The importance of investment in the development of rural tourism and agrotourism and rural tourism



Yüklə 47,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix30.12.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#164938
1   2   3   4   5
qishloq-turizmi-hamda-agroturizm-va-qishloq-turizmini-rivojlantirishda-investitsiyalarning-ahamiyati (2)

Builders of The Future 
 
ISSN: 2181-2705 
https://kelajakbunyodkori.uz/
8
degani. Shu nuqtai nazardan respublikamizning bir nechta oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassa-salarida 
turizm sohasiga oid mutaxassislar tayyorlanadi va ularni kelgusida ish bilan taʼminlash uchun turistik 
obʼektlarni koʻpaytirish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavjud turistik korxonalarning xizmatlari 
roʻyxatiga agroturistik xizmatlarni ham qoʻshgan holda xorijiy turistlarni jalb qilish mumkin. Shu 
bois, agroturizm va qishloq turizmi qishloq xoʻjalik korxonalariga va qishloq aholisiga yuqori foyda 
olish imkoniyatini berishi mumkin. Chunki, ular mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda
agroturxizmatlar va mahsulotlarni taklif etishlari mumkin. 
XULOSA 
Respublikamizda agroturizm va qishloq turizmini tashkil etish orqali qishloqda yangi ishchi 
oʻrinlari yaratiladi; ekologik toza mahsulot ishlab chiqarishga harakat qilinadi; qishloqqa pul 
mablagʻlari, shu bilan birga xorijiy valyuta oqib kirishi ortadi; qishloqning farovonligi oshadi
qishloqda zamonaviy ijtimoiy maishiy infrastruktura yaxshilanadi va yangilari yaratiladi; yangi servis 
xizmat bilan bogʻliq boʻlgan kasblar hosil boʻladi; hunarmandchilik rivojlanadi. Agroturizm va 
qishloq turizmining mavsumiy xarakterga ega ekanligi, yaratilayotgan turxizmatlar va 
agroturmahsulotlarning import mahsulotlar bilan raqobatlasha olish qobiliyati, yuqori malakali 
kadrlar yetishmasligi, hududlardagi madaniy muhitga zarar yetkazilishi mumkinligi uning bir 
maromda oʻsishiga va rivojlanishiga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Shu bois, mamlakatimizda 
agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur: 
Birinchidan, agroturistik xizmatlarga boʻlgan talabni oʻrganish va turistlar qanday dam olish 
joylarini afzal koʻradi. Masalan, xorijiy tadqiqotchilarning natijasiga koʻra, agroturizm va qishloq 
turizmining ekoturizm va etnoturizm koʻrinishi bilan qiziqishgan. Agroturistik xizmatlarni sotib 
oluvchilarni oʻrganish va agroturistik xizmatlarga qanday narx belgilash zarurligi. Bozorni oʻrganish-
agroturistik mahsulotlar harakatini aniqlash. 
Ikkinchidan, agroturizm va qishloq turizmi bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan oilaviy tadbirkorlar 
va fermer xoʻjaliklarining zarur boʻlgan moddiy-texnik bazasi oʻrganiladi. Qishloqning infratuzilmasi 
oʻrganiladi va kamchiliklar bartaraf etiladi. 

Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə