• Muskullar harakatini
ta’minlovchi
motoneyronlarning orqa,
uzunchoq va
o‘rta
miyadagi markazlarining
funksiyasi bosh miya katta
yarimsharlari
po‘stloq
qismining oldingi markaziy
egatida joylashgan nerv
hujayralari
—
harakatlanish oliy nerv
markazlari
tomonidan
boshqariladi.
• Agar bosh miya po‘stlog‘idagi nerv
markazlarining ishi buzilsa,
markazni boshqaradigan
muskullar falaji yuzaga keladi.
Bunda ularning tarangligi ortadi,
shol
bo‘lgan qo‘loyoq tarashadek
qotib qoladi. Bu bosh miya
shikastlanganda yoki miyaga qon
quyilganda yuzaga keladi. Orqa
miyada joylashgan nerv
markazlarining ishi buzilganda ular
boshqaradigan muskullarda
periferik falajlik yuzaga keladi.
Bunda ularning tonusi pasayib,
falaj
bo‘lgan qo‘l yoki oyoq
harakatsizlanib, osilib qoladi.
• Odam organizmida 600 dan ortiq skelet muskullari bo‘lib, ular
tana massasining
o‘rtacha 40 % ini tashkil etadi. Jismoniy
mehnat va sport bilan
shug‘ullanuvchilarda muskullar yaxshi
rivojlangan
bo‘lib, ular tana massasining 50 % ini va undan
ko‘prog‘ini tashkil etadi.
• Skelet muskullarining shakli xilma-xil: uzun, kalta, keng,
rombsimon, trapetsiyasimon, piramidasimon, uchburchak,
tishsimon, duksimon, patsimon va yarimpatsimon, ikki boshli, ikki
qorinli, tasmasimon, aylana va hokazo
bo‘ladi (19- rasm). Uzun
muskullar, asosan,
qo‘l va oyoqlarda, kalta muskullar qovurg‘alar
orasida, keng muskullar
ko‘krakda, qorin devorlarida, aylana
muskullar
og‘iz, ko‘z atrofida joylashgan. Har bir muskulning
paylardan tashkil topgan bosh va dum qismi
bo‘ladi. Muskul
tashqi tomondan biriktiruvchi
to‘qimadan tuzilgan yupqa parda
bilan
o‘ralgan bo‘lib, bu parda
fassiya
deb ataladi. Fassiya bilan
muskulning paylari orasida harakatni qulaylashtiradigan
sinovial
suyuqlik
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
• K.Зуфаров Гистология. Т., “Ибн Сино”, 1991
• Э. Қодиров. Гистология. Т., “Ўқитувчи”, 1994.
•
Ahmedov A..F "Odam anatomiyasi fanidan amaliy
mashg`ulotlar" Toshkent-2003.
•
X. Xudayberdiev. "Odam anatomiyasi" Toshkent -1993
•
F. Baxodirov. "Odam anatomiyasi" Toshkent-2001
•
N. Ahmedov. "Odam anatomiyasi" Toshkent N. Ahmedov.
"Odam anatomiyasidan Atlas". Toshkent-2003