Texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti



Yüklə 20,15 Kb.
tarix30.12.2023
ölçüsü20,15 Kb.
#166054
Daminov MB 2-Amaliy ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI
TEXNOLOGIYALAR VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI

KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
AT-servis yo’nalishi 21-06-guruh talabasi
Daminov A’zamxonning
Ma’lumotlar bazasi” fanidan

2-Amaliy ishi



Fan o‘qituvchisi: Saidqulov E.


S a m a r q a n d 2023
Mavzu: SQL tili. SQL operatorlari. SQL tili orqali ma’lumotlar bazasi yaratish.
Ishdan maqsad: SQL tili haqida ma’lumotga ega bo’lish. SQL tili orqali ma’lumotlar bazasini yaratish o’rganish.
Reja:

  1. SQL tili.

  2. SQL operatorlari.

  3. SQL tili orqali ma’lumotlar bazasini yaratish.

SQL (Structured Query Language) – Bu strukturaviy so'rov tili bo'lib, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi tomonidan boshqariladigan relyatsion ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlarni yaratish, o‘zgartirish va boshqarish uchun foydalaniladigan dasturlash tilidir.
1970-yil iyun oyida E. F. KODD o'zining "Katta umumiy ma'lumotlar bazalari uchun ma'lumotlarning relyatsion modeli“ mavzusidagi maqolasini ommaga taqdim etdi.
E. Kodd modelini yo'lga qo'yish maqsadida IBM firmasi SEQUEL(Structured English Query Language) tilini ishlab chiqdi. Keyinchalik bu til SQL tiliga o'zgartirildi. 1979-yil Relational Software (hozirgi vaqtdagi Oracle) korporatsiyasi SQLning birinchi tijoriy ishlanmasini ommaga taqdim etdi.
SQL tili barcha ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari uchun umumiy standart til hisoblanadi.
2 xil turdagi SQL mavjud: interaktiv va o'rnatilgan (встроенный). SQL ning bu 2 turi ishlashi bir xil, lekin har xil joyda ishlatiladi.
Interaktiv SQL — bu ma'lumotlar bazasiga so'rov orqali murojaat qilib, shu zahoti natijani olish tushuniladi. Ya'ni bunda ketma-ketlik asosida jarayon sodir bo'ladi. So'rov-natija rejimda ishlaydi.
O'rnatilgan SQL – bu so'rovlar yig'indisi biror dasturlash tilida ishlatilishi tushuniladi. C, С++, Python, Pascal, Delphi, Java tillarida bazaga murojaat qilib, natijani biror o'zgaruvchiga yuklab qo'yamiz va kerakli joyda bu natijani ishlatamiz. Ya'ni bunda so'rov berib, darhol natijani ololmaymiz. Natija faqat dasturning davom etishi uchun olinadi va talab etilgan joyda ishlatiladi.
SQL operatorlari orqali quyidagi vazifalarni bajarish mumkin:

  • Ma'lumotlarni so'rov orqali olish.

  • Jadval qatorlariga ma'lumot qo'shish, qatorlarini o'chirish va yangilash.

  • Obyektlarni yaratish, o'zgartirish va o'chirish.

  • Ma'lumotlar bazasi va obyektlarga ruxsatlarni o'rnatish.

  • Ma'lumotlar bazasi foydalanuvchilarini hosil qilish va baza xafsizligini ta'minlash.

SQL operatorlari bir necha guruhlarga bo'lingan. Bu bo'linish operatorlarning bajarilish vazifasi asosida bo'lingan. Ular quyidagilar:

  1. DDL (Data Definition Language), Ma’lumotlarni aniqlash tili deb ataladi. Bu guruhga ma'lumotlar bazasida obyektlar (jadvallar, indekslar)ni hosil qiluvchi operatorlar kiradi.

  2. DML (Data Manipulation Language) – ma'lumotlarni manipulyatsiya (tahrirlovchi) qiluvchi operatorlar yig'indisi guruhi. Istalgan vaqtda jadval ichida qanday ma'lumotlar saqlanayotganini aniqlovchi operatorlar.

  3. DCL (Data Control Language) – ma'lumotlarni boshqaruvchi operatorlar.

  4. TCL (Transaction Control Language) - bu tranzaksiyalarni boshqarish uchun so‘rovlar guruhidir.

Topshiriq
4-variant
“DORIXONA” ma’lumotlar bazasi uchun SQL operatorlaridan foydalanib so’rovlar yarating.

Yechilishi:
1.PgAdmin4 dasturiga kirib olamiz va dastur qo’ygan parolingizni so’raydi parolni kiritasiz:


2.So’ngra yangi Data base yaratib olamiz:


3.Ochgan Data base imizda yangi jadval yaratib olamiz:


4.So’ng yaratgan jadvalimizga ma’lumotlarni kiritib olamiz:



5.So’gra SELECT buyrug’i orqali jadval yaratganimizni tekshirib olamiz:


6.So’ng biz CONCAT standart buyrug’i orqali 2 va undan ortiq ustunlarni birlashtirib olamiz:


Xulosa: Men bu amaliy ishni bajarish orqali SQL tili
haqida batafsil ma’lumotga ega bo’ldim va PGAdmin4 ya’ni Postgre SQL dasturi orqali SQL operatorlaridan foydalanib ma’lumotlar bazasini yaratishni bilib oldim. Shu dastur orqali standart buyruqlardan foydalanishni bilib oldim.
Yüklə 20,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə