Texnologiyasi. Raqamli analitika (digital analitics)haqida tushuncha



Yüklə 15,58 Kb.
səhifə1/4
tarix22.03.2024
ölçüsü15,58 Kb.
#180073
  1   2   3   4
Big Data

  • Katta hajmdagi ma’lumotlar (big data)

  • Texnologiyasi.
    2. Raqamli analitika (digital analitics)haqida tushuncha.
  • Katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data)texnologiyasi.

Mutaxassislarning fikrlaricha ko’ra, 2020 yilga kelib, jahon miqyosida internetga 50 milliard qurilma ulanib, ularning yordamida generatsiya qilinadigan ma’lumotlar hajmi 44 trillion gigabaytga yetadi. Bunday ma’lumotlarning gigant oqimlari yoki Big Data iqtisodiyotning turli segmantlarida – iste’mol bozorlaridan tortib, heft gaz sohasigacha, meditsinadan tortib, moliyaviy sektorgacha keng miqyosda ishlatiladi. Shuning uchun Big Data raqamli milliy iqtisodiyotning mahsuloti ham, drayveri ham, milliy mulki ham hisoblanishi mumkin. Big Data texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanishi foydalanuvchilarga ma’lumot himoyasini ta’minlashni, biznesga esa global raqobat sharoitlarida maqsadga muvofiq bo’lgan rivojlanishni ta’minlab berish bo’yicha alohida yondoshuvlar ishlab chiqishni talab qiladi.
Evrokomissiyaning “Gorizont 2020” deb nomlangan dasturida Big Data (Katta ma’lumotlar) ga “Yangi raqamli iqtisodiyotning yonilg’si” degan nom berilgan. 2017 yilga kelib, Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) bozoridagi dunyo miqyosida yaratilgan daromad miqdori $150,8 milliardga yetdi. BDA texnologiyasiga $72 milliard mablag’ni bank sektori, ishlab chiqarish va xizmatlar sektori va davlat xokimiyati organlari kiritgan. Yaqin kelajakda Big Data (Katta ma’lumotlar) va biznes-analitika (BDA) ni qayta ishlaydigan eng katta bozorlar jumlasiga AQSH davlatini kiritishimiz mumkin. Ular bunga joriy yilga $88,7 milliard mablag’ sarflashni rejalashtirganlar.
Ikkinchi o’rinnni G’arbiy Evropa mamlakatlari ($36 milliard), uchinchi o’rinnni esa Osiyo-Tinch Okeani regioni mamlakatlari ($15 milliard) egallaydi. BSA ning bashoratiga ko’ra, Big Data ning iqtisodiyotda ishlatilishi 2030 yilga kelib, jahon YIM ning $15 trillionga teng miqdorini yaratishga impul’s beradi. McKinsey ning baholoviga ko’ra, bunda iqtisodiy samaraning umumiy miqdori &5 trillionga yetar ekan. Big Data (Katta ma’lumotlar) lardan foydalanish asosidagi texnologiyalr biznesning turli-tuman sohalarida biznesning samaradorligini oshirish va sarfharajatlarni kamaytirish uchun kompaniyalar tomonidan keng miqyosda foydalaniladi. Big Data (Katta ma’lumotlar) texnologiyasidan foydalanish tufayli, UPS (United Parsel Service) logistik kompaniyasi Big Data ni qo’llash natijasida yiliga 8,5 million litr yonilg’i iqtisod qiladi, yo’nalishlarni optimallashtirdadi va tovar yetkazib berish tezlogini oshiradi.
O’rtacha kattalikdagi ma’lumotlar saqlaydigan an’anaviy ma’lumotlar bazalari va Big Data (Katta ma’lumotlar) bazalarini solishtirish natijalari quyidagi jadvalda keltirilgan:


Yüklə 15,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə