Texnologiyalarni q


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 60,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix22.03.2024
ölçüsü60,1 Kb.
#180888
1   2   3   4   5   6
35 Mahmudova 337-341

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili 
Raqamli bank texnologiyalari, ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ulardan samarali 
foydalanish yo‘llari hamda mexanizmlari bo‘yicha qator ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan. 
Jumladan, M.V. Dubininning fikricha, bank texnologiyalari – bu banklarda ishlatiladigan turli 
xil telekommunikatsiyalar, axborot texnologiyalari, kompyuter tarmoqlari, dasturiy 


“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” (Economics and Innovative Technologies) ilmiy elektron jurnali 
http://iqtisodiyot.tsue.uz/journal
  
339
 
mahsulotlar, ichki protseduralar, risklarni boshqarish modellari va boshqalar. “Bank 
texnologiyasi” atamasi banklarga o‘z mijozlariga xavfsiz, ishonchli va arzon narxlarda 
yaxshiroq xizmatlarni taklif qilishi hamda bank xizmatlari bozorida raqobatbardosh 
ustunlikka erishishi uchun zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan 
foydalanishni anglatadi [1]
1
.
Bank texnologiyasi, shuningdek, demografik, psixografik va tranzaksion maʼlumotlar 
kabi mijozlar tafsilotlarini saralash orqali mijozlar xatti-harakatlari modellarini ochishda 
zamonaviy kompyuter algoritmlaridan foydalanish faoliyatini o‘z ichiga oladi. Maʼlumotlarni 
yig‘ish deb ham ataladigan ushbu faoliyat mijozlarga segmentatsiya, mijozlar skoringi
maqsadli marketing, bozor savatchalarini tahlil qilish, o‘zaro sotish, sotish, mijozlarni ushlab 
qolish kabi modellashtirish kabi turli xil marketing muammolarini hal qilish orqali banklarga 
o‘z biznes maqsadlariga erishishda yordam beradi [2]. 
О.Меликов томонидан рақамли банк технологиялари ва уларнинг таркиби 
ҳамда элементлари кенг ёритилиб, банк технологиялари бўйича хорижий ва маҳаллий 
олимларнинг илмий қарашлари чуқур ўрганилган, таҳлил қилинган ва муаллифлик 
фикрлар билдирилган. Шунингдек, бугунги кунда дунё банкларида фойдаланиб 
келинаётган Automated Teller Machine (ATM), Mobile Banking, Internet Banking, Video 
Teller Machine (VTM), Secure Short Messaging Service (SSMS), SIM Application-toolkit, RFID 
Technology, Mobile Money каби банк технологиялари келтирилган ва уларнинг ўзига хос 
хусусиятлари ҳамда афзалликлари очиб берилган [3]. 
M.Madraximov tomonidan masofaviy bank xizmatlarining bank faoliyatigadgi
ahamiyati, ularni ko‘rsatish kanallari va buni yanada kengaytirish imkoniyatlariga oid 
ilmiy-nazariy qarashlar o‘rganib chiqilgan O‘zbekiston tijorat banklari amaliyotida
masofaviy bank xizmatlarining rivojlanish holati to‘plangan statistik ma’lumotlar asosida 
tahlil qilingan. Tijorat banklarida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish, mijozlarga 
masofadan turib xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha har bir tijorat banki o‘zining 
strategik dasturini ishlab chiqish kerak. Mazkur dasturda qadamma-qadam barcha xizmat
turlarini masofaviy hamda onlayn rejimga o‘tkazish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish 
lozimligi, mazkur yo‘l xaritasida belgilangan vazifalarni moliyalashtirish manbasi, amalga 
oshirish muddatlari, amalga oshirish uchun mas’ul boshqarma hamda loyihani ishga 
tushirish muddati kabilar keltirib o‘tilishi zarurligi ta’kidlangan[4]. 
Yuqorida o‘rganilgan jarayonlar va bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda banklar 
faoliyatiga raqamli texnologiyalarni samarali qo‘llash orqali ularning transformatsiyasini 
amalga oshirish, mijozlar bilan ishlash jarayonini soddalashtirish, vaqt va xarajatlarni tejash
bank operatsiyalarini takomillashtirish bo‘yicha hali ham qilinishi lozim bo‘lgan amaliy ishlar 
borligini taʼkidlash lozim. 

Yüklə 60,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə