Tilshunoslikka kirish fanining predmeti


MAVZUGA  OID  ASOSIY  MASALAR  BOYONI



Yüklə 0,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/145
tarix31.12.2021
ölçüsü0,8 Mb.
#82198
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   145
tilshunoslikka kirish

MAVZUGA  OID  ASOSIY  MASALAR  BOYONI 
 
Til  nima?  Nutq  nima?  degan  savollarga  javob  berish  juda  j
ö
n, 
osondek tuyuladi. Til - aloqa vositasi. Til - muomala quroli. Til - fikrni 
ifodalash vositasi. Til - ishoralar tizimi, yig’indisi, majmuyi va boshqalar. 
Nutq-tildan amalda foydalanish. Nutq  - tilning reallashuvi. Nutq - 
fikrni shakllantirish va ifodalash usuli va ho kazo. 
 
Agar  masalaga  chuqurroq  kirib  borilsa  ushbu  hodisalarning 
mohiyatini  tushunish  va  ularning  munosabatlarini  aniqlash,  belgilash, 
izohlash, tavsiflash, tasavvur qilingandek, sodda,  j
ö
n, oson emasligi ayon 
b
ö
ladi. 
 
Til  va  nutq  tushunchalarini  fiziologiya,  psixologiya,  pedagogika va 
tibbiyotda  almashtirib  q
ö
yish  mumkin  emas.  Fiziolog  va  psixolog  doimo 
nutq  bilan  mashg’ul,  pedagogikada  esa  bola  nutqini  shakllantirish, 
rivojlantirish  va  boyitish  haqida gapiriladi. Tibbiyotda esa nutq kasalliklari 


 
10 
va kamchiliklari  haqida s
ö
z yuritish mumkin. Yuqoridagi barcha hollarda 
s
ö
z  NUTQ  haqida,  TIL haqida emas!, boradi. Biroq tilshunoslikda til va 
nutq  chegaralarini  belgilash  va  ularning 
ö
zaro  munosabatlarini  aniqlash 
ancha mushkil va murakkabdir. 
 
Ovrupo  tilshunosligida  bu  masalaga  birinchi  b
ö
lib  Wilhelm  von 
Humboldt qalam urdi. Uning  fikricha til tugallangan ish (ergon) b
ö
lmay 
balki  doimiy  faoliyat (energiya) dir.  Individ tili va xalq tili bir-biri bilan 
bog’liq. W.Humboldt g’oyalarini Ferdinand de Sossyur  rivojlantirdi. F. de 
Sossyur uch tushunchani: nutq faoliyati (langage), til (langue) va nutq 
(porole)  tushunchalarini  farqlash  lozimligini  uqdiradi.  Yuqoridagi  masala 
L.V.Shcherba  asarlarida  yaqqol  dalillar  bilan  ilmiy  jihatdan  asoslandi  va 
uning  amaldagi  axamiyati  k
ö
rsatib  berildi.  L.V.Shcherba  til  xodisalarining 
uch aspekti mavjudligini ta’kidlab, ularni quyidagicha izohladi: 
 
B  i  r  i  n  ch i   aspekt - gapirish va tushunish jarayoni, yani 
nutq faoliyati;  
 
I k k i n ch i   aspekt - til tizimi, sistemasi, yani til (lug’at va 
grammatika); 
 
U ch i n ch i   aspekt - til materiali, yani konkret holatda bar-
cha  gapirilgan  va  tushunilganlarning  majmui,  jami,  yig’indisi  -  tekstlar. 
(Л.В.Щерба.  О  трояком аспекте языковых явлений и об эксперименте в языко-
знании.   В  кн.:  Языковая система и речевая деятельность Л. Наука 1974 с.26).  
 
L.V.Shcherba  til  materiali va til tizimini nutq faoliyatining turli so-
halaridir deb hisoblaydi. 
 
Yuqoridagi  fikrlardan  quvvatlangan  holda  taniqli  psixolog 
I.A.Zimnyaya “Til fikrni shakllantirish va ifodalash quroli”, nutq esa “fikrni 
shakllantirish va ifodalash usuli” deb hisoblaydi. 
 
Til  material  birliklar  tizimi,  sistemasidir.  Til  birliklari  (tovush, s
ö
z, 
s
ö
z birikmalari, jumlalar) jamoa ongida shakllanadi. Fikr, hissiyot, ka yfiyat 
bunday emas. 
 
Kishilar  til  birliklari  vositasida  ma’lum  fikr,  hissiyot,  kayfiyatlarini 
konkret  sharoitga, holatga, muhitga, situatsiyaga mos ravishda ifodalaydi-
lar.  Natijada,  til  xarakatga  keladi,  amalda  k
ö
llaniladi,  reallashadi,  yani 
nutq  hosil b
ö
ladi. 
 
Agar  til  muomalaning  tarixan  shakllangan  ishoralar  mexanizmi 
b
ö
lsa,  nutq  kishining  fikr,  hissiyot,  kayfiyat,  holat,  istak  hoxishi  va 


 
11 
boshqalarni ifodalovchi konkret qoidalar asosida tuzilgan, tizimlangan, joy-
lashtirilgan til ishoralaridir. 
 
Tilda hamma narsa qolipga, qoidaga, normaga solingan. Til jamoa 
mulki,    umuminsoniy  hodisa.  Individ  tili  mavjud  emas.  Individlarning 
nutqidan tilga ma’lum hodisalar 
ö
tib boradi. Til ayrim shaxslarning hohish 
-  irodasiga  bog’liq  b
ö
lmagan  holda  muomala  jarayonida 
ö
zgarib, 
rivojlanib boradi. 
 
Eng qiyini nutq tushunchasini aniqlash, izohlash, tavsiflashdir. Nutq 
bu  til  ham, nutq faoliyati ham emas. Odatda og’zaki nutq, yozma nutq, 
bola nutqi,
ö
quvchi nutqi, yoshlar nutqi, sahna nutqi, monolog nutq, dialog  
nutq  va  boshqalar  haqida  gapiriladi.  Bularning  barchasi  tildan 
muomalaning  turli  holatlarida,  sharoitlarida,  muhitlarida  amaliy foydalanish 
imkoniyatlari  hisoblanadi.  Yuqoridagi  tushunchalar  tilshunoslikning  tadqiqot 
ob’ekti  hisoblanadi.  Tilning  psixo-fiziologik  mexanizmlari  esa  fiziologi-
yaning,  psixologiyaning,  akustikaning  tadqiqot ob’ekti hisoblanib, tilshunos 
ularning  tadqiqot  natijalaridan  amalda  foydalanadi.  Tilshnos  nutq  faoli-
yatining  bir  b
ö
lagini  ”kesib  olib”  uni  tadqiq  qiladi.  Natijada,  tilshunos 
hosila “TIL” deb nomlanuvchi tadqiqot ob’ektiga ega b
ö
ladi. 
 
Til  haqida  t
ö
g’ri  -  not
ö
g’ri,  aniq  -  noaniq, sodda - murakkab, 
boy-  qabbag’al,  oson  -  qiyin    degan  tushunchalarni  aytish joiz emas. 
Usbu nisbatlar, belgilar, ta’riflar, hususiyatlar nutqqa ta’luqli. Nutqda no r-
madan  chiqib  ketish,  qoidani  buzush  hollari  uchrab  turadi.  Til  va  nutq 
hodisalarini  yaqqolroq  tasavvur  qilish  uchun  ularni  shaxmat 
ö
yiniga 
qiyoslash mumkin. Har bir shaxmat donasining konkret vazifasi va harakat 
qoidalari mavjud. 
Ö
yin jarayonida ushbu vazifalar va qoidalar reallashadi, 
yuzaga chiqadi, namoyon b
ö
ladi, amal qiladi. Agar biror donaning shax-
mat taxtasi katagida 
ö
rni 
ö
zgarsa, q
ö
shnisi 
ö
zgarsa, uning vazifasi ham, 
ta’siri ham  
ö
zgaradi. Til va nutq birliklarini ham shunday tasavvur qilish 
mumkin. 
 
Til  normalariga,  qoidalariga,  qonuniyatlariga  nutq  jarayonida  amal 
qilish  yoki  qilmaslik  hodisasi,  nutq  madaniyati  degan  tushunchani  kelib 
chiqishiga sabab b
ö
ladi. 
 
Nutq  faoliyati,  eng  avvalo,  jarayon  hisoblanadi.  Uni  fiziolog,  fizik, 
psixolog,  lingvist  tadqiq  qiladi.  Nutq  faoliyati  faqat  og’zaki:  gapirish  va 
eshitishdan iborat bo’lmay, balki yozma: 
ö
qish va yozishda ham iborat. U 


 
12 
individual  hodisa  b
ö
lib,  uni  orfografik,  fonetik  shaklda  yoki  og’zaki 
muomala jarayonini magnit tasmasiga yozib olish va turli nuqtai nazardan 
va  turli  tadqiqot  uslublaridan  foydalangan  holda 
ö
rganish,  tahlil  qilish, 
tavsif qilish va ta’riflash mumkin. 
 
Til va nutq hodisalarini bir-biridan ajratish, ularni bir-biriga qara-
ma-qarshi qoyish mumkin emas. Biroq ularning birligini, ammo ayni ho d-
isa ham emasligini unutmaslik kerak, ularni go’yo daftar varag’ining  ikki 
sahifasi sifatida tasavvur qilish mumkin. 
 
G.V.Kolshanskiy  fikriga  kora  til  va  nutq  hodisalarini  tadqiq  qilish 
maqsadida  shartli  ravishda  bir-biridan  ajratish  mumkin.  Til  va  nutq 
hodisallari  V.A.Zveginsevning  “Predlojeniye  i  ego  otnosheniye k yaziku i  
rechi”M. 1976. s.10. nomli kitobida quyidagicha qiyoslanadi: 
 
 
 T I L 
                               
 
 N 
U T Q 
 
1. Umumiy 
 
 
 
         Xususiy 
2. Mavhum   
 
 
         Konktet 
3. Borliq 
 
 
            
Hodisa 
4. Shakl  
 
 
 
 
Substansiya 
5. Psixik (ruxiy) 
 
 
          Fizik (jismoniy)  
6. Potensiya   
 
 
          Amalga oshirish akti 
7. Konstrukt   
 
 
          Kuzatiluvchi ob’ekt 
8. Tizim, sistema 
 
 
 
 Matn, tekst 
9. Invariant   
 
 
 
 Variant 
10. O’zgarmas, doimiy  
             O’zgaruvchan 
11. Butunlik   
 
 
           Qism 
12. Ijtimoiy    
 
 
 
  Individual 
13. Tizim  
 
 
 
 
  Amalda ko’llanishi 
14. Kod  
 
 
                     Axborot 
15. Tuganlangan 
 
 
 
  Tuganlanmagan 
 
 
Nutq  kishilarning  til  vositasida  bir-birlari bilan muomala qilish ja-
rayonidir. Nutq quyidagi xususiyatlari bilan baholanadi: 


 
13 
 
1.  Mazmundorlik  (bu  gapiruvchi,  so’zlovchining  bilimdonligi, 
tajribaliligi va tayyorgarligiga bog’liq). 
 
2.  Tushunarlilik  (tinglovchining  bilim,  tajriba  darajasiga  hamda 
gapiruvchining tinglovchiga mos materialni tanlash qobiliyatiga bog’liq). 
 
3. Ifodalilik (his-hayajon bilan ifodalash, intonatsiya, urg’u, pauza, 
temp va boshqa ekstra-lingvistik xususiyatlarga bog’liq). 
 
  
 
 
 
 
 
 
 

Yüklə 0,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə