Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti "moliya" kafedrasi



Yüklə 1,23 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/76
tarix28.11.2023
ölçüsü1,23 Mb.
#138639
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76
buxgalteriya hisobi nazariyasi

Ишлаб чиқариш 
жараёни-
•ишлаб чиқаришнинг
ҳақиқий
ҳажмини
аниқлаш;
•маҳсулотнинг
ҳақиқий таннархини
ҳисоблаш.
Таъминот жараёни-
•таъминотнинг
ҳақиқий
ҳажмини
аниқлаш;
•қабул қилинган ТМЗ
ҳақиқий таннархини
ҳисоблаш.
Сотиш жараёни-
•сотиш
билан
боғлиқ
харажатлар ҳисобини тўғри
ва ўз вақтида ташкил этиш;
•сотиш натижасида олинган
даромадларни
улар
ҳосил
бўлган жойлари бўйича тўғри
ҳисобга олиш;
•сотиш
натижаларини
бухгалтерия ҳисобида тўғри
ва ўз вақтида аниқлаш.
Хўжалик жараёнлари
Mablag‘lar aylanishidagi asosiy bosqich- bu moddiy boyliklarni yaratish jarayoni sodir 
bo‘ladigan ishlab chiqarish bosqichidir. Bu erda ishlab chiqarilgan buyumlar nafaqat tashqi 
ko‘rinishi va xususiyati bilan, balki qiymatining xajmi bilan farq qiladigan yangi mahsulot 
tayyorlanadi. YAngidan tayyorlangan mahsulot, sarflangan ishlab chiqarish vositalarining 
xodimlar mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan tashkil topgan yangi 
qiymatlardan iborat bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan 
xarajatlar - sarflangan mablag‘lar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - 
tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu 
ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o‘lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab 
chiqarish tannarxi hisobot yig‘ma ko‘rsatgichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, 
moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o‘lchovlarda ham 


ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini 
boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks 
ettira turib, ishlab chiharish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish 
iste’molini ham o‘z ichiga oladi. 
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga 
aylanmaydi. CHunki ularga mehnatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, 
ma’lum vaqtni talab qiladi. SHu vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish 
shaklida bo‘lib turadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan milliy daromadni taqsimlash jarayoni vujudga 
keladi. Taqsimlash paytida zaruriy mahsulotning puldagi ifodasi, korxona va davlatning 
markazlashtirilgan sof daromadining summasi hisoblab chiqiladi. Bunda korxonaning foydasi 
buxgalteriya hisobida keyinroq, ya’ni sotish tugagandan so‘nggina aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Korxonaning mablag‘lari boshqa bosqichlarda, ya’ni operatsiya jarayonida sodir bo‘ladi. Bu - 
korxona ta’minoti va tayyor buyumlarni sotish bosqichlaridir. 
Ta’minot doirasida korxona pul mablag‘lari hisobiga o‘ziga zarur bo‘lgan moddiy 
boyliklarni sotib oladi. Sotish bosqichida ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan mahsulotning 
iste’molchilarga sotish sodir bo‘ladi. Bu bosqichning yakunida korxona zaxiralari yana pul 
shakliga kiradi. 
Korxonaning ta’minoti va sotish jarayonlarini aks ettirishda buxgalteriya hisobi 
quyidagilarni qayd qilishi zarur: jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni ishlab 
chiqarish vositalarini xarid qilish va mahsulot sotishsiga qilingan xarajatlar; ta’minot jarayonida 
xarid qilinadigan buyumlar; sotish uchun mo‘ljallangan va sotish jarayonida joylashgan ishlab 
chiqarish mahsulotlari hamda sotilgan buyumlar uchun korxonalar tomonidan olinadigan pul 
mablag‘lari va h.k.
Sotilgan mahsulotning summasi ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar summasidan 
korxona tomonidan belgilangan sof daromad miqdoriga ko‘p bo‘ladi. 
SHunday qilib, sotish jarayonining yakunlanishi moddiy ishlab chiqarish sohasida 
yaratilgan sof daromadni taqsimlash imkonini beradi. Bu erda buxgalteriya hisobi davlat 
daromadiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan, korxona tomonidan olingan summasi, qo‘shilgan qiymat 
solig‘i, aksiz solig‘i, foyda solig‘i aniqlanadi va qayd qilinadi. 
Sotish jarayoni tugagandan so‘ng korxona tegishli organlarga berilishi kerak bo‘lgan 
summalarni o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladi. 
Tovar ishlab chiqarish sharoitida korxona mablag‘larining aylanish davri uning boshqa 
korxonalar, tashkilotlar va muassasalar bilan xo‘jalik aloqalarini yuzaga keltiradi. Bunday 
aloqalar korxonada mol etkazib beruvchilar va xaridorlar biyaan ta’minot hamda mahsulot 
sotishni amalga oshirishda, bosh kompaniya bipan unga u yoki bu mablag‘larni topshirish yoki 
olib qo‘yish paytida, bank muassasalari bilan ulardan ssudalar olishda, byudjetdan tashqari 
tashkilotlar bilan ijtimoiy ehtiyojlarga doir hisob - kitoblarda yuzaga keladi. Xo‘jalik aloqalari 
buxgalteriya hisobida korxona mablag‘larini aylanish davrining tegishli bosqichlari aks 
ettirilayotgan paytdan qamrab olinadi. 
Ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchini ishlab chiqarish maqsadlari uchun qilingan 
iste’moldan tashqari, korxonada noishlab chiqarish iste’mollari ham sodir bo‘ladi. 
Noishlab chiqarish iste’moliga korxona tasarrufidagi mablag‘laridan foydalanish kiradi. 
Ularning tarkibiga uy-joy, maishiy xizmatlar, sog‘liqni saqlash va boshqa shu kabi mablag‘lari 
kiradi. Bu mablag‘larning holati va ulardan foydalanishni ham buxgalteriya hisobida hisobga 
olinadi.
Korxona mablag‘larining aylanish davri shundan iboratki, ular - ishlab chiqarishga, ishlab 
chiqarish - tovarlarga, tovarlar esa yana yul shakliga aylanadi. Demak, mablag‘larning aylanish 
davri faqat uning xar xil bosqichlari ketma - ket uzluksiz kslib tursagina sodir bo‘lishi mumkin. 
Mablag‘larning aylanish davrini to‘g‘ri tashkil qilish, ularni xar bir bosqichini; bo‘lgan 
muddatlarda bo‘lishini talab qiladi. Korxonalarda vujudga keladigan jarayonlar odatda xar doim, 
deyarli uzluksiz sodir bo‘ladi. SHuning uchun ham, korxonalar xar bir bosqichda, ya’ni uch 


shakldagi - pul, ishlab chiqarish va tovar mablag‘lariga ega bo‘lishi kerak. SHu bilan birga bu 
mablag‘larning miqdori korxona faoliyatining xajmiga to‘g‘ri kelishi va xar bir boskichda 
normal ishni ta’minlashi kerak. 
Barcha jarayonlar - ta’minot, ishlab chiqarish va sotish - alohida xo‘jalik operatsiyalaridan 
iborat. Masalan, ta’minot va sotish qator xarqs qilish - sotish hodisalaridan tashkil topadi. Ishlab 
chiqarishda mehnat buyumlarini mahsulot tayyorlashga sarflash, korxona xodimlariga bajargan 
ishlari uchun ish haqi hisoblash, mehnat vositalaridan mahsulot ishlab chiqarishda 
foydalanganlik uchun amortizatsiya ajratmalarini hisoblash va xokazolarni qayta - qayta 
qiymatda amalga oshiradi. 
Har bir operatsiyaning asosiy mazmuni korxona mablag‘larining xarakati, ularning 
shakllarining o‘zgarishidan iborat. Masalan, materiallarni xarid qilishda korxona pul mablag‘lari 
o‘rniga o‘zlariga kerak bo‘lgan mehnat buyumlarini oladi va ularni sarflashda mehnat 
buyumlarni ishlab chiqarish jarayoni yuzaga kelib, tayyor mahsulot olinadi. 
Bundan shuni xulosa qilish mumkinki, xo‘jalik operatsiyalari ishlab chiqarish faoliyatini 
amalga oshirshssa korxona mablag‘larining harakatidan iborat ekan. 
Xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida aks ettirish boshqarish ob’ekti hisobot 
kerakli axborotlarni olish, mablag‘lardan samarali foydalanish darajasini baholash imkonini 
beradi. SHuning uchun xam ular bux-galteriya hisobining asosiy mazmunini tashkil qiladi. 
4. Xo‘jalik mablag‘lari va ularning manbalari tasnifi 
Xo‘jalik jarayonlari ma’lum mablag‘lar zaxirasini talab etadi. SHuning uchun ham, ishlab 
chiqarish korxonalari imoratlar, mashinalar, uskunalar, materiallar, pul mablag‘lari, nomoddiy 
aktivlar va shu kabi boshqa mablag‘larga ega bo‘ladi.
Xo‘jalik mablag‘lari quyidagicha turkumlanadi: 

Yüklə 1,23 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə