Texnologiya, Menejment va Kommunikatsiya Instituti Kafedra: Matematika Fan: Iqtisodiyot nazariyasi Fakultet: Iqtisodiyot Guruh: iqs-22-22 Bajardi: Xolmo'minova O'g'iloy Mustaqil ish mavzusi : Matematik statistika elementlari


Kuzatilayotgan miqdorlarning taqsimot qonunlari, ba`zi xarakteristikalari haqidagi har qanday farazlarni “statistik gipotezalar ” deb ataladi



Yüklə 4,08 Mb.
səhifə2/5
tarix15.09.2023
ölçüsü4,08 Mb.
#121994
1   2   3   4   5
Matematika statistika elementlari

3. Kuzatilayotgan miqdorlarning taqsimot qonunlari, ba`zi xarakteristikalari haqidagi har qanday farazlarni “statistik gipotezalar ” deb ataladi.

Faraz qilaylik, ba`zi mulohazalarga asoslanib, tasodifiy miqdorning taqsimot funksiyasini deb hisoblash mumkin bo`lsin, shu funksiya xaqiqatdan ham ning taqsimot funksiyasimi yoki yo`qmi degan savol statistik gipoteza hisoblanadi.

U yoki bu gipotezani tekshirish uchun kuzatishlar orqali yoki maxsus tajribalar o`tkazish yo`li bilan ma`lumotlar olib, ularni qilingan gipotezaga muvofiq nazariy jihatdan kuzatilayotgan ma`lumotlar bilan taqqoslab ko`rish kerak. Agar olingan ma`lumotlar haqiqatdan ham nazariy jihatdan kutilgan ma`lumotlar bilan mos kelsa, u vaqtda bu fakt o`sha gipotezaning to`g`riligiga ishonch hosil qilish bilan, uni qabul qilish uchun asos bo`lishi mumkin. Agar olingan ma`lumotlar nazariy jihatdan kutilayotgan ma`lumotga yetarlicha to`g`ri kelmasa u holda qilingan gipotezani qabul qilishga asos bo`lmaydi.

Umuman, kuzatish natijalari bilan nazariy jihatdan kutiladigan natija orasidagi farq turlicha bo`lishi mumkin. Shu farqni statistik baholash natijasida u yoki bu gipotezani ma`lum ehtimollik bilan qabul qilish mumkin, ya`ni shu farq katta bo`lsa gipoteza qabul qilinmaydi, aks holda qabul qilinadi, albatta bu farq qancha bo`lganda gipotezani qabul qilish mumkinligi masalaning quyilishiga bog`liq bo`ladi.

  • Matematik statistikaning bu masalani yechish bilan shug`ullanuvchi bo`limi statistik gipotezalar nazariyasi deyiladi.

2. Bosh va tanlanma to`plam.

Bir jinsli elementlar jamlanmasida ushbu elementlarni xususiyatlarni xarakterlovchi biror alomatni o`rganish talab etilgan bo`lsin. Ko`p hollarda barcha elementlarni alohida o`rganish imkoniyati bo`lmaydi (elementlar soni juda ko`p bo`lishi mumkin, elementni o`rganish ko`p sarf harajat talab etishi mumkin, tekshirilish jarayonida ushbu element yoq qilinishi mumkin va hokazo). Bu hollarda ushbu elementlar jamlanmasidan biror qismini ajratib olinadi va bu ajratilgan to`plam bo`yicha butun jamlanma xususiyatlari haqida hulosalar qilinadi.


Yüklə 4,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə