The importance of investment in the development of rural tourism and agrotourism and rural tourism



Yüklə 47,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix30.12.2023
ölçüsü47,9 Kb.
#164938
1   2   3   4   5
qishloq-turizmi-hamda-agroturizm-va-qishloq-turizmini-rivojlantirishda-investitsiyalarning-ahamiyati (2)

 


Builders of The Future 
 
ISSN: 2181-2705 
https://kelajakbunyodkori.uz/
7
Baʼzi adabiyotlarda agroturizm va qishloq turizmi qishloq turizmining tarkibiy qismi ekanligi 
taʼkidlangan. Qishloq turizmining oldingi formasi yashash (joylashtirish) tushunchasi bilan qattiq 
bogʻlangan boʻlib, yuz yillar mobaynida mavjud boʻlib kelgan. Agroturizm va qishloq turizmi 
tushunchasi esa 1980 yillardan qoʻllanila boshlangan. Asta-sekinlik bilan esa muomalaga qishloq 
turizmi termini kirib kelgan va agroturizm va qishloq turizmi qishloq turizmining bir qismi sifatida 
qarab kelingan. 
Izlanishlarimiz natijasida mintaqada turizm yoʻnalishini tashkil etishning innovatsion modellari 
turistik klaster yondashuvi asosida, jumladan agroturizm va qishloq turizmini rivojlantirishga 
investitsiyalarni jalb qilishning tashkiliy-iqtisodiy asoslari oʻrganilgan boʻlib, istiqbolda qishloq 
xoʻjaligida joriy etishni rivojlantirish boʻyicha ilmiy xulosalar va takliflar ishlab chiqilgan. 
Tadqiqotning metodologik asosi nazariy va amaliy maʼlumotlarni, adabiy manbalar va nashrlarni 
oʻrganish natijasida shakllantirildi. Tadqiqotda nazariya va amaliyot oʻrtasidagi bogʻliqliklarga 
asoslanib, shu bilan birgalikda tahlil, taqqoslash, analogiya va sintez kabi usullardan foydalanilgan.
 
Hozirgi kunda agroturizm va qishloq turizmini tez surʼatlar bilan rivojlanib borishi natijasida, 
xorijiy turistlarning diqqatini oʻziga tortmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi Italiya, Ispaniya, 
Irlandiya, Fransiya, Shvesariya, Skandi-naviya mamlakatlarida rivojlanish boʻyicha yetakchi 
hisoblanadi. Agroturizm va qishloq turizmidan keladigan daromad turizmdan keladigan daromadning 
10-20 %ini tashkil qilmoqda. Agroturizm va qishloq turizmi sohasida investitsion jarayonlarni 
faollashtirish liberal amortizatsiya toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, xususan AQSh, Buyuk Britaniya, 
Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya, Shvesiya, Shvesariya va boshqa mamlakatlarda anchadan 
buyon amal qiluvchi tezlashtirilgan amortizatsiya usullarini qoʻllash orqali amalga oshiriladi. 
Xususan, Angliyaning mehnat resurslari boʻyicha nazoratchilari maʼlumotlariga qaraganda, Amerika 
va Yaponiya sanoatining umumiy samaradorligi 15 %ga koʻtarildi, bunga sabab ishchi kuchlaridan 
foydalanish xarakterining oʻzgarishi kapital qoʻyilmalar – 25 %, texnologiyalardagi oʻzgarish-lar – 
60%ga teng boʻldi. 
Jumladan, Samarqand viloyati boʻyicha istiqbolli investitsiya loyihalarini Yevropa tiklanish va 
taraqqiyot banki mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish orqali 2019-2025 yillarda Oʻzbekiston 
Respublikasida turizm sohasini rivoj-lantirish Konsepsiyasi qulay iqtisodiy sharoitlar va omillarni 
yaratish boʻyicha olib borilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish, turizm sohasini jadal 
rivojlantirish boʻyicha ustuvor maqsad va vazifalarni belgilash, uning iqtisodiyotdagi oʻrni va 
ulushini oshirish, xizmatlarni diversifikatsiyalash va ularning sifatini oshirish boʻyicha turizm 
infratuzilmasini takomillash-tirishga qaratilgan. 
Maʼlumotlarga qaraganda, 2019 yilda respublikamizda 449 ta turistik tashkilotlar va 816 ta 
mehmonxonalar faoliyat yuritgan. 2017 yilda xorijiy turistlar qariyb 2,7 mln. kishiga va mahalliy 
turistlar soni 2,1 mln
7
kishiga yetdi, bu oldingi yilga nisbatan mos ravishda 33,3 % va 16,6 % ga koʻp 



Yüklə 47,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə