Texnologik jarayon bajarishida yong‘in xavfsizligini ta'minlash chora tadbirlari режа


YONQINNI O`CHIRISHDA SUV TA'MINOTI



Yüklə 98,21 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü98,21 Kb.
#161195
1   2   3   4   5   6   7   8   9
TEXNOLOGIK JARAYON BAJARISHIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGINI TA\'MINLASH

YONQINNI O`CHIRISHDA SUV TA'MINOTI
Suv yong`inni o`chirishda eng ko`p ishlatiladigan vositadir. Hajmi 1000 m3 131 dan katta bo`lmagan, o`tga chidamlilik darajasi I va II bo`lgan aloqida binolarda joylashgan D toifadagi korxonalar hamda 50 tagacha odam yashaydigan bir-ikki qavatli binolardan tashqari barcha aqoli yashaydigan joylar va ishlab chiqarish korxonalari yong`inga qarshi suv bilan ta'minlanishi zarur. 8000 tagacha aholi yashaydigan joylar yoki yong`inni tashqi tomondan o`chirishda 20 l/s gacha suv sarflanadigan V, G, D toifadagi korxonalarda yong`inni o`chirish uchun suv avtonasoslari mavjud bo`lganda bino va inshootlardan uzoqi bilan 200 m, motopompalar mavjud bo`lganda uzog`i bilan 150 m va dastaki nasoslar mavjud bo`lganda uzog`i bilan 100 m masofada joylashgan daryolar, ko`lmak suvlardan olinishi mumkin. Aholi soni 500 tagacha bo`lgan qishloq joylarida yong`inni o`chirish uchun hisobiy suv sarfi 5 l/s, 500-5000 aholi yashaydigan joylarda 10 l/s, bundan ko`p aholi yashaydigan joylarda esa 15 l/s hisobida olinadi. O`tga chidamlshshk darajasi I va II bo`lgan, xajmi 3000 m3 gacha bo`lgan ishlab chiqarish hamda jamoat binolari uchun hisobiy suv sarfi - 5 l/s ni, III, IV va V
darajalari uchun 10 l/ s ni tashkil etadi.
Bitta yong`inni o`chirishga sarflanzdigan zaruriy suv miqdori uning sekund davomidagi sarfi miqdori va yong`inni davom etgan vaqti bilan hisoblanadi.
ISHLAB CHIQARISHDA YONQINGA QARSHI TIZIMLAR.

Yong`inga qarshi tizimlar majmuasi MMXS dagi GOST 12.1.004-76 talabalriga binoan yong`inni oldini olish tadbirlari, yong`indan himoyalash va tashkilliy masalalardan iborat.


Yong`inni oldini olish tizimiga tashkiliy tadbirlar va yong`in xavfi mavjud ish joylarda yonqinndan ogoqlantiruvchi vositalar kabi texnik
vositalarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Yong`indan himoyalash tizimiga texnik vositalar va tashkiliy tadbirlarni birlashtirlgan holda, yong`inni kishilarga va moddiy boyliklarni himoyasini tashkillashtirish masalari kiradi. Ya'ni himoya sifatida yonmaydigan va yong`inni tarqalishiga yo`l qo`ymaydigan materiallradan binolarni qurish, yonilg`idan foydalanishga qattiq tartib o`rnatish, yong`inni o`chirishda, o`chirish vositalarini ta'minlanishi, tutun tarqalishi va atmosferaga chiqaruvchi
tizim, jamoa va shaxsiy himoya vositalri bilan ta'minlanishlarni hamda aholini evauasiya qilish tadbirlarini ko`rsatib o`tish mumkin.
Yong`in xavfsizligin ta'minlashdagi tashkiliy masalalarga, yong`inga qarshi ishchilar hisobidan ko`ngillilar otryadini tuzish, yong`in xavfi yuqori bo`lgan ish joylarida profilaktik ishlarni belgilangan talab asosida o`tkazib turish, ishchilarni o`quv va malaka oshirish bilan bilimlarini oshirib borish, amaliy taktik o`quv ishlarini tashkillashtirish, yong`in xavfsizligini
ta'minlash bo`yicha yo`riqnomalar ishlab chiqish va joriy qilish kabi tadbirlarni ko`rsatib o`tish mumkin.
Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 29 iyun 243-son qarorining "Mulkchilik shaklidan qat'i nazar, vazirliklar, idoralar, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalarning sanoat korxonalari va boshqa ob'ektlaridagi ko`ngilli o`t o`chiruvchilar drujinalari to`g`risidagi Nizomga asosan ko`ngilli 132 o`t o`chiruvchilar drujinasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
a) ob'ektda yong`inga qarshi tartib-qoidalarning qanday bajarilayotganini va unga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirish;
b) ishchilar va xizmatchilar o`rtasida ob'ektda yong`inga qarshi tartib-qoidalarga rioya qilish bo`yicha tushuntirish ishlari olib borish;
v) o`t o`chirish texnikasining, o`t o`chirish dastlabki vositalarining so`z va jangovar holatdaligini nazorat qilish;
g) yong`in chiqqan hollarda o`t o`chirish komandasini chaqirish va odamlarni xavfli joydan ko`chirish hamda ob'ektdagi mavjud o`t o`chirish vositalari bilan yong`inni o`chirishga oid shoshilinch choralar ko`rish;
d) zarur bo`lgan hollarda ko`ngilli o`t o`chiruvchilar drujinasi a'zolarining o`t o`chiruvchi mashinalarda, motopompalarda va ut o`chirishning boshqa ko`chma va turgan vositalarining jangovar guruhlaridagi ishlarda qatnashish, shuningdek, o`ta zarur hollarda, sexlar va boshqa ob'ekglarda navbatchilikda turish;
e) ob'ektning yong`in-texnika komissiyasi va yong`inlarni aniqlash, oldini olish hamda o`t o`chirishning yangi usullarini joriy etuvchi davlat yong`in nazoratining mahalliy organlari bilan o`zaro birgalikda harakat qilish.

Yüklə 98,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə