Tayanch iboralar


XARAKTERNING FIZIOLOGIK ASOSLARI



Yüklə 60,5 Kb.
səhifə2/4
tarix29.12.2022
ölçüsü60,5 Kb.
#98029
1   2   3   4
.Xarakter

XARAKTERNING FIZIOLOGIK ASOSLARI
Xarakterning nomoyon bo`lishi va uning tarkib topishiga juda ko`plab omillar ta`sir qiladi. Shu sababli xarkterning fiziologik asoslari haqida taxminan xulosa chiqarish mumkin. Pavlov maktabi fiziologlarining o`tkazgan tajribalari shuni ko`rsatdiki, turli qo`zg`atuvchilar ta`siri ostida turlicha shartli bog`lanishlar hosil bo`ladi. Shunday nisbatan turg`un shartli bog`lanishlar majmuasi DINAMIK STEREOTIPNI tashkil qiladi. Xarakter xislatlarining shakllanishi mexanizmi ko`proq ana shu dinamik stereotipnining hosil bo`lishi bilan tushuntiriladi.
Ikkinchi tomondan xarakter xususiyatlarining yuzaga chiqishi nerv tizimining umumiy tipiga, uning xususiyatlariga bog`liq. Chunonchi, sust nerv tizimiga ega o`quvchilarning yaxshi tanigan o`rtoqlari doirasi tor, kam sonli bo`ladi. Ular kam tashabbus ko`rsatadilar. Qiyinchilik bilan tanish orttiradilar. Aksincha, harakatchan nerv tizimiga ega bo`lgan o`quvchilar odamlar bilan munosabatda faol, kirishuvchan bo`ladilar.
O`qish, sport, mehnat faoliyatlarida harakat usullarining individual farqlari ham shu xil ta`sir ostida paydo bo`lishi aniqlangan (B.M.Teplov, V.S.Merlin, E.A.Klimov).
Sizga ma`lumki, nerv tizimining umumiy xususiyatlari temperamentning ham asosidir. Demak, TEMPERAMENT TIPI xarakterning individual o`ziga xos xususiyatlarining paydo bo`lishidagi muhim psixologik sharoitlardan biridir.


XARAKTERNING TUZILISHI
Odam xarakteri turli xususiyatlarning tasodifiy yig`indisidan iborat emas. Xarakterning xususiyatlari bir-biri bilan bog`liq, bir-biriga tobe yaxlit tizimni tashkil qiladi. Mana shunday yaxlit tizim xarakter tuzilishi (strukturasi) deyiladi. Shu sababli kishining xarakterning bir qanchasini bilgan holda uning xarakterining hali bizga ma`lum bo`lmagan (nomoyon bo`lmagan) boshqa xususityalari haqida ham fikr yurita olamiz. Turli odamlarda turlicha xarakter xususiyatlarining tizimi (simptomokomplekslar).
Psixologiya fanida kishining atrofdagi voqelikka munosabati nuqtai-nazaridan xarakter xususiyatlarining quyidagi tizimi guruhlari farqlanadi;
1.Shaxsning umumiy psixik tuzilishini (uning maslagini) ifodalaydigan xususiyatlar: g`oyaviylik, maqsadga intiluvchanlik, halollik, vatanparvarlik, mardlik, adolatga ishonish, faollik, intizomlilik.
2.Shaxsning boshqa odamlarga munosabatini ifodalovchi xususiyatlar-jamoalilik, insonparvarlik, sezgirlik, saxiylik, samimiylik, hurmat-ehtirom. Bularga qarshi: pismiqlik, beparvolik, toshbag`irlik, ichidan pishganlik, dag`allik, kishilarga nafrat bilan qarash.
3.Kishining o`z-o`ziga qanday munosabatda bo`lishi haqida guvohlik beradigan xususiyatlar - kamtarlik, mag`rurlik, uyatchanlik, jizzakilik, xudbinlik, egotsentrizm (o`z shaxsi, o`zining kechinmalari bilan band bo`lish, o`zini hamisha o`z diqqat markazida tutish).
4.Shaxsning mehnatga, o`z ishiga munosabatini ko`rsatuvchi xususiyatlar -qat`iyatlik, tashabbuskorlik, mehnatsevarlik, ijodga ishtiyoq, ishdagi halollik.
5.Kishining narsalarga munosabatini xarakterlovchi xususiyatlar - puxtalik-beparvolik, qimmatli narsalarni behuda sarf qilish yoki tejash (kimniki bo`lishidan qat`iy nazar).
Xarakterning ayrim xususiyatlari shaxsning ijobiy xususiyatlari, boshqalari esa salbiy xususiyatlari bo`ladi. Shu narsani esda tutish kerakki, kishilarga bo`lgan mehr-muhabbatni yaxshi, nafratni yomon deb bo`lmaydi. Hamma narsa kimni yaxshi ko`rish va kimdan nafratlanishga bog`liq. Xarakterning xususiyatlari orasidagi bog`liqdan kelib chiqqan holda muhim pedagogik xulosa chiqarish mumkin. Xarakterning ayrim xususiyatlarini alohida, ajralgan holda tarbiyalab bo`lmaydi. Xarakter xususiyatlarining butun tizimini tarbiyalash lozim. Ammo xarakterning bir butunligi mutlaq emas. Shaxsda xarakterning markaziy, asosiy munosabatlarni belgilab beruvchi xususiyatlar mavjud. Tarbiya jarayonida ana ana shu asosiy xususiyatlarini shakllantirishga e`tibor berish lozim.
Xarakterning ijobiy xususiyatlari orasida axloqiy xususiyatlar, hamda irodaviy xususiyatlar muhim o`rin egallaydi.
Kishi xarakterining barcha xususiyatlari bir-biri bilan bog`langandir, shuning uchun ham xarakter muayyan darajada barqarorligi bilan ajralib turadi.
O`z xarakterini o`zgartirish, salbiy xususiyatlardan xalos bo`lish va o`zida ijobiy xususiyatlarni tarbiyalash - murakkab vazifa bo`lsa ham, lekin amalga oshirib bo`ladigan vazifadir. Buning uchun avvalo o`z ustida ishlashni, xarakterni tarbiyalash (agar lozim bo`lsa) qayta tarbiyalash ustida ishlashni qat`iy va keskin maqsad qilib quyish kerak. Kishida xarakterning irodaviy xususiyatlarini tarkib toptirishning eng muhim shartlaridan biri mehnat hisoblanadi.



Yüklə 60,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə