai  nazardan  prognoz  qilish 
mexanizmlari. 
- So’zning grammatik xususiyatlarini eslab qolish, esda saqlash va e sga 
tushurish (ro’yobga chiqarish, reallashtirish) mexanizmlari. 


 
14 
- Bir turdagi konstruksiyadan boshqa turdagi konstruksiyaga o’tish (tran s-
formatsiya) mexanizmi. 
- Programma elementlarini grammatik konstruksiyaga tarqatish mexanizmi. 
 
3.  Ma’no  va  tovush  xususiyatlariga  ko’ra  kerakli  so’zni  izlashni 
taminlovcni va sintagmani motor jihatidan programmalash mexanizmlari. 
 
4.  Nutq  tovushlarini  tanlash  va  motor  programmadan  uni  tovush 
bilan “to’ldirish” mexanizmlari. 
 
5. Nutqni tovush bilan ifodalash mexanizmlari. 
 
Yuqorida  bayon  qilingan  fikrlar  ruhiy  jarayon  haqida  borganligi 
uchun ham, bu jarayonni faqat nasavvur qilish, faraz qilish mu mkin. Uni 
anglash, ilg’ash, fahmiga etish ancha murakkab hisoblanadi. 
 
Nutq jarayon bo’lishi bilan bir qatorda faoliyat hamdir. Nutq faol i-
yati bosh miya yarim sharining faoliyati bilan uzviy bog’liq. Uning asosini 
bosh miyaning chap yarim shari tashkil qiladi. Bosh miyaning o’ng yarim 
shari  ovozni  o’zgartirish  (yo’g’on,  ingichka,  yoqimli,  shirali...)  uchun 
xizmat qiladi. 
 
Har  qanday  faoliyat  kabi  nutq  faoliyati  ham  biror  niyat  bilan 
bog’liq. Biroq niyat o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi. Niyatni vujudga keltiru-
vchi motiv (ta’sir, sabab, undovchi, stimulator) zarur. Niyat harakat  or-
qali  amalga  oshadi.  Har  bir  harakatdan  ma’lum  maqsad  ko’zlanadi.  Bir 
yoki bir-necha maqsadning amalga oshirilishi niyatning ro’yobga chiqishi-
ga  olib  keladi.  Niyatning  ro’yobga  chiqishi  birin  ketin,  ma’lum  tartibda 
joylashgan bosqichlardagi faoliyatlar yig’indisi bilan  bog’liq. Demak: mo-
tiv---- NIYAT-----HARAKAT------MAQSAD------FAOLIYAT.  
 
Aytganimizdek,  nutq  shakllanishi  uchun  biror  niyat  bo’lishi  kerak. 
Niyatning paydo bo’lishi hali nutq emas. Niyatni amalga oshirish maqsa-
dida uning mazmuni shakllantiriladi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat: 
B i r i n ch i   bosqichda matnning temasi, mavzusi va ushbu mavzu 
bo’yicha nima deyish, yani rema aniqlanadi. 
I k k i n ch i   bosqichda nutq shakllanadi. Agar birinchi bosqichda bir 
butun  niyatni  so’zlovchining  shaxsiy  hayot  tajribasi  asosida  shakllangan 
nutq  mazmuni  hamda  uning  tema  va  remasi aniqlangan bo’lsa, ikkinchi 
bosqichda anashu mazmunni jamiyat a’zolari uchun umumiy bo’lgan, ular 
tushuna  oladigan  qismlarga  ajratib,  har-bir  tarkibiy  qismning  o’z  temasi 
va remasi, sub’ekt va ob’ektlari aniqlanadi. So’zlovchi tomonidan yarati l-


 
15 
gan  matn  talaffuz  qilingan  tovushlar  (havo  to’lqinlari)  orqali  tinglovchi 
qulog’iga  etib  boradi.  Nutq  shakllanishining  mazmun  (mantiqiy-hissiy 
tushuncha) bosqichi o’z o’rnini ma’no (ijtimoiy umumlashgan tushuncha) 
bosqichiga bo’shatib beradi. 
 
B  i  r  i  n  ch  i      bosqichni    mazmun  bosqichi  yoki  ichki 
(chuqur) semantik bosqich, i k k i n ch i  bosqichni esa ma’mo bos-
qichi,  yoki  tashqi  semantik  bosqich  deb  yuritiladi.  Endi  niyatni  amalga 
oshirishning  uchunchi  bosqichi  boshlanadi.  U  ch  u  n  ch  i      bosqich 
ichki  (chuqur)  sintaktik  bosqich  deb  nom  olgan.  Mazkur  bosqichda 
sub’yekt,  ob’yekt  va  predikatlarni  ifodalaydigan  so’zlar,  hamda  ushbu 
modelning  sintaktik  qurilmasi  tanlanadi.  Bu  bosqichdagi  jarayon  ichki 
nutqqa  to’ri keladi. T o’ r t i n ch i  bosqich  tashqi sinta ksisdir. Bu 
bosqichda  so’zlovchi  tomonidan  sintaktik  qurilmaning  uzil-kesil  shakli 
aniqlanadi.  Sintaktik  qurilmaning  shakli  hal  qilingandan  so’ng  beshinchi 
bosqich boshlanadi. B e sh i n ch i   bosqich ichki (chuqur) morfolo-
gik  bosqich  deb  yuritiladi.  Bu  bosqichda  tanlangan  sintaktik  qurilmaga 
mos  keluvchi  so’zlarning  umumiy  morfologik  shakli  aniqlanadi.  Shundan 
so’ng  tashqi    morfologik  -  o  l  t  i  n  c  h  i   bosqich boshlanadi. Bu 
bosqichda  mazmunni  dastlabki  ifoda qiluvchi so’zlarning morfologik shakli 
uzil-kesil aniqlanadi. 
 
Nihoyat,  e  t  t  i  n  ch  i  -  fonetik  bosqich boshlanadi. Bu bos-
qichda  mazmunni  ifoda  qila  oladigan  fonemalar  ajratiladi.  Fonemalarning 
o’zi  nutqda  ishtirok  etmaydi.  Ular  nutq  tovushlarining  umumlashgan 
ko’rinishi  bo’lib,  nutq  jarayonida  ularning  o’rnini  konkret  nutq  tovushlari 
egallaydi.  Shu  yo’l  bilan  ko’zda  tutilgan  mazmun  tinglovchi  e’tiboriga 
havola qilinadi. Yuqoridagi bosqichlarning barchasi simultan,  bir daqiqada 
sodir bo’ladi. 
 
Nutqning  yaratilishini taxminan quyidagich tasavvur qilish mumkin: 
Niyat (motiv)-- ichki semantik bosqich-- tashqi semantik bosqich, ichki 
sintaktik bosqich -- tashqi sintaktik bosqich -- ichki morfologik bosqich-
-  ichki  tovushlar  bosqichi---  fonologik bosqich va nihoyat fonetik bos-
qich. 
 
So’zlovchi  tomonidan  yaratilgan  matn  talaffuz  yordamida  havo 
to’lqinlari  orqali  tinglovchining  qulog’iga  etib  keladi.  Tilglovchi  ushbu 
to’lqinlarni  nutq  tovushlari  sifatida  idrok  qiladi.  Idrok  jarayoni  ham  mu-


 
16 
rakkab bo’lib turli bosqichlardan iborat. Nutqni idrok qilish jarayoni haqida 
bir  qator  fikrlar  mavjud.  Keng  tarqalgan  fikrlar  sifatida  quyi  dagilarni 
keltirish  mumkin.  Ulardan  b  i  r  i  n  ch  i s i n i quyidagicha tasavvur 
qilish  mumkin.  Matn  onologik-fonetik  bosqich    morfologik bosqich  sin-
taktik bosqich  semsntik bosqich  mazmun. Bu haqiqatdan uzoq bo’lgan 
umumiy  farazdir.  Chunki  bu  yo’l  bilan  matnni  idrok  qilish  ancha  vaqt 
talab  qiladi.  Muloqat  jarayonida  esa  idrok  qilingan  axborotga  javob shu 
daqiqaning o’zida beriladi. 
 
Nutqni idrok qilish borasidagi   i k k i n ch i  fikr sintez orqali 
tahlilga  o’tish  deb  nomlanadi.  Bu  fikrga  ko’ra,  so’zlovchi  talaffuz  qilgan 
tovushlar  birikmasi  tinglovchining  eshitish  a’zolari  tomonidan  qabul  qilin-
gach, butunligicha idrok qilish jarayonining semantik   bosqichiga tushadi. 
Inson qabul qilayotgan matn birliklarini alohida idrok etmay, undagi asosiy  
g’oyalarni  ajratib  olib,  bir-biriga  bog’laydi  va  yagona  mazmun  yaratadi. 
Tinglovchini birinchi  navbatda nutqning mazmuni qiziqtiradi. 
 
Nutq faoliyatinig quyidagi turlari mavjud: 
 
1. Ichki nutq - tashqi nutq. 
 
2. Retseptiv nutq- reproduktiv nutq. 
 
3.Og’zaki 
nutq: 
tinglabtushunish, 
audirovaniye- 
gapirish, 
 
so’zlash.  
 
4. Yozma nutq: o’qish- yozish. 
 
5. Dialog nutq ( juft nutq, gaplashish, so’zlashish). 
 
6. Monolog nutq (yakka nutq, gapirish, so’zlash). 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə