Temperament va xarakter



Yüklə 432,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix08.02.2023
ölçüsü432,37 Kb.
#100406
1   2   3   4   5   6   7   8   9
\'òåìïåðàìåíò

Leptosomatik
ka mo‘rt tana tuzilishi, baland bo‘y, yassi ko‘krak qafasi, tor 
elka, uzun va ozg‘in oyoq-qo‘llar xosdir. 
Piknik
– yog‘ to‘qimasi rivojlangan, o‘ta 
semiz, o‘rtacha yoki past bo‘yli, katta qorinli, kengayib ketgan tana va kalta 
bo‘yinda joylashgan dumaloq kallaga ega. 
Atletik
– mushaklari rivojlangan, kuchli 
tana tuzilishiga ega, baland yoki o‘rtacha bo‘yli, keng elkali, tor bo‘ksali odam. 
Displastik
– shaklsiz, noto‘g‘ri tana tuzilishiga ega bo‘lgan odam. Bu tipdagi 
individlar tana tuzilishining turli nuqsonlari bilan ajralib turadilar, masalan, o‘ta 
baland bo‘y, mutanosib bo‘lmagan tana tuzilishi. 
Ko‘rsatib o‘tilgan tiplarning tana tuzilishlari bilan E. Krechmer uch xil 
temperament: shizotimik, iksotimik, siklotimiklarni ajratdi. 
SHizotimik
astenik 
tana tuzilishiga ega, u odamovi, kayfiyatning o‘zgarishlariga beriluvchan, qaysar, 
fikr va qarashlarini o‘zgartirishga moyil emas, atrofga qiyinchilik bilan 
moslashadi. Aksincha, 
iksotimik
atletik tana tuzilishga ega, xotirjam, imo-
ishoralari tiyilgan taassurotsiz odam, yuqori bo‘lmagan tafakkur egiluvchanligiga 
ega, ko‘pincha maydakash. Piknik tana tuzilishiga 
siklotimik
ega bo‘ladi, uning 
hissiyotlari shodlik va g‘amginlik o‘rtasida o‘zgarib turadi, odamlar oson aloqaga 
kirishadi, qarashlari voqelikka mos keladi. 
Krechmer nazariyasi Evropada keng ommalashdi. AQSHda XX asrning 40-
yillarida 
U. SHeldonning 
temperament konsepsiyasi keng tarqaldi. Bu konsepsiya 
asosini tana va temperament – bu odamning bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan 
ko‘rsatkichlari haqidagi taxmin tashkil etadi. Uning fikriga ko‘ra, tana tuzilishi
uning vazifasi bo‘lgan temperamentni belgilab beradi. SHeldon tana tuzilishining 
asosiy tiplari mavjudligi haqidagi gipotezadan kelib chiqib, ularni ta’riflashda 
embriologiya atamalaridan foydalanadi. 
U uch xil tipni ajratdi: endomorf (endodermadan asosan ichki organlar hosil 
bo‘ladi); mezomorf (mezodermadan muskul to‘qima hosil bo‘ladi); ektomorf 
(ektodermadan teri va nerv to‘qimasi hosil bo‘ladi). Endomorf tipiga mansub 
odamlarga zaif, kuchli rivojlangan yog‘ to‘qimali tana tuzilishi, mezomorf tipiga 
kelishgan va mustahkam tana tuzilishi, katta jismoniy kuch xosdir, ektomorfga esa 
– mo‘rt tana tuzilishi, yassi ko‘krak qafasi va uzun ingichka kuchsiz muskulli 
oyoq-qo‘llar xos. Sheldon bo‘yicha, bunday tipdagi tana tuzilishlariga 
temperamentlarning ma’lum tiplari mos keladi, u tananing ma’lum organlari 
vazifalaridan kelib chiqib, quyidagicha nomladi: visserotoniya (ichki organlar), 
somatotoniya (tana) va serebrotoniya (miya). Ma’lum tana tuzilishining ustunligini 
sheldon mos ravishda visserotoniklar, somatotoniklar va serebrotoniklar deb ataydi 
va har bir odam xossalarning bunday guruhlariga ega bo‘ladi deb hisoblaydi. 


Hozirgi zamon psixologiyasida bunday tiplarning ko‘pchiligi inson psixik 
xossalrining shakllanishida muhit va ijtimoiy sharoitlarning ahamiyati to‘g‘ri 
baholanmaganligi sababli qattiq tanqid ostiga olinadi. Organizmda dominantlik va 
boshqaruvchi vazifalarni bajaradigan asab tizimi vazifalarining o‘ziga xos 
xususiyatlarini o‘rganishga asoslangan konsepsiyalar jiddiy e’tiborga loyiqdir. 
Nerv jarayonlari ba’zi umumiy xossalarining temperament tiplari bilan aloqasi 
nazariyasi 

Yüklə 432,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə